Tizimga kirish


Yoki

Ro'yhatdan o'tish


yoki

Parolni tiklash

Mubashshir Ahmad

Mubashshir Ahmad Mudarris, olim 02 Iyun 2023


Jannat va do'zax yo'li

img

Aytaylik, yakka o'zingiz safarga chiqdingiz va oldingizda ikki yo'l paydo bo'ldi. Biri qiyin: toqqa ko'tarilgan yo'l bo'lsa, boshqasi oson: kenglikda yastangan yo'ldir. Birinchisida osib qo'yilgan ko'rsatkichda: “Bu yo'lning boshi o'nqir-cho'nqir, toshloq, tikan-butali, yurish og'ir, siljish qiyin bo'lsa-da katta shaharga olib boradigan, ko'zlangan maqsadga yetkazadigan eng to'g'ri yo'ldir”, deb yozib qo'yilgan. Ikkinchisi esa ravon, mevali va gullagan daraxtlar soya tashlab turgan, chetlari ko'ngilni xushlaydigan, ko'zni quvnatadigan qahvaxona, o'yinxonalarga to'la. Lekin uning lavhasiga: “Bu yo'l xatarli va tahlikali, oxiri muhaqqaq o'lim va aniq halokatdir”, deb yozib qo'yilgan.
Shunda siz qaysi yo'ldan yurasiz?

Shubhasiz, nafs qiyiniga emas – osoniga, alamlisiga emas –lazzatlisiga moyil bo'ladi. Nafs erkinlikni sevadi, cheklovni yoqtirmaydi. Bu – Alloh nafs ustida yaratgan fitratdir. Agar inson nafs-havosiga bo'ysungan holda qoldirilsa, unga bo'ysunsa, ikkinchi yo'lni tanlaydi. Lekin bu holda aql aralashib, hozirda mashaqqatli, noqulay ko'rinsa-da, orqasida boqiy rohat va ajib saodat bo'lgan yo'l bilan hozir oson va qulay ko'rinsa-da, ortida benihoya alam va kulfat bo'lgan yo'l o'rtasini mezonga qo'yadi va birinchi yo'lni ortiq biladi. 
Bu – jannat yo'li va do'zax yo'lining misoli. 
Do'zax yo'li rohat, farog'atli. Unga nafs moyil, havoi nafs unga undagan. Unda jamol go'zalliklariga nazar solish, shahvat va uning lazzatlariga istijobat bor. Unda molni turli yo'llar bilan qo'lga kiritiladi va u marg'ub, ham mahbub. Erkin va ozodlik unda, nafs esa hurriyat va erkinlikni sevadi, cheklovlardan qochadi.
Jannat yo'lida mashaqqat va qiyinchiliklar bor. Cheklov va chegaralar ham, nafsga qarshi borish va havoi nafsni sindirish ham unda. Lekin bu yo'ldagi muvaqqat mashaqqatning oqibati oxiratdagi doimiy rohatdir. Do'zax yo'lidagi bir zumli lazzatning samarasi esa, jahannamdagi davomli alamdir. Masalan, imtihon tunlaridagi talaba televizor qarshisida mukka tushgan oila a'zolarini surur va rohatda qoldirib, kitob va daftarlari bilan yakka o'zi qolgan paytda qattiq og'rinadi, alamlanadi. Bu alam ortidan esa u muvaffaqiyat lazzatini totadi. Yoki xasta inson isitma og'rig'i ustiga bir necha kun totli taomlar mahrumligiga ham sabr qiladi. Shu sabab bundan keyin sog'lik saodatini qo'lga kiritadi. 
Alloh oldimizga shu ikki yo'lni qo'ygan. Va bizga ular o'rtasini ajarata bilish malakasini bergan. Bu bilan yaxshilikni yomonlikdan farqlaymiz. Xoh olim bo'lsin, xoh johil, xoh kattayu, xoh kichik, hamma agar yaxshi ish qilsa ko'ngli rohatlanadi. Yomon ish qilib qo'ysa, bezovtalanadi. Bu malaka hatto hayvonda ham mavjud. Masalan, mushukka bir bo'lak go'sht otsangiz oldingizda uni shoshmasdan, xotirjam holda tanovul qiladi. Agar uni o'g'irlab ketsa sizdan uzoqda, shoshilganicha yeydi. Ta'qib qilib, olib qo'ymasligingiz uchun ikki ko'zi sizda bo'ladi. Buning ma'nosi, birinchi luqma haqqi ekanini, ikkinchisini esa nohaq qo'lga kiritganini u idrok qildi, degani emasmi? 
Bu haq bilan botil o'rtasini, halol bilan harom o'rtasini farqlash emasmi?
It agar yaxshi ish qilsa, go'yo undan mukofot kutayotgandek egasiga yaltoqlanadi. Ammo bir gunoh ish qilib qo'ysa, go'yo uzrini izhor qilayotgandek yoki jazolanishini kutayotgandek dumini qisib uzoqqa borib oladi.
Alloh taoloning: “Va Biz uni ikki balandlikka yo'llab qo'ydik!” (Balad, 12) deganining ta'vili mana shudir.
Alloh taolo jannat yo'li boshiga unga chaqiradigan, unga yo'llaydigan da'vatchilar, payg'ambarlarni qo'ygan. Shuningdek, do'zax yo'liga unga chorlaydigan, unga targ'ib etadigan chaqiruvchi shaytonlarni qo'yib qo'ygan. Va ulamolarni payg'ambarlar merosxo'ri qilgan. Muhammad qizi Fotima otasidan mol yoki uy meros olmagan. Ulamolar ham undan ushbu da'vatni meros qidib olishgan. Kim uni o'z o'rnida qoyim qilgan bo'lsa, ushbu meros sharafiga haqli bo'ladi.
Albatta payg'ambarlar va ularning merosxo'rlari bo'lgan solih olimlar jannat yo'liga chaqiruvchi kishilardir. Shaytonlar va odamlarning buzg'unchi fosidlari do'zax yo'liga chaqiruvchi kimsalardir. Bizda, bizning ichimizda ularning ham, bularning ham yordamchilari bordir. Ichimizda payg'ambarlarga tarafkashlar va shaytonlarga tarafkash toifa – yomonlikka buyuruvchi nafs bor.
Bu da'vat ishi juda qiyin. Chunki bashariyat nafsi hurriyatga moyil qilib yaralgan. Din esa uni ko'p narsada cheklaydi. Inson lazzat ortidan boshvog'i qo'yvorilishga moyil xalq qilingan. Din esa uni tutib qoladi. Kim uni fisq va isyonga chaqirsa, tabiatiga muvofiq keladi. U bilan birga ariqda oqqan suvdek ravon yuradi. 
To'g'ri, nafs hurriyatga tabiatan moyil. Din esa kishandir. Bu kishan juda kerakdir. Agar nafsni o'z holiga qo'ysak, hurriyatga tabiatan moyilligidan kelib chiqib fahsh ishlarni qilib qo'yadi. Va jamiyat ulkan jinnixonaga aylanadi. Chunki mutlaq hurriyat jinnilar uchundir. Jinni xayoliga kelgan hamma ishni qiladi. Masalan, yo'lda yalang'och yurib qoladi. Avtobusda haydovchining yelkasiga minib oladi. Kiyiming chiroyli ko'rinib ustingdan yechib oladi. Qizing mahliyo qilib, uni o'ziga berishingni talab etadi. Jinnilik mutlaq hurriyatli hurlikdir. Oqilni esa aqli kishanlab olgan bo'ladi. 
Aql nima?
U kishandir. U arabchadagi عقال – 'iqol degan so'zdan olingan bo'lib, u tuyani bog'lanadigan arqonga aytiladi. Hikmati shuki, bular bir-biriga yaqin ma'nodagi so'zdir. U ham kishan, hazora ham kishan. U ham xohlaganingni qilishga qo'ymaydi. Balki u senga odamlarning huquqini va jamiyat odatlarini rioya qilish majburiyatini yuklaydi. Adolat ham kishandir. Chunki u “bu yer qo'shning hurriyati boshlangan joy” deya sening hurriyatingga chegara qo'yadi.
Keyin-chi, gunohlar lazzatlidir. Chunki u nafs tabiatiga muvofiq keladi. Sen g'iybatni eshitish va unda ishtirok qilishda lazzat topasan. Chunki u senga yomonligini zikr qilgan kishidan yaxshi va afzal ekaningni his qildiradi. O'g'irlik mazadir. Chunki unda molga mashaqqat va qiyinchiliksiz ega bo'lish bordir. Zino rohatdir. Chunki unda nafsga havosini berish, shahvoniyatiga yetishish mavjuddir. Imtihonda aldov lazizdir. Chunki u muvaffaqiyatga oson erishtiradi. Qanday bo'lsin majburiyatdan qochish nafsga yoqimlidir. Chunki rohat va tanballik undadir. 
Lekin inson tafakkur qilgan va aqlini ishlatgan paytda bu muvaqqat hurriyat uning ortidan keladigan jahannamning benihoya tutqunligiga, harom qilingan bu lazzat esa so'ngidagi azobga teng kelmasligini anglaydi. 
Kim mana bunga rozi bo'ladi: guvohlar oldida u va men kelishamiz. Ahdimizning muddati bir yil bo'ladi. Bu davr mobaynida kerakli molni beramiz. Xohlagan qasrida, istagan mamlakatida yashattiramiz. Xohlagan ayoliga, ikkita, uchta va to'rttagacha uylatamiz. Agar kechasi birini qo'yib, ertalab boshqasiga uylansa ham unga xohlagan ishidan birortasini ham man qilmaymiz. Lekin yil tugaganida bo'ynidan dorga osamiz yoki to o'lgunicha qiynaymiz. Bu odam: “Ortida o'lim bor bunday lazzat qanday baxtsizlik, yo'q bo'lsin, uzoq bo'lsin”, demaydimi? Dorda o'zi bir soat osilib turgani, unga bor lazzatidan asar ham qolmaganini tasavvsr qilmaydimi? Vaholanki dor qiynog'i bir necha daqiqa, oxirat azobi esa uzoq zamon bo'lsa-chi?!
Umrida gunoh qilmagan, ana shu ma'siyatdan lazzat topmagan odam yo'q. Kamida to'shak huzurini bir marta bo'lsa ham bomdod namoziga turishdan oldinga qo'yganmiz. Bundan o'n yil avval his qilganimiz ushbu lazzatdan hozir qo'limizda nima qolgan? Hech nima!
Ichimizda savob ish uchun o'zini qiynamagan va ana shu toat uchun alam tortmagan kishi topilmaydi. Ozida Ramazon oyi ochlik va chanqog'ini boshidan kechirgan. Endi hozir o'n yil oldin Ramazon oyida tatigan ochlik og'rig'idan nafsimizda qanday iz qoldi? Hech qanday! 
Gunohlar lazzati ketdi va iqobi qoldi! Toatlar alami ketdi va savobi qoldi!
O'lim onlari. Ushbu onlarda bizga totgan hamma lazzatlarimizdan va ko'targan mashaqqatlarimizdan nima qoldi?
Albatta barcha mo'min tavba qilishni, Allohga qaytishni xohlaydi. Lekin kechiktiradi, keyinroq deydi. Men ham aytardim: “Agar haj qilsam tavba qilib qaytaman”. Hajga bordim, tavba qilmadim. Va yana aytardim: “Agar qirqqa kirsam tavba qilaman va qaytaman”. Qirqqa kirdim, tavba qilmadim. Oltmishdan o'tdim, tavba qilmadim. Qartaydim, tavba qilmadim. Buning ma'nosi, men harom amallarni qilyapman va fahsh ishlarni amalga oshiryapman, degani emas, Alhamdulillah! Lekin inson o'ziga solihlikni umid qiladi, ammo uni keyinga suradi. Go'yo muhlat ko'p deb o'ylaydi. Umrni uzoq deb hisoblaydi. O'lim esa to'satdan eshik qoqqanini ko'radi. Men o'zim o'limni ikki marta ko'rganman. O'lganning shuurini his qilganman. Toatsiz o'tkazgan har daqiqamga pushaymon bo'lganman. Qasamki, undan qutulganimda bir necha oy o'sha hislar menda qolgan. Solih odamga aylanib qolganman. So'ng hayot to'lqinlariga ikkinchi marta sho'ng'idim. Unutdim... o'limni unutdim. 
Hammamiz o'limni unutamiz. O'lganlar oldimizdan har kun o'tganini ko'ramiz. Lekin biz ham yaqinda o'lishimizni tasavvur qilmaymiz. Janoza namozida turamizu, dunyo haqida o'ylaymiz. Har birimiz o'ylaymizki, o'lim hamma odamlarning peshonasiga yozilgan. Illo bundan o'zi istisno. Vaholanki, inson aniq biladi; dunyo undan burilmoqda va u ham dunyodan burilmoqda. 
Inson qancha yashasa ham u baribir o'luvchidir. Oltmish yil yashasin. Yetmish yil yashasin. Yuz yil yashasin. Bu muhlat tugamaydimi? Yuz yil yashab o'lgan odamni bilmaysizmi? Nuh (alayhissalom) qavmini to'qqiz yuz ellik yil davomida da'vat qildi. Nuh hozir qaerda? Dunyo unga vafo qildimi? O'limdan omonda qoldimi? Nima uchun o'lim to'g'risida tafakkur qilmaymiz? Undan qochib qutulolmas ekanmiz, nega unga tayyorlanmaymiz?

Mubashshir AHMAD tarjimasi


  • 4735
Husaynxon Yahyo Abdulmajid

Husaynxon Yahyo Abdulmajid Xofizi qur'on 02 Iyun 2023


Ochilmas ko'ylak, kiyilmas to'n

img

Ayrim xatti-harakatlar borki, ular urfga kirib ketgani bois sizu bizga binoyidek ish tuyuladi. Biroq, uni tashqaridan kuzatgan kishigina bu ishning naqadar xunuk ekanini his qila oladi. Ba'zi oddiy, tilga olishga yaramaydigandek tuyuladigan holatlar, urf-odatlar borki, ularning natijasi anchagina noxushliklarga olib keladi. O'shanday odatlarning xalq orasida tarqalganlaridan biri hozirda biz so'z yuritmoqchi bo'lgan mavzudir. Men bu mavzuda ilmiy bahs qilmoqchi emasman, balki, mantiqiy bir mulohaza yuritmoqchiman, xolos. Siz mavzu sarlavhasini ko'rib, hayron bo'lgandirsiz. «Ochilmas ko'ylak yoki kiyilmas to'n bo'lishi mumkinmi, axir?» degan xayolga ham borgandirsiz. Yoki bu ko'chma ma'nodagi bir ramziy ifoda bo'lsa kerak, deyishingiz mumkin. Yo'q! Bu ayni voqe'likdagi bir haqiqatdir. «Ochilmaydigan ko'ylak va kiyilmaydigan to'n qaerda bo'lishi mumkin?» - demoqchimisiz? Andijonda bor. «Unday narsa kimga kerak?» desangiz... izdihomchiga kerak. «Undan kimga manfaat bor?» - deysizmi? Bozorchi ayollarga manfaat bor.

Keling, gapning po'st kallasini aytaqolay. Xalqimizda turli munosabatlar bilan har xil izdihomlar, yig'inlar, to'y-ma'rakalar bo'lib turadi. Ularning ba'zilari yaxshi odatlar bo'lsa, ba'zilari bid'at-xurofotdan iborat. Ko'pincha izdihomlarning yakunida mehmonlarga ommatan yoki xossatan ko'rinishda hadyalar tortiladi. O'sha hadyalarning deyarli barchasi to'n yoki ko'ylak bo'ladi. Biz aytmoqchi bo'lgan to'n va ko'ylaklar o'shalardir.
Balkim siz: «To'n hadya qilsa, ko'ylak tortiq qilsa, yomonmi?» - dersiz? Yo'q, hamma gap – o'sha hadyadan ko'zlangan maqsad nima ekanidadir.
Birovga hadya berishda ikki maqsaddan biri ko'zlanadi. Birinchisi: muhtoj kishiga, uning ehtiyojini qondirish maqsadida, ikkinchisi: muhtoj bo'lmagan kishiga, uning ko'nglini olish niyatida hadya beriladi. Avvalgisi rahm-shafqat, muruvvatning ramzi bo'ladi, keyingisi esa izzat-ikromning, sharaflashning ramzi hisoblanadi.
Biroq, izdihomlardagi biz aytmoqchi bo'lgan «hadya»lardan maqsad nima ekanini tushunib bo'lmaydi. Chunki ularda berilgan ko'ylaklarni kiyish u yoqda tursin, ayrimlarini ochishning ham iloji yo'q. Chunki qutining ichida ko'ylakning old tomoni ko'rsatib taxlangan. Ochib qarasangiz, orqasida hech narsa yo'q. Yoki ko'ylak shaklidagi kiyim bo'lsa ham, shu qadar abgorki, qo'pol qilib aytganda, kafanlikka ham yaramaydi. 
To'nlarning holati ham undan oshib tushadi. Matosi yarim asr oldin ishlab chiqarilgan. Tikilganiga ham chorak asr bo'lib qolgan. Uzoq vaqt mobaynida kichrayib ketganmi yoki o'zi shunaqa andozada bichilganmi, haligi to'n olti-etti yoshli bolaning qomatiga to'g'ri keladi. Kiydirsangiz, yechilmaydi, yechsangiz, qayta kiydirib bo'lmaydi. «Birorta norasida bolani topib, «kiydirib» tashlayin, aldagani bola yaxshi» desangiz, unga norasidalar ham aldanmaydi.
Bu so'zlar mubolag'a emas, ayni haqiqatdir. To'g'ri, ulardan tuzukroq to'n-ko'ylaklar ham bor. Lekin ular ham birovga hadya qilish tugul, o'zingiz uchun kiyishga ham arzimaydi.
Tarixdan ma'lumki, bir kishi haqida «falonchi pistonchiga to'n kiydirib yubordi» deyilsa, to'n kiydiruvchi shaxsning to'n kiygan kishiga nisbatan eng yuqori darajadagi hurmat va izzat-ikrom ko'rsatganini bildiradi. «Pistonchi falonchiga hadya beribdi» deyilsa, o'sha odamning hadya oluvchiga nisbatan o'z muhabbati va yaqinligini izhor qilgani tushuniladi.
Ammo yuqorida aytilgan vasfdagi uvunto'da matolarni birovga hadya qilishni nima deb qabul qilish mumkin? Birinchi navdan desangiz, bu narsalar hojatga yaramaydi. Mehmonlar ham kiyimsiz qolgan bechoralar emas. Ikkinchi navdan desangiz, ular e'zoz timsoli emas, haqoratlash alomati bo'lishi mumkin.
Endi o'sha narsalarni o'zingizning taklifingizga binoan xonadoningizga tashrif buyurgan aziz mehmonga, sizning xursandchiligingizga sherik bo'lish, muborakbod etish uchun kelgan yoki musibatingizda ta'ziya bildirish, yoningizda dalda bo'lib turish maqsadida tashrifi qudum qilgan qadrdoningiz, qo'ni-qo'shningizga, xususan, ilmli, hurmatli insonga bersangiz, buni qanday tushunish mumkin?! 
Axir, bu o'sha insonga nisbatan tahqir-ku! «Sen shunga loyiqsan» degani emasmi? O'zingiz o'ylab ko'ring, o'sha narsani o'zingiz kiyish uchun sotib olarmidingiz? Yo'q, aslo. O'ziga ravo ko'rmaganni o'zgaga ravo ko'rish musulmon kishiga to'g'ri kelmaydi. Suyukli Rasulimiz: «O'zing uchun yoqtirganingni birodaring uchun ham yoqtirmaguningcha mo''min bo'lmassan», deganlar.
O'sha narsani otangizga: «Otajon, mana bu mendan sizga hadya» deb tortiq qila olasizmi? Yo'q, hargiz, u holda duoyi badga qolasiz. «Mehmon – otangdan ulug'», - deydi dono xalqimiz. Payg'ambarimiz: «Kim Parvardigorga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, mehmonini ikrom qilsin», - deganlar.
Qanchadan-qancha hurmatli, qadrli kishilarni to'plab, izzat-ikrom ko'rsatib ziyofatlar berib, oxirida ularni tahqirlab kuzatishning nima ma'nosi bor?
To'g'ri, Payg'ambarimiz: «Ey muslima ayollar! Biror qo'shni ayol qo'shni ayolga nisbatan (hadyasini) past sanamasin, agarchi qo'y tuyog'i bo'lsa ham», - deganlar. Lekin bu oz bo'lsa ham bir-birlaringizga hadya ulashib turing, katta narsa topganda qilaman deb aloqalar uzilib ketmasin, bir kishi ko'ngildan chiqarib bir narsa bersa, uni tahqirlab hadya berganning ko'nglini sindirib qo'ymang, degan maqsadda aytilgan. Xalqimizning «ko'p berma, ko'ngil qo'yma», - degani ham shu ma'noda. Qolaversa, qo'yning tuyog'i oz narsa bo'lsa ham, foydali, yaroqli narsadir.
Ammo biz hikoya qilayotgan matolar yaroqli narsalar emas. Uni berayotganlar esa yo'qchilik sababli shunga majbur bo'layotganlari yo'q. Yozgan dasturxonlari ham bundan darak berib turibdi. Aslini olganda esa, o'sha narsani berish ham shart emas. O'shani bermasa birov xafa bo'lmaydi ham. Ular faqat ko'r-ko'rona urf-odat yoki tuban riyokorlik yuzasidan berilishi mumkin, xolos. Undan ko'ra bitta yangi paypoq bersa-yu, o'shani birov kiysa, shu yaxshiroq emasmi? 
Payg'ambarimiz: «Bir-birlaringizga hadya ulashing, bir-birlaringizga muhabbatli bo'lasiz», deganlar. Demak, hadya muhabbatni uyg'otadigan, o'zaro aloqalarni mustahkamlaydigan, olgan kishi bergan kishini yaxshi ko'rib qolishiga olib keladigan darajada ardoqli, yaroqli bo'lishi kerak ekan. 
Boshqa bir hadislarida: «Hadya ko'ngildagi g'illu g'ashlikni ketkazadi», deganlar. Binobarin, hadya insonni xushnud qiladigan, hattoki, birovdan yetgan xafachilikni dildan aritib tashlaydigan holatda bo'lishi lozim, insonni xafa qiladigan, ko'nglini tushiradigan darajada emas.
Agar Parvardigorning roziligini istab hadya berilayotgan bo'lsa, unda ish yana-da ahamiyatli bo'ladi, jiddiylashadi. U zot O'z Kalomida aytadi: «Ey, iymon keltirganlar! Kasb qilgan narsalaringizning pokizalaridan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalardan nafaqa qilinglar. Nafaqa qilganingizda nopokni ko'zlamang. Holbuki, uni o'zingiz ham oluvchimassiz, magar undan ko'z yumsangizgina. Va bilingki, albatta, Alloh behojat va maqtovga loyiqdir. Shayton sizga faqirlikni va'da qiladir va fahshga buyuradir. Alloh sizga O'zidan mag'firat va fazlni va'da qiladir. Va Alloh keng qamrovli va bilimdondir.
Hadya berish qo'shimcha bir solih amal. Hech bir kishiga biror narsani hadya qilish vojib emas. Buni, faqat, savob istagan odam o'z xohishi bilan, chin ko'ngildan qilishi kerak. Kimdir libos beradi, kimdir kitob, yana birov boshqa narsa berishi mumkin. Hadya berishda, imkon qadar, eng kerakli, savobi ko'proq narsani ixtiyor qilgan afzal.
Endi savol tug'iladi: «Yillar mobaynida izdihomlarda berilayotgan bunday matohlarning oqibati nima bilan tugaydi?»
Javob quyidagicha: Ularning oqibati salbiy ma'noda «bor tovog'im, kel tovog'im, o'rtamizda sin tovog'im» degan matalga ko'ra bo'ladi. Ya'ni, uni izdihomchi bozordagi yoymachi ayollardan sotib oladi. Mehmonlariga tarqatadi. Bir necha izdihomga borganingizdan so'ng uyingizda o'shanaqa narsalar to'planib qoladi. Ularni kiyishning ham, birovga kiydirishning ham imkoni yo'q. Chunki ularni berish uchun izdihom qilish kerak. Boshqachasiga o'tmaydi. Bir g'aram bo'lib to'plangan matohlarni uyda ivirsib turmasin deb, bozorchi ayollarga arzimas pulga bo'lsa-da, sotasiz. Ular ham haligi narsalarni olib, ustiga biroz foyda qo'yib, yana yangi izdihom qilmoqchi bo'lganlarga sotishadi. Shu tariqa haligiday qiymatsiz to'n-ko'ylaklar xalq orasida izzat-hurmatda «qo'lma-qo'l» bo'lib yuraveradi. Oxiri kimningdir qo'lida titilib tugaydi. To'plab yoqib yuboray desangiz, ko'zingiz qiymaydi, «harna», deysiz-da. Kiyib yuboray desangiz, egningizga rahmingiz keladi.
Ko'pchilik hollarda ayollar birovni yo'qlab borish ma'nosida ham o'shanday to'n-ko'ylaklarni ishlatishadi. Bu ham insonni kalaka qilishning bir namunasi. 
Urf-odatga ko'r-ko'rona ergashishning bir ko'rinishini sizga aytib beray. O'zim uchun ham qadrdon, ham qarindosh bo'lgan bir kishi to'yga aytdi. O'sha kuni bir sabab bo'lib izdihomga aytilgan vaqtda bora olmadim. Ancha vaqt keyin bo'lsa ham «hechdan ko'ra kech» deb, ularning uylariga bordim. To'yxonada izdihom sohiblaridan boshqa odam qolmagan. Bir-ikki soat maroqli suhbat bo'ldi. Suhbat asnosida uy sohiblari aynan hozirda biz ko'targan masala haqida so'z yuritib qolishdi. Biri olib, biri qo'yib, rosa tanqid qilishdi. Men ham, takliflariga binoan, o'zimdagi fikr-mulohazalardan ancha-muncha so'zladim. Suhbat yakun bo'lib, xayrlashib chiqdim. Tashqariga chiqqanimda qo'limga benazir takalluf bilan bir hadya-tugun tutishdi. Uyga kelib qarasam, «hadya» ularning suhbatlariga mavzu bo'lgan ko'ylakdan iborat ekan. Mana sizga johilona taqlid insonning aqlini qay darajada ko'r qilib qo'yishiga bir jonli misol.
Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, behuda urflarga qarshi turishga kuchi yetmay, oqimga qarshi suza olmay yurganlar ham oz emas. Shu bilan birga, urf-odatlar oqimining to'lqinlarini yo'naltiruvchi shamol, asosan, ayollar tarafidan esishi ham doimiy qoidadir. Yuqoridagi misol ham shundan dalolat bo'lsa, ajab emas.
Lekin bu degani hamma shunday qiladi, degani emas. Farosatli, bilim va amalli ba'zi kishilar ma'noli ishlarni ham qiladilar. Biroq, hanuzgacha biz aytgan surat aksariyatni tashkil etib kelmoqda.
Shuningdek, bu urf faqat Andijonga xos emas. Boshqa joylarda ham shunga o'xshash holatlar kuzatiladi. Ammo Andijonda bu narsa keng tarqalgan illatga aylangan. Bu hodisa tashqari yurtdan kelgan kishilarning oldida Andijon xalqiga nisbatan tanqid va dashnomlar yog'ilishiga sabab bo'lmoqda. Kimlarningdir bu yurt xalqini ongsizlikda ayblashiga zamin yaratmoqda.
Men o'zim andijonlik bo'lganim bois, xalqimning sha'nidagi so'z o'zimning sha'nimga tekkanini his qilganimdan bu gaplarni kuyunchaklik bilan aytmoqdaman. Agar kimningdir ko'ngliga og'ir botgan bo'lsa, meni afv etishlarini so'rayman. Ammo, kimdir gapirmasa, jamiyatdagi odatlarni isloh qilmasa, xalq o'z-o'zini o'nglashi mushkul. 
Xulosa sifatida savol tug'iladi: «U holda nima qilish kerak? Ziyofatlarda hadya ulashishni yo'qotish kerakmi?» Yo'q, albatta. Balki holatni isloh qilish kerak. Ushbu xalqning hoziri ham, avvalda bo'lganidek, o'z muqaddas diniga amal qilish bilan isloh bo'lishi muqarrar. Binobarin, o'sha muborak ta'limotga murojaat qilish, uni o'rganib, unga ixlos bilan amal qilish lozim bo'ladi. Demak, masalaning yechimi quyidagicha:
Parvardigor O'zining muqaddas Kalomida shunday marhamat qiladi:
«O'zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimaiki nafaqa qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir». 
Sevimli Payg'ambarimiz aytadilar: 
«Bir-birlaringizga hadya ulashing, bir-birlaringizga muhabbatli bo'lasiz». 
«Odamlarga o'zing uchun yaxshi ko'rgan narsani yaxshi ko'rgin, musulmon bo'lasan».
Binobarin, musulmonlarning o'zaro bir-birlariga hadya berishlari izdihomlarga yoki maxsus munosabatlarga bog'lanib qolmasligi, balki, har qanday holatda, har qanday vaqtda davomiy tarzda, takallufsiz, samimiy bo'lishi lozim.

Muallif Husaynxon Yahyo


  • 4395
Ahmad Muhammad Tursun

Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023


Hurlik nimadir?

img

Inson hur tug'iladi va hurligicha vafot etadi. U tug'ilmasidan oldin va o'limi oldida uning hurriyatiga Allohdan o'zga hech bir zot daxl qilolmaydi. Mashhur shoir aytganiday: “...ki sen ham hur tug'ilg'onsan”. Inson Alloh taolo belgilagan chegaralarga ko'ra hamma narsada hur: u ehtiroslarini so'ndirish, g'azabini jilovlash, qalbi bilan kurashish, bad niyatlarini daf qilish, yaxshi amallarini ko'paytirish ixtiyoriga ega. Inson o'z boyliklarini, hatto o'z jismini qurbon qilish erkiga ega. Haqiqat yoki yolg'onni gapirish, ta'qiqlangan narsalardan yuz o'girish, yaxshi va yomonni tanlash ixtiyori ham uning o'zida. U nazarini begona chehralardan o'girishga qodir. Tilini so'kishlardan, g'iybat va bo'htonlardan asray oladi. Yana u nafsi so'ziga kirish va kirmaslik, shayton yo'lidan yurish va yurmaslik hurligiga ham ega. Bu masalalarda hamma ozod, ammo bu ishlari uchun oxiratda hisob beradi va barcha masalalarda Alloh taolo hammani qattiq so'roq qiladi.

Ammo bu yerda so'z borayotgan ozodlik nisbiy tushuncha, aslida mutloq ozodlik degani emas, bu hurlik batamom, mutloq hurriyatni anglatmaydi. Inson o'z majburiyatlaridagina ozod, hurdir. U ulg'aya boshlashi bilan uning hurriyatini cheklaydigan, erkinligiga xavf soladigan turli katta-kichik omillar, sabablar paydo bo'la boshlaydi: “buni qilma, qonunlarga zid”, “uni qilma, jamiyat ustingdan kuladi”, “bunday yo'l tutma, chegarani buzyapsan”, “unday qilma, o'zgalarni xafa qilyapsan”. Biz mas'uliyatni his etamiz va qilgan xatolarimizdan afsuslanamiz. Qachon ezgu amallarni qilsak, ruhimiz taskin topadi. Juda ko'p imkoniyatlarimizni sarhisob qilarkanmiz, biz har lahzada nimanidir tanlaymiz. Chunki tafakkurimizning eng muhim vazifasi – tanlash, bir narsani boshqasidan afzal ko'rishdir. Bu ozodlikni yana shu narsa tasdiqlaydiki, qalbni o'zi yoqtirmagan biror narsani sevishga aslo majburlab bo'lmaydi. Ayol kishini do'q-po'pisa, kaltaklash bilan yechintirish mumkin, lekin uni hech qanday kuch sevishga majbur qilolmaydi. Buning ma'nosi shuki, Alloh taolo qalblarimizni turli-tuman zo'rlov va majburlashlardan xalos qilgan, ya'ni U ularni ozod qilib yaratgan.
Shuning uchun Alloh taolo qalb va uning intiluvlarini tafakkurning asosi qilgan. Jazo bilan qo'rqitib dinidan chiqarilgan dindor, agar u iymonsizlik va shubhalardan xoli bo'lsa, buning uchun jazolanmaydi. Shuning uchun Alloh taolo: «Lekin kim qalbi iymon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning iymoniga ziyon yetmas)» degan. (Nahl, 106).
Asl hurlik o'zi nima? Inson qachon batamom hur, ozod bo'la oladi? Islom mutafakkirlari bu savolga bunday javob berishgan: “Chinakam hurlik Allohga qullik qilishdadir”. Inson Allohga qullik qilmas ekan, bandalarga, shaytonga yo nafsiga qullik qilishga majbur. Musulmon tafakkuri donishmandlari nazdida imongina, Allohga bandalikkina insonni odamlarga qullik xorligidan Allohga qullik sharafiga, maxluqqa qul bo'lish baxtsizligidan Allohga bandalik saodatiga olib boradi. “Agar insonlar Allohning ulug'ligi haqida fikr yuritganlarida, Unga isyon qilmas edilar”, degan Bishr Xofiy. “Menga taqdir hukmlariga rozi bo'lishdan o'zga xursandchilik qolmadi” deydi Umar ibn Abdulaziz. “Yuksalmoq yuksaklarga ko'ngil bermoqdan boshlanadi” deb yozadi Ali Suad. Qobusning esa mana bunday gapi bor: “Kelish va ketish – hayot va hurriyat, to'xtab qolish esa o'limdir”.
Allohga bandalik, qullikkina inson sharafini ulug'laydi, uning martabasini ko'taradi, insonlarga mute'lik sharmandaligidan xalos etadi. “Ma'naviy qullikdan sharmandaliroq mute'lik yo'q”, degan Seneka. Allohga bandalik, Yaratgan Xoliqqa, buyuk Parvardigorga qullik qilmaydiganlar “chinakam hurriyatga erishganmiz”, deya o'ylasalar-da, bilib-bilmagan holda boshqa narsalarning quliga aylanib bo'lishgan. Masalan, Allohga bandalik qilmaydigan kishi aslida shaytonning yoki nafsining qulidir. Allohga isyon, itoatsizlik qilyaptimi, demak, shaytonning yo'liga kirib bo'lgan: Alloh buyurganiga qaramay, gunohdan qaytmaydi, yomon yo'llarda yuradi, buzuqlik qiladi, U zot harom qilgan narsalarni iste'mol qiladi. Shaytonga va nafsiga qul bo'lganlar uchun go'yoki bu dunyo hayoti mavjud, xolos. Ular o'zlarini kim yaratgani, nega dunyoda kelgani, oxirat dunyosidagi oqibat nima bo'lishi, Alloh huzurida hisob-kitobdan o'tishlari haqida o'ylab ham ko'rishmaydi. Buni istashmaydi ham.
Allohga qullik qilishni istamadimi, demak, insonlarga qullik qilish yo'lini tanlagan: boshiga bir ish tushsa, Parvardigoriga iltijo qilmaydi, “falonchi akam qo'llaydi, jonimga oro kiradi” deb o'ylaydi. Rizqni Alloh berayotganiga aqlini ishlatmaydi, falonchi tufayli katta pul topyapman, degan xayolga boradi. Allohga bandalik qilmaydigan odam hech bo'lmaganda nafsining quliga aylanadi, ana shu katta dushmaniga itoat qilishni boshlaydi. 
“Boshingga qanday ish tushmasin, hammasi avvaldan taqdiringga yozib qo'yilgan. Zero, chigal sabablar ibtidodanoq sening mavjudligingni shu ishlarga bog'lab turadi”, deydi Mark Avreliy Antonin. Yoki Alloh belgilagan chegaralarda hurriyat izlaydiganlar baribir jamiyat qonunlarining quligiga mahkumdirlar. Sitseron Mark Tulliy bunday degan: “Ozod bo'lish uchun qonunlarning quliga aylanishga to'g'ri keladi”. Allohdan qo'rqmaydiganlar to'la hurlikka erishmagan, ular baribir insonlardan, rahbarlardan, o'zlaridan mansab yoki boylikda ustun kimsalardan qo'rqishadi. “O'zgalardan qo'rquvchi kimsa, garchi o'zi buni sezmasa-da, quldir” degan ekan o'tmish donishmandlaridan Antisfen. Ayrim insonlar Parvardigorlaridan qo'rqishmaydiyu, ammo U zotning balo-ofatlaridan qattiq qo'rqishadi. Vaholanki, atoqli Islom olimi Muhammad Zohid Qo'tqu aytganiday, “Dunyodagi turli ofatu balolar ham Robbil olamiynning lutfu ehsonidir, bandasini O'ziga qaratmoq va iltijo ettirmoq uchun bir vasiladir”. 
Insonlar ana shu haqiqatni tan olmay, hurriyat masalasida hamisha adashuvda bo'lgan. Islom dini shaxs hurriyatini ilohiy mezon o'lchovlarida baholadi, chinakam ozodlik nimada ekanini ko'rsatib berdi. Islomning buyuk adolati shundaki, u barcha insonlarni hur, teng va nasab-mansabda baravar, deb e'lon qildi. Agar shunday bo'lmaganida quldorlik avjiga chiqqan bir davrda yuborilgan bu din qul bilan xojani bir maqomga qo'ymagan bo'lur edi. Masalan, Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning Ammor ibn Yosir, Bilol Habashiy, Salmon Forsiy kabi o'nlab sahobalari musulmon bo'lishgunicha qul edilar. Aynan Islomgina qul ozod qilishni ibodat va gunohlarga kafforat (evaz) darajasiga ko'tardi, ayni shu dingina qulining aybi uchun bir tarsaki tushirgan xojaga bu gunohi evaziga o'sha qulini ozod qilishga buyurdi. 
Ammo Islomdan bexabar yoki dahriylik jamiyatlarida asl hurriyatni Allohga bandalik, qullik qilishda emas, inson xohish-istaklariga to'la erk berishda deb tushunishadi. Ular nazdida hatto Allohga itoat, dindorlik, xudojo'ylik shaxs erkini jilovlash, uning hurriyatiga to'siq qo'yish manbalari emish. Vaholanki, jamiyatda boshqaruv nizomi, e'tiqodiy dastur yo'qolsa, insonlar asl fitriy qiyofalarini yo'qotib, hayvonga aylanishgan va alal-oqibat insoniylikdan mahrum bo'lib, halokat sari ketishgan bo'lur edi. 
Buni bugungi G'arb olami misolida ko'rish mumkin. Bu jamiyat o'zidagi Parvardigorga itoatgo'ylikni, diniy e'tiqodni yo'qotib, o'rniga «demokratiya», «hurlik», «erkinlik» niqobi ostidagi hayvoniy hirs va nafsiy buzuqliklarni taklif etmoqda. Bu jamiyatda bangivorlik, fohishalik, axloqni nazar-pisand qilmay ko'ngliga yoqqan ishni bemalol qilish (bu ularda «inson huquqlari» deb ataladi) kabi illatlar chinakam hurriyat, insoniy qadriyat emish, bularni hurmat qilish kerak emish. G'arb o'zini inson huquq-erkinliklari, hurriyati homiyi deb, demokratiyani esa chinakam hurriyatga erishishning birdan-bir vositasi deb e'lon qilganiga qaramay, agar yaxshilab mulohaza yuritilsa, aynan ana shularning inson hurriyatiga tajovuz qilayotganiga ishonch hosil qilish mumkin. 
G'arb tiqishtirayotgan, majburlayotgan bu demokratiyaning, bu «madaniyat»ning, bu “hurriyat”ni musulmonlar tan olishmaydi. Zarur bo'lsa, chinakam hurriyatni, haqiqiy adolatni, munofiqlikdan xoli demokratiyani ularga Islomning o'zi o'rgatib qo'yadi. Bundan o'n besh asr muqaddam u chinakam hurriyat qanday bo'lishini butun dunyoga ko'rsatib qo'ygan. Oddiy sahroyi arab Islom dunyosining rahbari Muhammad alayhissalom huzurlariga kelib, xohlagan narsasini so'rab, xohlagan iltimosini izhor eta olishi asl hurriyat emasmi? Mo'minlar rahbari Umar ibn Xattob ko'chada ketayotganida bir kampir to'xtatib olib, qattiq tanbeh berganida «Bu mushtipar ayolning arzini Alloh eshitadiyu, Umar eshitmasinmi?» deb hayqirishini hech bir hurlik jamiyati orzu ham qilolmaydi. 
Islomdan bexabar yurtlarda kishilarning hurlik, ozodlik haqidagi tushunchalari nihoyatda buzilib ketgan yoki noto'g'ri tushunchalar jamiyat a'zolariga zo'rlab tiqishtirilmoqda. Ularda inson ko'ngliga yoqqan ishni bemalol qila olish, axloq me'yorlarini nazar-pisand qilmaslik, ilohiy nizomlarga bo'ysunmaslik, o'ta xudbinlik va johillik chinakam erkinlik, hurriyat sanaladi. O'zining hamma narsada hur sanaydigan G'arb jamiyatining komillikda va shaxs erkinligini ta'minlashda maqtaladigan qonunlari aslida insonlarni nafs va shaytoniy ishlarda erkinligini ta'minlagan esa-da, asl insoniy huquqlarda ular haqqini hamisha poymol qilib kelgan. Tarixda bunga misollar juda ko'pu, buni birgina “ayollar hurriyati” misolida ham ko'rish mumkin. 
Islom va ayol, ayollar «hurriyati va erkinligi» masalasi G'arb hamisha musulmonlarga iddao qiladigan, malomat toshlarini otadigan masalalardan sanaladi. Ammo tarixga xolis nazar tashlaydigan bo'lsak, aksincha musulmonlar g'arbliklarning o'zlarini ayollar huquqini poymol qilishda, ularning hurriyatini bo'g'ishda, xotin-qizlarni xo'rlash va kamsitishda ayblashga haqliroq tuyuladi. Islom dini bundan o'n besh asr muqaddam ayolni oliy martabaga ko'tardi. U butun insoniyat payg'ambari Muhammad alayhissalom tillari bilan «Jannat onalar oyog'i ostidadir», «O'z xotiniga mehr-shafqatli bo'lgan kishilar eng yaxshilaringizdir», deb e'lon qildi. Islomda erkaklarga o'z ayollariga yaxshi, xush muomalada bo'lish, ularni urmaslik, ilm olishiga va dinini o'rganishiga sharoit yaratib berish, taom, kiyim, boshpana va ro'zg'or ashyolari bilan ta'minlash, nikohda mahrini berish kabi ko'plab majburiyatlar yuklangan. Dinimiz hatto urush paytida ham ayollar va bolalarni o'ldirishni man etgan. 
Islomda ayollar huquqi quyidagi to'rt tamoyilga asoslangan: birinchidan: Islom ta'limoti ayolga erkakka bergan huquq va vojibotlarni ayolga ham berdi; ikkinchidan: Islom ta'limoti quyidagi o'rinlarda er va ayol huquqlarini teng deb biladi, moliyaviy muomalalarda ayolning o'z moli va boyliklarini tasarruf qilishda ixtiyori o'zidadir, eri yoki otasining aralashuvisiz tijoriy shartnomalarni ixtiyoriy ravishda o'zi tuzishga haqlidir, erkaklar moliyaviy muomalalarda qanday huquqlarga ega bo'lishsa, ayollar ham xuddi shunday huquqlarga egadir; ilm va ma'rifatni o'rganish va talab qilishda ham ayol erkak bilan teng huquqqa ega; din ta'limotlariga rioya qilgan holda joni, sog'lig'i, aqlini saqlash va rivojlantirish, aqli va jismi islohoti bilan bog'liq bo'lgan hamma ishda ayol erkak bilan barobar huquqqa ega; uchinchidan: qiz bola akalari, amakilari yoki boshqa qarindoshlariga og'ir yuk bo'lmasligi uchun Islom ayolga ota-onasidan meros olishida o'g'il merosining yarmi hisobida belgiladi; to'rtinchidan: Islom shariati xotinni er uyidan mas'ul bo'lishida erkak kishi maqomi bilan barobar o'ringa qo'ygan. 
Vaholanki, Islomgacha bo'lgan davrda va u yetib bormagan o'lkalarda yaqin-yaqingacha ayolni inson sifatida ko'rishmagan. Yer yuzida ayolga adolat bilan qaraydigan birorta jamiyat yo'q edi. Masalan, qadim Hindistonda ayol turmush qurish, meros olish va boshqa haqlardan mahrum edi, eri o'lganda u marhum eri bilan tiriklayin gulxanda kuydirilardi. Budda o'z e'tiqodiga ergashuvchilarni ayolga qaramaslikka, u bilan suhbatlashmaslikka majbur qilgan. Mesopotamiyadagi shumerlarda eridan ajrashmoqchi bo'lgan ayolni tiriklayin daryoga otishgan. Qadimgi Yunonistonda ham ayol xor va haqir sanalardi, u bozorda olib-sotiladigan mol kabi edi. Yunon madaniyati cho'qqisiga chiqqani sayin ayolning ahvoli og'irlashdi. Ayollar zavq vositasi va shahvatlarni qondiradigan bir ermak holiga keldi. Farzand ko'rish maqsadi yo'qoldi, ayollarni eridan boshqa erkaklarga qo'shish avjga chiqdi. Yunon madaniyati bu axloqsizlik, buzuqlik tufayli tarix sahnasidan tushib ketdi. Qadimgi Rimda ham ayol nochor, baxtsiz edi. Xitoy – Chinda ayol inson sanalmas, hatto ism qo'yishga orlari kelib, «bir, ikki, uch» kabi raqamlar bilan chaqirilardi. Nasroniylik dini ayolni «iflos», «yo'ldan ozdiruvchi», «iblisning quroli» degan sifatlar bilan «ulug'lardi». Ayni nasroniylikdagi rohiblik aqidasi, ya'ni bo'ydoq o'tish fikri ayol haqidagi manfiy qarashlarning natijasi edi. Milodiy 586 yili Fransiyada o'tkazilgan bir anjumanda «Ayol insonmi yoki inson emasmi?» degan masala muhokama qilindi. O'n sakkizinchi asr poyonida Fransiya inqilobi qullikni bekor qilish haqida qonunni qabul qilar ekan, «bundan go'daklar, telbalar, ayollar mustasno», deb qo'shimcha kiritgan. Ayolning mustaqil mulkdorligi huquqini Ovrupa Islomdan o'n uch asr keyin tan olgan. 
Islom kelmasidan oldingi johiliyat zamonida Arab jazirasida ham ayolning hech qanday haq-huquqi bo'lmagan. Erkaklar behisob uylanishar, joriyalarini fohishalik qilib pul topishga majburlashar, ayol zoti bilan bir xonada o'tirishmas edi. O'sha paytda Quraysh, Hind kabi qabilalarda qiz bola tug'ilsa, tiriklayin ko'mib yuborishdek qabih bir odat bor edi. Qiz tufayli yo'qsillik kelishi yoki uning oilaga dog' tushirishi, urushda asir tushib nomusi bulg'anishini o'ylab shunday yo'l tutishardi. Nikoh, mulk tasarrufi, axloq sohasida ularning huquqlari paymol etilardi, izzat-nafslari kamsitilardi, inson sifatida xo'rlanardi. 
Ayolarni shunday og'ir ahvolga solgan g'ayriislomiy o'lkalar bugunga kelib o'z to'rvalarini Islom yelkasiga ortishga urinishadi. Islomda ayollar huquqi, hurriyati qaysi sohalarda poymol etilayotgani haqida soatlab jo'shib-qaynab bahs yuritishadi. Emishki, Islomda ko'p xotinlilik, ayolning to'rt devor ichiga qamab qo'yilishi, «majburan» hijob o'ratish, unga oilada qulday qaralishi, eriga so'zsiz bo'ysunishi, merosda ular erkaklar ulushining yarmini olishi kabilar ayollarning huquqi, hurriyati, erkinligi buzilayotganidan darak berarmish. 
G'arbda ayollar tenghuquqliligi (feminizmi) uchun olib borilgan uzoq kurashlar ayollarga baxt-saodat, hurriyat, oilaviy farog'at o'rniga cheksiz kulfat, baxtiqarolik, onalik saodatidan mosuvolik va xo'rlik olib kelganini bugun hech kim inkor eta olmaydi. Bir vaqtlar asosiy vazifasi uy-ro'zg'or ishlariyu farzand tarbiyasi va erlarini baxtiyor qilishdan iborat bo'lgan ayollar hozirgi zamonda jamiyatning, oilaning barcha tashvish va muammolariga erlari bilan baravar mas'ul, javobgar bo'lib qolishdi. 
Sharq ayolining «og'ir qismati», «fojiali hayoti», «to'rt devor ichida qolib ketayotgani» haqida zo'r berib ayyuhannos solayotgan Ovrupodan, G'arbning boshqa o'lkalaridan «Sizlar hurriyatga erishtirgan ayollaringizning ahvoli qalay?» deb so'raydigan mardning o'zi yo'q. Fransiyaning 1789 yilgi inqilobida ayollar hurriyatini talab qilganlar ayol va erkak teng bo'lsin, ayollar iqtisodiy mustaqil bo'lsin va erkin hayot kechirsin, degan masalalarni o'rtaga qo'yishgan edi. O'tgan davr mobaynida G'arb ayollari ana shu huquqlarning hammasiga erishishdi. Ammo onalik va oila farog'atiga moslashgan ayollik fitratiga xilof bu majhul erkinliklar ularni baxtiyor qilolmadi. Saodat va orom-osoyishtalikka eltuvchi fitriy vazifalaridan uzoqlashtirib yubordi. G'arb ayollari jamoat ishlarida qatnashish, uy-oilada, fabrikada ishlash, jamiyat ko'ngilxushliklariga berilish, qahvaxona va bazmlarda qo'shiq aytish va raqs tushish, erlar olqishini olish uchun go'zallik tanlovlari va boshqa ko'ngilochar tadbirlarda qatnashish bilan ayolligidan ajradi, o'zligini yo'qotdi. 
Ayollarga “chin hurriyat”ni va'da qilgan g'arb dunyosi ayollarni xo'rlash, haqqini poymol qilishning yangi-yangi usullarini o'ylab topmoqda. Bora-bora ayollar hatto erkaklar ishlashga ko'nmaydigan og'ir, zararli ishlarga jalb qilinadigan bo'ldi. Ovrupa o'lkalarida bir xil ish uchun ayollar olayotgan maosh erkaklarnikidan ancha kam. Hozirga kelib ayol shaxsiyati shunchalik yerga urildiki, endi sarmoyadorlar va zavodchi boylar bozori kasod mollarini o'tkazish, ovoza (reklama) va tashviq qilish uchun ayollarning yuzidan, faqat erlari ko'rishga haqli bo'lgan qomatidan va pinhona go'zalliklaridan keng foydalanmoqda. Iqtisodiy jihatdan mustaqillikka erishgan ayol shunda ham negadir baxtiyor bo'la olmadi. Ayol pul topa boshlagach, moliyaviy jihatdan erkakka qaramlikdan «qutildi», unga bog'lab turgan bir rishta uzildi. Endi jinsiy hayotdan o'zga ularni yaqinlashtirib turgan narsa qolmadi. Ayrimlari esa ana shu so'nggi najot arqonlarini ham shartta kesib tashlab, o'zini «to'la hurriyat», ya'ni fahsh, zino, ko'cha ehtiroslari quchog'iga otdi.
G'arbdagilarning inson hurligi, erki xususidagi fikrlashlarida ko'p uchraydigan xatoliklardan biri shuki, ular erkni Alloh irodasidan, uning Yagona hukmidan ustun turuvchi narsa, deb tushunishadi. Hurlik, ozodlik haqida gapirganlarni Allohning irodasini ko'r-ko'rona amalga oshiruvchi yordamchilariga aylanib qolganlikda ayblamoqchi bo'lishadi. Bular noto'g'ri tushunchalardir. Insonning erki hech qachon Alloh irodasidan ustun bo'lolmaydi. Inson ba'zan Allohga maqbul bo'lmagan biror ishni qilishi mumkin, ammo u aslo Allohning irodasiga qarshi bora olmaydi. Bu yerda inson erki nisbiyligining boshqa jihati ko'rinib turibdi. Gohida Alloh taoloning roziligisiz va shariat qonunlariga qarshi bo'lsa-da, qiladigan barcha amallarimiz ham Uning irodasi bilan bo'ladi. Bizning erkimiz – Yaratuvchining O'z irodasi bilan bizga yuborgan tuhfasi. Biz buni Robbimizdan zo'rlik bilan tortib olmaganmiz. Erkimiz – Uning irodasi, xolos. U: «Sizlar faqat Alloh xohlagan vaqtidagina xohlarsizlar», degan (Inson, 30). Yana bir oyatda: «Agar Parvardigoringiz xohlasa edi, butun Yer yuzidagi barcha kishilar iymon keltirgan bo'lur edilar. Axir siz odamlarni mo'min bo'lishga majbur qilurmisiz?» deyilgan (Yunus, 99). Alloh hech kimni kuch bilan iymonga kelishga majburlamaydi, zo'rlamaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O'z rasuliga: «Ularni hidoyatga boshlash sizning zimmangizda emas, balki, Alloh istagan kishilarni hidoyat qiladi», deydi (Baqara, 272).
Taqdir va azaliyotni yuqoridan insonlarga majburlab belgilab berilgan narsa, deb tushunmaslik kerak. Alloh taolo har bir kishining taqdirini uning ruhiy intilishlari, aqliy imkoniyatlariga bog'liq holda belgilab bergan. Alloh har bir kishining mashg'uloti, intilishlaridan qat'i nazar, uning o'z rejalarini amalga oshirishini istaydi. Alloh taolo insonga u aniq tanlagan narsasini beradi, chunki Alloh har bir kishi uchun u sevgan va intilajak narsasini tanlab beradi. Qur'oni karimda bunday deyilgan: «Kim (o'z amali bilan) oxirat ekinini (ya'ni savobini) istar ekan, Biz unga ekinini (ng hosilini) mo'l-ko'l qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o'shandan (dunyo matolaridan) berurmiz va uning uchun oxiratda biror nasiba bo'lmas!» (Sho'ro, 20). 
Inson erki – doimiy bo'lmagan nisbiy tushunchadir, u vaziyatga qarab o'zgarib turishi mumkin. Inson bilim vositasida, ya'ni mehnat kurslarini, harakat vositalarini, aloqani ixtiro qilish yordamida o'z erki sarhadlarini kengaytirishi mumkin. U masofani qisqartirishi, zamon va makondagi to'siqlarni yenga olishi mumkin. Atrof-muhitni o'rganar ekan, inson unga xo'jayinlik qilishi va undan foydalanishi mumkin. Odamlar issiqni, sovuqni, zulmatni yengishni, baland cho'qqilarni zabt etishni o'rgandilar va bu bilan o'z erklarining harakat doirasini kengaytirdilar.
Ilm zanjirlardan xalos bo'lish yo'li, ozodlikka yo'l ochish imkoniyatidir. Lekin ozodlik sarhadlarini kengaytirishning asosiy vositasi – iymonga kelishdir. Alloh taologa yaqinlashish tufayligina kishilar ko'proq erkinlikka chiqadilar. Undan mag'firat va najot oladilar. Abu Homid G'azzoliy inson taqdiri muammosini ikki jumla bilan bayon etib bergan: «Inson o'z bilganlari sohasida erkindir, bilmaydiganlari sohasida erksizdir». Bundan kelib chiqadiki, inson har safar o'z bilimlarini kengaytirarkan, bu bilan o'z erki sarhadlarini ham kengaytiradi. Bu erkinlik qay yo'sinda bo'lmasin, baribir Alloh taolo tomonidan berilgandir. Bundan xulosa shuki, chinakamiga hur, ozod bo'lishni istagan banda faqat Allohga bandalik qilish orqaligina bunga erisha oladi.

Muallif Ahmad MUHAMMAD


  • 3821
Ahmad Muhammad Tursun

Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023


Maqtov (madh)

img

Maqtov kimsalarning qilgan ishlari yoki fe'llarini til bilan boshqalarga bildirishdir. Aslida barcha maqtov Alloh taologa xosdir va Uning Payg'ambariga (sollallohu alayhi va sallam) munosibdir. Shuning uchun doimo Allohga hamd-sanolar aytamiz. Shu bois, sahobalardan Abbos, Hasson, Ka'b va boshqalar Rasulullohni maqtab she'rlar yozishgan. Maqtovga loyiq kishilarni maqtash jamiyatda fazilat va komillik ortishiga sabab bo'lgani uchun shariatimiz bundan qaytarmaydi. Shuning uchun mubolag'a va yolg'on so'zlardan saqlangan holda kishida bor bo'lgan sifatlar bilangina maqtash joiz. Lekin maqtovga loyiq bo'lmagan kimsalarni, kishining mansabi, boyligi yo obro'-shuhrati uchun maqtash haqiqat va axloqqa zid bo'lgani uchun yomon ish sanaladi.
Kishini yuziga maqtashning foydasi ham, xatari ham bor: agar maqtalayotgan kishi komil imonli, ishonchli, riyozatli, ma'rifatli bo'lsa va maqtovdan fitnalanmasa yoki g'ururga ketmasa, maqtov harom ham, makruh ham bo'lmaydi. Aksincha bo'lsa, kishini yuziga maqtash qattiq makruh bo'ladi.

Abu Muso Ash'ariydan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kishini ko'klarga ko'tarib maqtashayotganini eshitib: "Uni halok qildinglar-ku!" (yoki belini sindirdinglar), deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Maqtovchi (maddoh) biror mansab yoki manfaat ilinjida odamlarni yuziga maqtovchi, asli yo'q, haqiqatga zid va botil narsalarni targ'ib qiluvchidir. Hadisda kelishicha, bir kishi Usmonni (roziyallohu anhu) maqtaganida sahoba Miqdod ibn Asvad (roziyallohu anhu) uning yuziga tuproq sochib yuborgan. Usmon: "Bu nima qilganingiz?" deb so'raganida, Miqdod bunday degan: "Rasuli akram "Agar maddohlarni (maqtovchilarni) ko'rsangiz, yuziga tuproq sochinglar", deganlarini eshitganman" (Imom Muslim rivoyati). Ayrim ulamolar "yuzga tuproq sochish"ni "maddohning ovozini o'chirish" deb sharhlashgan.
Sunnatga ko'ra, agar bir kishini maqtashga to'g'ri kelib qolsa, "u shunday fazilatlarga ega bo'lsa kerak, deb o'ylayman, agar u shu sifatlarga ega bo'lsa, "uning kifoyachisi Allohdir, Alloh oldida biror kishi aybsiz emas" deyish kerak. 
Odamlar darajalariga qarab maqtovni turlicha qabul qilishadi. Avom kishilar maqtovdan yayrab, xursand bo'lishadi, maddoh aytayotgan fazilatlar o'zlarida mavjudligidan faxrlanib, kibrlanishadi, maqtovchini o'zlariga do'st tutishadi. Obidlar maqtovni eshitib, undan iloji boricha qochishadi, u egallab qolmasligi uchun qalblarini ihotalab olishadi. Oriflar esa bunday hollarda "agar Alloh ayblarimni berkitmaganida odamlar faqat fazilatlarimni ko'rib, meni maqtashmasdi, demak, bu maqtovlar Allohga tegishlidir" deb fikrlaydi va barcha maqtovlarni Parvardigoriga havola etadi.
Abulqosim az-Zamaxshariy: "O'zi sazovor bo'lmagan hamdu sano va maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir", degan. Qayyum Nosiriy aytibdi: "Birov seni o'zingda yo'q sifatlar bilan madh etsa, unday odamga ishonma. Chunki u senda yo'q yomon sifatlar bilan boshqa yerda seni yomonlashga qodir".
Fosiq va bid'atchini maqtash, madhda haqiqatni aytmay riyo va yolg'on qo'shish, maqtalgan kishi bundan kibr yo g'ururga ketishi, maqtov orqali biror manfaatni ko'zlash dinimizda qoralangandir. Agar maqtov bu xususiyatlardan xoli bo'lsa, maqtash ham, maqtovga rozi bo'lish ham mumkin. 
Maqtovning aksi zam (yomonlash), ya'ni bir kishiga nisbatan yomon so'zlar gapirish, holatini fosh etishdir. Har qanday insonni nohaq yomonlash haromdir.

Muallif Ahmad MUHAMMAD


  • 4601
Ahmad Muhammad Tursun

Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023


Kimligingizni bilib oling!

img

Odamzod yaratilishiga ko'ra qo'rqoqdir. Yangi tug'ilgan chaqaloqdan tortib qartaygan qariyagacha –hammani qo'rquv umr bo'yi taqib etadi. Chaqaloq qo'rquv yig'isi bilan dunyoga keladi. Keyinroq onasini yo'qotib qo'yish, och qolish, vahimali shovqin-suronlar, yiqilib tushish kabi narsalar uni vahimaga soladi. Esini tanigach, kattalarning do'q-kaltaklari, chaqmoq-momaqaldiroq va tabiat hodisalari, yirtqich hayvonlar, jin-alvasti haqidagi gaplar, aldov va zo'ravonlik kabilar qo'rquvga sola boshlaydi. Yigitlikning ham o'z qo'rquv o'choqlari bor: hayotda o'rnini topolmaslik, imtihondan yiqilish, sevgisining rad etilishi, munosib ish yo'qligi va hokazolar. Hatto katta yoshdagilar ham qo'rquv tato'lqinqibidan omonda bo'lishmaydi. Ularni ham bir umrga turli kasalliklar, omadsizlik, amaldan ketish, dushmanlar xusumati, bolalarining noqobil chiqishi, do'stlar hiyonati, qonunni buzib qo'yish, turli falokat va ofatlar, boshliqlar zug'umi, qashshoqlik, el-yurtda sharmanda bo'lish, barvaqt karish va o'lim kabi holatlar dahshatga solaveradi.

Ayniqsa el-yurtda gap-so'zga qolishdan, odamlar malomatidan qo'rquv insonning farog'atini, oromini o'g'irlaydi, uni mashaqqatlarga, turli gunoh ishlarga, vijdoniga xilof ish tutishga ro'baro' qiladi. «Xalq nima derkin, odamlar malomat qilmasmikin, mahallada, qarindoshlar orasida sharmanda bo'lib qolmasmikanman» qabilidagi qo'rquv tufayli o'zining eto'lqintiqodiga qarshi boradi. Buyurilmagan ishlarni qilishga majbur bo'ladi. El orasida mashhur-baobro' odamlarning gapidan, malomatidan qo'rqib to'y-marosimlarni katta qiladi. Yo'q yerdagi bidto'lqinat ishlarga, xurofotlarga qo'l uradi. Nopok fosiq kishilar bilan yaqinlashadi. Ana shu qo'rquv tufayli goho inson bor-budidan ajraydi. Hayoti izdan chiqadi. Eto'lqintiqod-iymonidan chekinadi.
Qo'rqqan odamning irodasi sust, shijoati bo'sh bo'ladi. U qo'rqoqlik orqasidan yolg'on gapirishi, soxta guvohlikka o'tishi, oilasiga, xalqiga, diniga, eto'lqintiqodiga xiyonat qilishi, subutsiz va irodasiz kimsaga aylanishi mumkin. Qo'rquv tufayli u bundan ham og'ir jinoyatlarga qo'l uradi. Hatto o'z joniga qasd qilishgacha boradi. Bejizga Sulaymon alayhissalom «Qo'rquvni his etmayin desang, judayam haqiqatgo'y va o'ta donishmand bo'lmagin», demaganlar.
Endi bir tasavvur qilib qo'ring: bola otasidan qo'rqib qaerda, nima bilan mashg'ul bo'lganini yashiradi, yolg'on gapiradi. Demak, shu kundan uning tarbiyasiga rahna yetdi. Ayol erining zug'umidan qo'rqib, uni aldashga, bahona-sabablar qidirishga o'tadi. Demak, shu damdan boshlab oilani ishonch, totuvlik, hayo tark etadi. Kichik rahbar katta rahbardan qo'rqqani tufayli o'lda-jo'lda qolgan rejani bajarildi, deb mato'lqinlumot berib yuboradi. Demak, o'sha korxonaning iqtisodi zarar ko'chasiga yo'l oldi. Bir qarashda beozorgina boshlangan ana shunday qo'rquv «tuqqan» aldov-yolg'onlar to'planib-yig'ilib oxiri ulkan bir yolg'on tog'iga aylanadi. Bir-ikki qo'rqoqning yolg'on-hiylalari to'planib, butun jamiyat tanazzuliga sababchi bo'lib qoladi. Davlatlarning yolg'onlari o'sib-ko'payib, insoniyat tarixini bulg'aydigan urush-ixtiloflar, vayronagarchilik-inqirozlarni keltirib chiqaradi.
Qo'rqoqlik pastkashlik va turli yomonliklarni tug'diradi. Ko'pgina gunoh va qabihliklarning boshi, asosiy sababchisi ham qo'rquvdir. U behayolik, yolg'onchilik kabi iymonni zaiflashtiradigan og'ir ruhiy xastalikdir. O'ta qo'rqoqlik esa kishini iymonsizlik va kufrgacha olib borishi mumkin.
Odamlarning gap qilishidan, malomatidan qo'rquv orqasida o'g'il-qiziga katta, dabdabali to'ylar qilib, bor-budidan ajragan, necha kunlar «qozonini suvga tashlab qo'ygan» oilalarni bilamiz. Bato'lqinzilari qarzga botib, to'ydan keyinoq boshqa o'lkalarga pul ishlagani ketishyapti. Vatanidan, ahli-ayoli va yaqinlaridan uzoqda, begona yurtlarda xorlik va xo'rlik tortib yurishga ularni odamlarning gap-so'zi, malomati, «boshqalar nima derkin, o'zgalar kulmasmikin», degan bemato'lqinni istiholalar majburlamayaptimi? Yoki «men sendan kam emasman, nega qo'shnim yoki qarindoshim qilganni men qilolmas ekanman», degan soxta obro' orttirish ilinji shu ko'yga solmayaptimi? Bunday holatlar boshga kelib qolsa, «ko'rpaga qarab oyoq uzatish», cho'ntakdagi pulga, shaxsiy imkoniyatlarga qarab ish tutish osonroq emasmikin?
Nega odamlarning, ayniqsa begonalarning gap-so'zidan, malomatidan qo'rqasiz? Pulni o'zingizni ming ko'yga solib, qiynalib topgan bo'lsangiz. Farzand ham sizniki, to'y ham sizniki, ishlaringizga aralashishga boshqalarning nima haqqi bor? O'sha «xolis» maslahat berayotganlar balki sizga hasadlari kuchliligidan, ehtimol dushmanlikdan yoki boshqa bir g'araz bilan shunday yo'l ko'rsatayotgandir?! Balki o'zlari qilolmagan ishni sizga yuklab qo'yib, qiyin ahvolga tushishingizdan bir «maza» qilmoqchidir? Axir bir kunlik to'y o'tadi-ketadi, o'g'il-qizingiz keyinchalik ahil, baxtli yashab ketsa bo'ldi-ku! Yoki to'yni katta, serhasham qilmasa ular baxtli bo'lolmaydimi?
To'ydan keyingi va aza-motam bilan bog'liq marosimlarni-ku, aytmay qo'yaqolaylik: urfda ham, dinda ham bo'lmagan bu marosimlarni, odatlarni qilaman, deb qancha odam bor-budidan ajrayapti, turmushidan fayz, hayotidan orom-halovat ketyapti. Hamma bu ishlarning xatoligini, foydasizligini ko'rib-bilib turadi, har davrada bu haqda kuyib-pishib gapiriladi, ammo ahvol hech o'zgarmaydi. Odamlar o'zlariga o'xshash odamlarning gapidan, malomatidan qo'rqib o'zini qiynayveradi, xotirjamligidan ajrayveradi, hayotini g'urbatga, azobga aylantiraveradi.
Yana ko'pchilikning oromini o'g'irlaydigan, xotirjamligini tortib oladigan bir yomon illat borki, bu o'z mavqeini, o'rnini, maqomini bilmaslikdir. Bilganda ham havoyi nafsining aytganini qilib, o'jarlarcha buni tan olmaslikdir. Aytaylik, men oddiy bir ishchiman, dehqonman yoxud hunarmandman. Qo'shnim, qarindoshim esa katta vazifada ishlaydi yoki rosa boyib ketgan bir tijoratchi. Nima, men ham ularga taqlid qilib, uyimni uch qavatli qilishim, «Mersedes» avtomobili sotib olishim, to'yimga minglab odamlarni chorlashim kerakmi? Yoki o'g'limni Angliyagami, Amerikagami o'qishga yuborishim zarurmi?
Aslo yo'q! Alloh bir kishining «zuvalasini katta kesib», unga rizqni mo'l berib qo'ygan. Boshqa birovga esa sal mundayroq, yana kimnidir hamma narsadan qisib, faqir qilib qo'ygan. Agar Yaratganning ana shu o'lchov-irodasiga rozi bo'lmas ekansiz, belgilagan taqdiriga ko'nmas ekansiz, Unga isyon qilgan, amridan chekingan bo'lasiz. Siz o'sha qo'shni yoki qarindoshga taqlid qilib, ularga o'xshab hayot kechirishni orzulagan bo'lsangiz, bundan faqat jabr ko'rasiz, o'zingizni behuda qiynaysiz. El-yurtda sharmanda bo'lib, odamlarning kulgi-masxarasiga qolasiz. 
Ko'pincha shayton bunday xuruj qilib qoladi: «Sening falonchidan qaering kam, u ham oliy mato'lqinlumotli, sen ham, u ham oilali, sen ham, ammo u shohona yashayapti, sening uyingda esa sichqonlar aza tutib yotishibdi». Yoki siz endigina fan nomzodi bo'lganingizda iqtidorli bir sobiq kursdoshingiz doktorlikni yoqladi, endi akademiyaga saylanmoqchi. Yoxud ukangiz sizdan to'kinroq yashaydi, qo'lini qaerga uzatsa yetadi. Yo qo'shningizning to'rt muchasi sog', sizning esa qandaydir jismoniy kamchiligingiz bor.
Ana shunday holatlarda agar aqlingizni topmasangiz, o'rningiz, maqomingizni yaxshi anglab olmasangiz, hayotingiz butunlay zulmatga, uqubatga aylanadi. Yashashdan ham, odamlar bilan munosabatdan ham sovib ketasiz. Irodasi bo'shroq odam bo'lsa tushkunlikka tushib, hatto o'z joniga qasd qilishgacha borishi mumkin.
Vaholanki, bularning hammasi hech narsaga arzimaydigan vasvasalardir. Tanishingiz yoki yaqiningiz boylikdami, mansabdami, obro'dami, husndami sizdan ustunroq bo'lsa, nima qipti? Siz o'zingizdan pastroqqa, sizdan ham nochorroq kishilar borligiga qarang. Atrofingizda qanchalab kambag'allar, oddiy odamlar, muhtojlar, xunuklar hayotidan nolimay yashab yurganiga eto'lqintibor qarating.
Alloh sizni, ularni va hammani shunday qilib yaratgan, Uning xohish-irodasi shunday bo'lgan. Siz hadeb o'z ahvolingizdan shikoyatlar qilish, turmushingizdan, martabangizdan nolish o'rniga dunyoning qaeridadir bo'layotgan urushlarda begunoh odamlarning o'lib ketayotganini, yarador bo'layotganini, yaqinlaridan ajrayotganini ko'z oldingizga keltiring. Yoki yana qaydadir bir burda nonga zor, boshpanasi yo'qligidan ko'chada tunaydigan xor odamlar borligi haqida ham bir o'ylab ko'ring. Yoxud bir mahalladoshingiz ko'p yillardan buyon bemorlik to'shagida qimirlamay osmonga tikilib yotganini bir eslab qo'ying. Ana shunda kimlarningdir nazarida sizdan baxtli odam yo'qligi, kimlarningdir ham sizga havas qilishlari, kimlar uchundir siz komil inson timsoli ekaningiz ayon bo'ladi-qoladi.
Tanangizning sog' bo'lishi, yurtingizning tinchligi, yetarli ozuqa va kiyimlarning borligi, havo va suvning mavjudligi, qo'yingki, butun dunyo sizning qo'lingizdayu, uni his qilmayapsiz. Hayotga egasiz-da, uni bilmayapsiz. «Alloh osmonlar va yerdagi barcha narsalarni sizga bo'ysundirib qo'yganini va sizga barcha zohiriy va botiniy (yato'lqinni, moddiy va mato'lqinnaviy) neto'lqinmatlarini komil qilib berganini» ko'rmayapsiz. Ikki ko'zingizning, tilingiz, ikki labingiz, ikki qo'l va ikki oyog'ingizning mujassamligi eng katta davlatingiz emasmi?
Endi bir o'ylab ko'ring-chi, kesilgan oyoq bilan yurish oson ishmi? Boldiringiz olib tashlangan bo'lsa, unga suyanishning iloji bormi? Og'riq o'rab turganida ko'zingizni yumib uxlay olarmidingiz? Yoki xasta qorningizga ishtaha tusab turgan ovqatni yoki sovuq suvni kirita olarmidingiz? Shunday kishilar borki, ovqat vujudini qaqshatib, ichgan suvi zaharlab, uni kasalga mubtalo qilgan.
Qulog'ingiz haqida fikr yuriting, chunki karlikdan omonda etildingiz. Ko'zingiz haqida o'ylang, chunki ko'rlikdan omonda qilindingiz. Teringiz to'g'risida fikr aylang, chunki peslik va movoxlikdan najot topdingiz. Aqlingizga nazar soling, chunki aqlingiz yetarli bo'lgani uchun jinnilik va dovdirlikka chalinmadingiz.
Faraz qiling: bitta ko'zingizni Chotqol tog'idek oltinga alishtirarmidingiz? Yoki qulog'ingizni Pomir tog'i vaznicha kumush evaziga sotishga ko'narmidingiz? Tilingizning soqov bo'lishi evaziga podshohlar qasrini sotib olishni xohlarmidingiz? Qo'lingiz kesilishi evaziga gavhar va yoqutlarga ega bo'lishni istarmidingiz?
O'zi aslida eng afzal neto'lqinmatlar ichidasiz, lekin o'zingiz bilmaysiz. Shuning uchun g'am-g'ussa, xafa va tushkunlikda yashaysiz. Oldingizda issiq noningiz, sovuq suvingiz, tinch uyqungiz, uzun ofiyat tursa-da, yo'qotgan narsalaringiz haqida bosh qotirasiz. Boriga shukr qilmaysiz. Moliyaviy zarardan bezovta bo'lasiz. Aslida sizga saodat kaliti, behisob yaxshilik, iqtidor, neto'lqinmat va boshqa ezgu narsalar berib qo'yilgani haqida jinday tafakkur qilmaysiz. 
Tanlay ola bilish qobiliyati ham xotirjamlik asosidir. Odamzod yaratilganidan buyon uning jismida mavjud bo'lgan so'zlash, xayol, sezish quvvatlari kabi tanlash quvvati yordamida inson boshqalardagi go'zal va xunuk xislatlar, muhim va zararli ishlarning yaxshi-yomonini ajrata oladi. Abu Nasr Forobiy yozganiday: «Tanlab olish xosiyati yordamida inson biror narsani istaydi yoki undan qochadi, unga beriladi yoxud undan jirkanadi, undan tato'lqinsirlanadi yoki tortinadi. Buning natijasida nafrat va muhabbat, do'stlik va dushmanlik, qo'rqinch qa jasurlik, g'azab va rozilik, shahvat va minnatdorlik his-tuyg'ulari paydo bo'ladi».
Bekorchilik yoki sevmagan mashg'ulotni qilish, o'zgalarning minnatli ehsonlariga ko'z tikib yashash, o'zingizga yoki insoniyatga foyda keltirmaydigan ishlar bilan shug'ullanish ham hayotingizning maromini buzadigan, turmushingizdan fayz va lazzatni olib qo'yadigan eng yomon illatlardandir. Bekorchilar barchaning nazaridan qolgan va hammaning eto'lqintiroziga sabab bo'luvchi kishilardir. Chunki ularning irodasi bo'sh, o'zlari esa achinishga loyiq bebaxt kishilardir.
Insonning eng tuban va xatarli holatlaridan biri uning bekorchi bo'lib qolishidir. Bunday inson ikki tarafiga qalqa-qalqa pastlikka shitob bilan tushib borayotgan haydovchisiz mashinaga o'xshaydi. Agar bekorchi bo'lib qolar ekansiz, o'zingizni g'am-anduh va qo'rqinchlar girdobiga tayyorlayvering. Chunki bekorchilik sizga o'tgan, hozirgi va kelajak hayotdagi barcha past-balandliklar, ozor-o'kinchlar haqidagi mato'lqinlumotlar daftarchasini olib keladi. Miyangizga bir-biridan vahimali tashvishlarni, g'am-tashvishga qorishgan o'y-fikrlarni to'ldirib tashlaydi hamda sizni besaranjomlik va g'urbat changalzorlariga kiritib yuboradi.
Donolarning nasihati shuki, o'sha tagi yo'q, po'k narsalar o'rniga samara beradigan foydali ishlar bilan shug'ullaning. Chunki bekorchilik maxfiy o'lim va tinchlantiruvchi kapsula bilan o'z joniga qasd qilishdan boshqa narsa emas. Bekorchilik xuddi Xitoy qamoqxonalarida mahbuslarga nisbatan qo'llaniladigan tomchi suv bilan jazolash vositasiga o'xshatiladi. Ularda mahbus ustiga har daqiqada bir tomchidan suv tushiradigan jo'mrak o'rnatiladi va u o'sha tomchi qachon tushar ekan, deb kutish asnosida u jinnilikka mubtalo bo'ladi.
Shunday bo'lgach, hoziroq o'rningizdan turing-da, biror foydali yumushni qo'lga oling. Kitob mutolaa qiling yoki biror narsa yozing, hech bo'lmaganda yozuv stolingizni tartibga soling yoki uyingizning kam-ko'stini tuzating. Xullasi boshqalarga manfaati yetadigan nima ish bo'lsa o'shani qiling, faqat hayotingizda bo'sh vaqtga o'rin qolmasin. Kuningizga mazmun kirsin. 
Bekorchilikni ish pichog'i bilan bo'g'izlab tashlang, shunda dunyo shifokorlari sizga ellik foiz baxt-saodat kafolatini berishadi. Dehqonlar, novvoylar, quruvchilarning qushlarga o'xshab o'zlarining rohat-farog'atda, baxtli ekanlari haqida tinmay kuylab yurishganiga eto'lqintiboringizni qarating. To'shak ustida ko'z yoshlaringizni arta-arta iztirob chekishdan to'xtang. Shundagina qalb xotirjamligini qo'lga kiritasiz, ikki dunyo saodatiga erishasiz! 
«O'kinma» kitobida yozilishicha, boshqalarning shaxsiyatiga o'xshab olish ham doimiy azobdir. Ko'pchilik bu narsani unutib qo'yadi va ovozini, harakatlarini, qiliqlarini, so'zlarini, iqtidorini, qo'ying-chi barcha holatlarini boshqalarnikiga o'xshatishga, hech bo'lmaganda o'zganikiga yaqinlashtirishga intiladi.
Bu narsa insonning o'z zoti, tabiatiga bo'lgan takallufi, maqtanchoqligi va taqlidbozligidan boshqa narsa emas. Odamzodning atigi ikki nafari ko'rinishda, xilqatda, feto'lqinl-atvorda hech qachon bir xil bo'lmaydiyu nima uchun iqtidor va axloqda bir bo'lsin? Siz tamoman boshqa bir shaxssiz! Tarixda sizga o'xshashi aslo bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Atrofingizdagi hamma odamdan boshqachasiz.
Qandoq yaratilgan bo'lsangiz, o'shandoq yashashga intiling. Ovozingizni, gapirish ohangingizni, yurish-turishingizni o'zgartirmang. Sizning faqat o'zingizga xos idrok qilish xususiyatingiz bor, faqat o'zingizga xos rangingiz mavjud. Atrofingizdagilar sizni o'sha idrokingiz va rangingiz holatida ko'rishni istashadi. Odamlar tabiatiga ko'ra xuddi nabotot olamiga o'xshashadi. Shirini ham bor, nordoni ham bor, uzuni ham bor, kaltasi ham. Agar olma bo'lsangiz, behiga aylanib olishingizdan nima mato'lqinno bor? Axir aynan olma bo'lganingiz uchun chiroyli, qimmatli, eto'lqintiborga loyiqsiz.

Muallif Ahmad MUHAMMAD


  • 3117
Ahmad Muhammad Tursun

Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023


Ixtiloflar yechimi – mo''tadillikda!

img

Siz balog'at yoshidasiz. Fitratingizga ko'ra musulmonsiz. Ehtimol, otangiz yoki onangiz ibodat qilishmas, namoz o'qishmas, ro'za tutishmas?! Lekin sizning qalbingizga toza bir e'tiqod yo'l topgan. Alloh taolo hidoyatini sizdan darig' tutmagan. Namozlarni iloji boricha masjidda, jamoat bilan ado etishga harakat qilasiz. Ramazon oyi ro'zasini qoldirmay tutasiz. Islomning boshqa arkonlarini sidqidildan bajarasiz. Iymoningiz butun, ixlosingiz ulug'. Har bir ishda, har bir amalda Alloh taoloning rizosini topishga intilasiz. Siz chin musulmonsiz! Siz bu bilan faxrlanishingiz, quvonishingiz kerak. Sizni musulmon etib yaratgani, ibodatlarga qoyim qilgani uchun Alloh taologa behisob hamd-shukronalar aytishingiz lozim!

Chunki dunyo hayotida musulmon bo'lishdan, Allohni tanishdan, Uning rizosiga musharraf bo'lishdan ortiq sharaf, martaba, maqom yo'q! Chunki siz Allohning O'z habibi, so'nggi nabiyi, suyumli rasuli Muhammad alayhissalom orqali nozil qilgan Haq diniga, qiyomatgacha amalda bo'ladigan oxirgi dinga e'tiqod qilayotganingiz bilan ikki dunyo saodatiga erishgan baxtli insonlardan birisiz! Siz Yer yuzini istiqomat tutgan bir yarim milliardli ulkan Islom jamoasining hamma jihatdan teng, hur, ajralmas bir a'zosisiz!

Ammo hozirgi zamonda dunyoda sodir bo'layotgan ko'pgina voqea-hodisalar, tartib-qoidalar barcha musulmonlar qatori sizga ham tushunarsizday tuyuladi. Aholisining katta qismi musulmon bo'lgan xorijiy o'lkalarda musulmonlar har qadamda kamsitilayotgani ham sizga tanish hol. Ko'cha-ko'yda, o'quv yurtlarida, jamoat joylarida qizlar boldirlarini, ko'kraklarini namoyish qilib, yarim yalang'och yursa hech kim ularning mushugini «pisht» demaydi, lekin bir muslima qiz Allohdan qo'rqib o'qishga, ishga ro'mol o'rab kelsa, hammaning baravariga dod-voy solishi, vahimaga tushishi ham tushunarsiz. Go'sht xarid qilish uchun do'kon yoki rastalarni aylangan musulmonning islomiy yurtda qo'y-mol go'shti bilan birga Alloh harom qilgan cho'chqa go'shti, xamr ham bemalol sotilayotganidan yana bir marta xunobi oshadi.

Bu kabi asabga tegadigan, nafrat qo'ziydigan, jahlni chiqaradigan holat-voqealarga barcha mamlakatlardagi musulmonlar hayotda ko'p marta to'qnash kelishadi. Aholisining asosiy qismi musulmon diyorlarda nega ularning huquq-manfaatlari har qadamda poymol etilayotgani siz kabi boshqalarga ham tushunarsiz. Masalan, minglab nomda gazeta-jurnal chop etilayotgan o'lkalarda musulmonlar hissasiga bir-ikkitadan nashr to'g'ri keladi, xolos. Radio-televidenie erta tongdan yarim tungacha tanaffussiz ishlaydiyu, ammo musulmonlarga atalgan eshittirish-ko'rsatuvlarga haftada bir-ikki marta vaqt ajratiladi, xolos. Musulmon yurtda o'nlab g'arblik missionerlar turli niqob-bahonalar bilan buzuq mazhab va oqimlarining aqidasini bemalol yoshlarga targ'ib qilib, adabiyotlarini tarqatib yursa mumkinu, ammo bir musulmon yigit birodarini, yaqin qarindoshini namoz o'qishga, islomiy ilmlarni egallashga chaqirsa, «aqidaparast», «zo'ravon»ga aylanadi. Yonginasida yashaydigan bir aroqxo'rning har qanday xurmacha qilig'iga mahalladoshlari ko'z yumib chidashadiyu, ammo bir musulmon yigiti bilib-bilmay biror xatoga yo'l qo'ysa kifoya, hamma qo'lini bigiz qilib, «bu kishi yana namozxon emishlar», deya uni ayblashga tushadi.

Bular hayotdagi mayda-chuyda kelishmovchiliklar. Dunyo miqyosida olib qarasangiz ham ko'pgina yerlarda musulmonlar kamsitilayotgani, haq-huquqlari poymol etilayotgani, izzat-nafsi xo'rlanayotgani, tuhmat-ig'volarga uchrayotganiga shohid bo'lasiz. G'arb siyosatdonlari esa har bir qulay fursatdan Islomga qarshi kurashda foydalanib qolishga urinadi.

Oshkoralik masalasida ham ahvol bundan o'zgacha emas. Ingliz olimi Timoti Uinterning yozishicha, «Devid Kresh o'zining umumiy me'yorlaridan chetga chiquvchi Tavrotga oid xabarini... «Qiyomat ranchosi»dan efirga uzatishi mumkin. Ammo biror bebosh islomiy guruh Qohirada shved sayyohlariga bomba hujumini uyushtirsa, o'sha paytning o'zidayoq butun dunyoga «jangari musulmonlar» haqida go'ng sochiladi» (yuqoridagi asar, 272-bet).

Jahonning qaeridadir portlash yoki qotillik sodir bo'lsa, musulmonlarning yuragi po'killaydigan bo'lib qolgan. Chunki shovvoz muxbirlar hali voqea joyiga yetib bormay, nima bo'lganini anglamay turib, darrov «musulmonlarni, ya'ni Islom jangarilari va terrorchilari»ni ayblashga o'rganib qolishgan. Chunki ana shu fitnalarni uyushtirayotgan, bu bilan Islomni, musulmonlarni dunyoda yomonotliq qilishni mo'ljallagan «akalari» voqeadan oldinroq ularga yetarli «ko'rsatma»ni berib ulgurishgan.

Musulmonlarga nisbatan olib borilayotgan bu kamsitish, xo'rlash siyosati hamma davrlarda, barcha mustamlakachilar tomonidan bir loyiha, qolip asosida olib borilgan va borilyapti. Dalillarga murojaat qilaylik: o'tgan asrning o'rtalarida farang mustamlakachilari Jazoirda bir million musulmonning yostig'ini quritdi. Hatto arab maktablarida o'quvchilarning o'z ona tillarida ta'lim olishi taqiqlangan edi. Oran shahrida olti asrli tarixga ega bo'lgan va noyob obida hisoblangan jome' masjidi temir yo'l shohbekatiga aylantirildi.

Sovet tuzumi paytida Rusiyaning o'zida 12 ming masjid yopib tashlandi. Musulmon respublikalarida nomigagina bir necha masjid omon qoldi, qolganlari cho'chqaxonaga, sharob korxonalari yoki omborlariga aylantirildi. Diniy kitoblar batamom yo'qotildi, ruhoniylar qamaldi yoki ta'qibga olindi. Bunday misollarni xohlagan G'arb davlatining musulmonlarga nisbatan tutgan yo'li misolida ko'rish mumkin.

Masalan, O'rta Osiyoni istilo qilib turgan rus hukmdorlari ham xuddi shunday fikrda bo'lishgan, xuddi shunday yo'l tutishgan. Turkistonning birinchi general gubernatori fon Kaufman: «Musulmon dini mavjudligiga toqat qilinadi, ammo uning rivoji rag'batlantirilmaydi. Islom yashab ketishi uchun zarur shart-sharoitidan mahrum bo'lib qoladigan vaqt ham keladi». («Turon tarixi» jurnali, 1993 yil, 2-son).

Yana shu zolimning mana bunday degani ham tarixda qolgan: «Bu xalqqa (turkistonliklarga) iloji boricha, mumkin qadar ko'proq paxta ektirish, ularni tinimsiz ishlashga majbur etish kerak, toki bu xalqning boshqa narsalarni o'ylashga, siyosiy voqealarni anglab yetishga bir zum ham vaqti va xohishi qolmasin» (Majid Hasaniy, «Yurt bo'ynidagi qilich», Toshkent, 1997 yil).

Rusiya maorif namoyandasi va missioneri P. Ilinskiy esa bunday degan: «Rusiyadagi musulmon xalqlarga birorta ham ijtimoiy-siyosiy huquq bermaslik kerak». (Majid Hasaniyning yuqoridagi kitobi).

Ana shunday nohaqlik va adolatsizliklar har qanday musulmonni nafratlantiradi, g'azabini qo'zg'aydi, qalbida muxoliflariga nisbatan ranj-alam paydo qiladi. Nafrat-alamlar, haqsizliklar oldidagi chorasizlik, ilojsizlik, xo'rlik bora-bora isyonga, radikal kayfiyatlarga, qasos olish uchun harakatlar boshlashga olib boradi. Jamiyatdagi bu norozilik mevalaridan Islom muxoliflari ham, dunyoni bo'lib olib boshqarish ilinjida uyqusi qochgan sarmoyadorlar ham, siyosatda omadi chopmagan hukmdorlar ham baravariga foydalanib qolishga intilishadi.

Milodiy yigirmanchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahonning goh u yerida, goh bu yerida salafiylik, aqidaparastlik, vahhobiylik, hizbut-tahrir, qo'yingki, yana o'nlab boshqa turfa nomlar ostida hali e'tiqodi mustahkamlanmagan, iymoni zaif, dunyoqarashi shakllanmagan qanchalab xolis yoshlarni chalg'itishga urinishlar ham ana shu harakatlarning bir ko'rinishidir. Bunda bir o'q bilan bir necha nishonga uriladi: avval ana shunday «islomiy harakat»larga yoshlarning faol qatlamini jalb etishga ko'z yumib turiladi. Keyin ular soni ko'paygach, «mamlakat xavfsizligiga rahna solayotir» bahonasida ta'qib qilish, jismonan mahv etish boshlanadi. Adashgan yoshlarning rejalari, qilmishlari haqidagi yolg'on-yashiqlar atrofida katta-katta shov-shuvlar yasab, Islom va musulmonlar omma ko'ziga yovuz, urishqoq, qonxo'r sifatida ko'rsatiladi. 

G'arb zo'r berib Islomga yopishtirayotgan «aqidaparast, terrorchi, jangari» degan yorliqlarning dinimizga hech qanday aloqasi yo'q. Islom hech qachon zo'ravonlikni, zulmni, o'zgalar joniga qasd qilishni oqlamagan, bunga yo'l ham bermagan. Aksincha, u o'z tarixida faqat tinchlik, osoyishtalik, rahm-shafqat, insoniylik, mehr-oqibat dini sifatida nom chiqargan. G'arb olimlaridan birining yozishicha, «ayni paytda jahon jamoatchiligi Islomga nisbat berayotgan inson huquqlarining sharmandali tarzda paymol qilinishi, o'zga din va millat vakillariga nisbatan toqatsizlik va terrorizm aslida bu dinga daxli yo'q to'dalarning, mutaassiblarning va ko'pincha xudobexabar murtadlarning ishidir. An'anaviy va chin musulmonlar hech qachon terrorizmga qo'l urmagan». (Timoti Uinter, yuqoridagi kitob, 306-bet).

Xo'sh, ahvol shunday bo'lgach, musulmon yoshlar faollikni bir chetga yig'ishtirib qo'yib, jimgina namozlarini o'qib, ro'zalarini tutib yurishaversinmi? Jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlardan, siyosiy va iqtisodiy islohotlardan bir chetda turishsinmi? Ijtimoiy hayotga aralashish, undagi qusur-nuqsonlarni yo'qotishga befarq bo'lishsinmi?

Yo'q, aslo! Islom – faollik dini. U beg'amlikni, hafsalasizlikni, jamiyat hayotidan chetda turishni, faoliyatsizlikni, tanballikni, fikriy loqaydlikni qattiqqoralaydi. Musulmonlarni o'z diniy aqidasi, e'tiqodi, iymoni, sha'ni-erkiga bo'ladigan har qanday tajovuzlarga murosasiz bo'lishga chaqiradi.

Unda hozirgi yoshlar qanday yo'l tutishlari zarur? Eng avvalo, ulardan aqidada mahkam bo'lish talab etiladi. Mashhur shoirimiz So'fi Ollohyor «Aqida bilmagan shaytona eldur, Agar ming yil amal deb qilsa, yeldur», deb bejizga yozmagan. Musulmonlik da'vo qilsak, mo'minmiz, deb ko'krakka ursak, ammo iymonimiz zaif bo'lsa, aqidamiz poydevori bo'sh zaminga, qiyshiqqilib qurilsa, g'animlarimiz qalbimizni osongina zabt etib, hidoyat yo'lidan, Haq yo'ldan qiynalmay adashtirib yuboradi.

Islomni kitob o'qish bilangina tanimoqchi bo'lganlar adashishga mahkumdirlar. Silsilaga mansub bir ustoz ko'rmay, o'zlaricha bir necha hadisni yodlab olgach «ulug' donishmand» darajasiga ko'tarilib olganlarning ayniqsa haq yo'ldan adashib, zalolat va kufr yo'liga kirib ketishlari (nauzanbillah!) osonroq bo'lib qoladi.

Allakimlarning nayranggiga uchib, ularning aqidasiga kirib qolgan, haq nima, aqida nima – ajratib olganidan keyin iztirob va nadomatlardan qiynalgan yoshlarni ko'rdik. Dunyo hayotidagi tansiq yillarini xatolar girdobida g'arqqilib yubormasliklari uchun yoshlarga qarata Payg'ambar alayhissalomning: «Diningizni kimdan o'rganayotganingizga qarang», degan ko'rsatmalarini eslatib qo'yish joiz. Rasulullohdan (a.s.) buyon davom etib kelayotgan olimlar silsilasini ustoz qilib olganlar aslo adashishmaydi. Bu Ahli sunna val jamoa tuzib chiqqan va asrab-avaylab kelayotgan aqida, e'tiqod va shariat yo'lidir.

Hazrati Abu Hanifadan: «Kimlar Ahli sunnaga mansub?» deb so'rashganida, «Ikki Shayxni tan olgan, ikki kuyovni tan olgan va mahsisiga mash tortgan Ahli sunnadir», degan ekanlar. Bilishsa, ikki shayx Hazrati Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob, ikki kuyov esa Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib ekanlar. Bundan kelib chiqadiki, kim dinida mo''tadil o'rta yo'lni olib boraman desa, Islomning to'g'ri yo'ldagi to'rt xalifasi tan olib, ular ishini va yo'lini davom ettirishi hamda shariat hukmlarini og'ishmay bajarishi lozim ekan.

Turli tafriqalarga bo'linish, haq yo'lda adashishlarning yana bir yo'li sunnatni tark etish, mazhabsizlik hamda mutaassiblik balosidir. Islom qonunlarini buzib qo'yishdan taqvo qilgan o'tmishdagi buyuk allomalarning to'qson to'qqiz foizi mazhabga sodiq bo'lgan. Hatto ixtilof avjga mingan o'n to'rtinchi asrda chiqqan Ibn Taymiyya, Ibn Qayyum kabi boshqacha fikrlilar ham chalasavod musulmonlarga faqihlar yordamisiz ijtihodga qo'l urishni tavsiya etishmagan.

Alloh taolo mo'min-musulmonlarga shunday xitob qiladi: «Dinlarini bo'lib, firqa-firqa qilib olgan kimsalardan (bo'lmangiz)! Har bir hizb-firqa faqat o'z oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar» (Rum, 32).

Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomdan rivoyat qilingan hadisi sharifda bunday deyilgan: «Mana bu ummat yaqinda yetmish uch firqaga ajraladi. Yetmish ikkitasi do'zaxda va bittasi jannatdadir». «Ey Rasululloh, bu bittasi kimlar?» deb so'rashdi. «Ahli sunna val jamoa», dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

«Sunniylik sof diniy maydonda musulmonlik tarixining to'qson foiz vaqti mobaynida to'qson foiz ummatni birlashtira oldi. G'arb tadqiqotchilarining fikricha, sunniylik mazhabi vakillari dinga nisbatan deyarli o'zgarmagan hurmatni va o'zaro birodarlikni saqlab qola bildi. Boshqalar uchun mana shunday mushkul kechgan uzoq davr mabaynida na ulkan diniy urushlar, na qo'zg'olonlar va na ta'qiblar ularni bo'lib yubora olmagani hayratlanarlidir» (Timoti Uinter, yuqoridagi kitob, 935-bet).

Hazrat Payg'ambarimizning ummatlari yetmish uch firqaga bo'lindi. Yetmish ikki firqa zalolatda qolib halok bo'ldi. Faqatgina to'rtta fiqhiy mazhab (Hanafiy, Shofe'iy, Molikiy, Hanbaliy)ni birlashtirgan «Ahli sunna val jamoa» mazhabi salomatda qolib, najot topgan. Hozir yer yuzidagi jami musulmonlarning 92,5 foizi ana shu haq yo'ldagi mazhabda turibdi. Ahli sunnat jamoatidan zarracha ayrilgan kishi islomiyatdan uzoqlashgan bo'ladi.

Demak, bugungi yoshlarimiz din dushmanlarining hiyla-nayranglariga uchmay, qalblariga egalik qilish ilinjida turli tuzoq-qopqonlar qo'yayotgan muxoliflarning fitnasiga ilinmay deyishsa, Qur'oni karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini mahkam tutishadi. Yangi zamonning makkor va mug'ombir qalb o'g'rilari domiga tushmaslik uchun Ahli sunna val-jamoa mazhabidan chekinishmaydi. Chunki dunyo musulmonlarining salkam to'qson uch foizi adashishi, zalolatga ketishi, hidoyat yo'lidan chekinishi aslo mumkin emas!

Bugungi kunda musulmon yoshlarni qiynayotgan yana bir qancha ijtimoiy muammolar bor. Shulardan biri jamiyatdagi dindor va dahriy qatlamlar o'rtasida oshkora-pinhona ixtiloflardir. Bu ixtiloflarning kelib chiqishida esa har ikki tomonning ham ayricha «ayb»lari bor.

To'qsoninchi yillarning boshida yurt mustaqil bo'lib, diniy erkinliklar berilgach, uzoq yillik mudhish qatag'ondan so'ng ko'ksiga shamol tekkan musulmonlarning va o'tmishda dahriylik nonini yeb katta bo'lganlarning holatlari hamon ko'z o'ngimizda. Masjidlarni to'ldirgan yoshlar benamozlar vafot etsa ularga janoza o'qimaslik, ular bilan aloqa qilmaslik shiorini o'rtaga tashlashgan, aroq ichuvchi, qimor o'ynovchilar va boshqa jinoyatchilar dushman deb e'lon qilingan, yengi kalta ko'ylak kiygan ayollar behayolikda, buzuqlikda ayblangan, haykal va rasmlar but sifatida yo'qqilingan paytlar edi. Bir tomonda mustamlakachilar tomonidan dinsizlik ruhida tarbiyalangan bir avlod esa masjidlarga oqib borayotgan yoshlarni, kitob rastalarini to'ldirgan diniy adabiyotlarni, masjidlardan baralla yangrayotgan azon tovushlarini, haj safarini tashkil etgan hukumatning maxsus uchoqlarda minglab kishilarni olis Makkaga yuborayotganini ko'rib g'azablari oshgan davrlar edi. Ana shunday paydo bo'lgan ixtilof-kelishmovchiliklar vaqt o'tgani sayin kuchaysa-kuchaydiki, pasaymadi. 

Bugungi kunda jamiyatda odamlar dindorligiga qarab uch toifaga bo'linadi:
Birinchisi – Alloh va Uning rasuliga iymon keltirgan, Islom dini arkonlarini, ilohiy amr-farmonlarini muntazam bajarayotgan, turmush tarzini shariat talablari asosiga qurgan mo'min-musulmonlardir.
Ikkinchisi – tilda musulmonligini izhor qilib, Allohning barhaqligini tan olsa-da, Uning amr-farmonlarini bajarmaydigan, ibodatlarni ado etmaydigan, halol-haromni ajratmaydigan kishilardir.
Uchinchisi esa – Alloh va Uning rasuliga iymon keltirmagan, dinni va ruhiy olamni inkor etadigan, faqat moddiyatga asoslangan ilm va nazariyalarga bo'ysunadigan dahriy, xudosiz kimsalardir. Ana shu uch tomon o'rtasidagi ixtilofli kurash ularning o'zlariga aslo foyda keltirmaydi, balki Islom dushmanlarigayu, o'zlarining bosqinchilik siyosatlarini o'tkazishga asosiy to'g'anoq bo'lib maydonga chiqayotgan islomiy toifalarning tanobini tortib qo'yishni orzu qilayotgan mustamlakachilarga va dunyoda Islom dinining g'olibona yurishidan vahimaga tushayotgan G'arb olamiga ham birday qo'l kelishi mumkin.

Jamiyatdagi ixtiloflarning asosiy sababi ancha oldinroqqa – milodiy 1917 yili sovetlar «dohiy»i Lenin boshchiligida qilingan O'ktabr to'ntarishiga borib taqaladi. U hokimiyatni qo'lga oliboq, dinlarga qarshi keskin jang boshladi. «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish haqida»gi mash'um dekretini imzoladi. Mustamlakachilar aholisining mutloq ko'pchiligi musulmon bo'lgan o'lkalarda musulmonlarning haq-huquqlari har qadamda buzildi, ularning arz-dodlari, shikoyatlari, talab-istaklari masjid devorlari ichida qolib ketdi, mamlakat qonunlarida haq-huquqlari kafolatlab qo'yilganiga qaramay, aslida jamiyatning eng haqsiz, huquqsiz qatlami bo'lib qoldi, ishga yoki o'qishga qabul qilish, mansabida ko'tarish, taqdirlash, davlat hokimiyati organlariga saylanish kabi ishlarda pinhona cheklov va kamsitishlar joriy qilindi. Ayniqsa diniy arboblar, masjid imomlari, mudarrislarga qarshi ayovsiz kurash olib borildi, ular jisman va ma'nan ta'qib qilindi. 

Vaholanki, avvalda qishloq yoki shaharda imomning obro'si, ta'siri katta bo'lgan. Namozxonlar ham, mahalladagi boshqa kishilar ham unga hamma masalalarda murojaat qilishgan, dardu hasratlarini aytishgan. Bir tadqiqotchi yozganiday, odamlar ulov sotib olishdan tortib, o'g'lini uylantirish, qizini uzatish, eski samovorini yamash kabi barcha masalalarda imom bilan maslahatlashgan (Ya. Kovalev, «O magometanskix mullax», Kazan, 1907, 15-23 str.). U qishloq, mahallada eng obro'li, hurmatli, ulug' kishi bo'lgan. U diniy ehtiyojlarni qondiribgina qolmay, hamyurtlarining hamma savollariga javob bera olgan, hamma voqealardan, qavmning barcha a'zolari, ularning oilaviy muammolaridan yaxshi xabardor bo'lgan.

Imomdan hamma baravariga qo'rqqan: u bolalariga zulm o'tkazgan kattalarni tergagan, bebosh yoshlarni odobga chaqirgan, axloqsizlarga tanbeh bergan. Imom bir paytning o'zida axloq himoyachisi, qozi, tergovchi, din arbobi bo'lgan. Bugungi kunda axloqsiz yoshlarni tarbiyaga chaqirish, urishgan er-xotinlarni yarashtirish, mahalladagi kishilar o'rtasini isloh qilish, ichkilikbozlik, o'g'rilik, giyohvandlik, buzuqliklarni tag-tomiri bilan tugatishda mahalla fuqarolar yig'inlari, militsiya, posbonlar, faollarning katta o'rdusi ham qiynalib qolayotgan bir paytda imomlarning salohiyati, obro'si va ta'sir kuchini oshirish hamon dolzarb bo'lib qolaveradi.

Zamonamiz musulmonlari qarshisida yana bir xatar borki, bu diniy jaholatparastlik tug'ib voyaga yetkazgan mutaassiblikdir. Din asoslaridan bexabar johil va nodon kimsalar «bid'atga o't ochish, Islomga yangilik kiritishdan qochish» bahonasida asrlar bo'yi ilm-fan rivojiga, har qanday yangilik va kashfiyotga qarshilik qilib kelishdi. Masalan, o'n sakkizinchi asrga qadar matbaachilik, kitob chop etishni harom ish, deya baholab kelingan. Kitoblarni oson yo'l bilan ko'paytirish Islom ta'limotining ahamiyatini pasaytiradi, deb hisoblashgan. Islomni qabul qilgan mojoristonlik Ibrohim Mutafarriqa 1720 yili Istanbulda Islom olamidagi ilk matbaa dastgohini ishga solib, bu boradagi qarashlarni o'zgartira oldi.

Namanganlik mashhur ma'rifatparvar olim, Namanganda ilk bosmaxona ochgan Ishoqxon Ibrat ham musulmonlar johillik va mutaassiblik tufayli dunyo taraqqiyotidan, fan-texnika yutuqlaridan orqada qolishayotgani haqida «Mezon ul-zamon» asarida shunday kuyunib yozadi: «Har bir davr-zamonda yangi-yangi narsalar paydo bo'ladi, kashf etiladi. Musulmonlar ularni din va zamona tarozusida tortib qabul qilishlari, keraklisidan o'z manfaatlari yo'lida bemalol foydalanishlari kerak... Ammo ayrim nodon va johil kimsalar, mutaassib din xodimlari ana shu qulayliklarni Alloh bandalari uchun yaratib qo'yganini inkor etib, ularni harom yoki makruh, deb e'lon qiladilar va musulmonlar orasiga nizo solib, ularni tafriqa (bo'linish)ga olib boradilar... O'rta Osiyoda paydo bo'lgan poezd, paroxod, mashina, tilg'irof kabi odamlar uchun zarur va foydali narsalarni Alloh taolo bandalariga ato etib tursayu, bizlar johilligimizga borib, bu ne'matlardan foydalanishdan bosh tortib tursak, yaxshi bo'ladimi?.. Musulmonlar zamonni o'zlariga moslashtirishni kutib o'tirmay, o'zlari o'sha zamonning foydali ilmlariga moslashsalar yaxshi bo'lmasmikin?..» (Ishoqxon Junaydulloxoja o'g'li Ibrat, «Mezon uz-zamon», Namangan, «Ishoqiya», 1912 yil, 36-bet.)

Ibratning bu tashvishlari va kuyunishlari O'ktabr to'ntarishidan keyin diniy-ma'rifiy islohot boshlamoqchi bo'lgan Fitrat, Abdulla Qodiriy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiy kabi ilg'or fikrli namoyandalarning qarashlariga hamohangdir. Dinga johilona munosabatda bo'lish, mutaassiblik bugungi kunimizda ham batamom yo'qolmagan. Har bir yangilikni, har bir kashfiyotni so'rab-surishtirmay, harom yoki makruhga chiqarish illati bugungi ayrim din xodimlariga ham xosligicha qolyapti. Ularning iddaolariga quloq solsangiz, butun dunyo musulmonlari ishlatayotgan, jumhur ulamolar foydali deb topgan komputor, internet va boshqa telekommunikatsiya vositalarini qo'llash musulmonga mumkin emas emish. Ularning fikricha, dunyoviy bilimlarni egallash, xorijiy o'lkalarda tahsil olish, hatto o'zbek tilidagi diniy adabiyotlar nashrini ko'paytirish ham yaxshi emas. Chunki xorijda o'qiganlarning e'tiqodi buzilib ketarmish. Musulmonga kibernetika, matematika, falakshunoslik, biologiya, fizika kabi ilmlar shart emasmish. Ona tilida diniy adabiyotlar ko'paysa, oddiy xalq o'qib olib, chalg'ib ketarmish yoki imomlarga savollarni ko'paytirib yuborar emish. Bundan ham ortiq mahdudlik, mutaassiblik bo'ladimi?

Shu joyda atoqli ma'rifatparvar olim Rizouddin ibn Faxriddin asaridan iqtibos keltirish o'rinlidir: «Sulton Mahmud askarlarga yangi qoida ishlab chiqishga va zamonga muvofiq kiyinishga, boshqa davlatlarga o'xshab harbiy ta'lim berishga kirishgan vaqtda Istanbul ulamolari bu islohotga din nomidan qarshi turdilar... Lekin Sulton Mahmud dinni yaxshi bilganidan va har bir salla o'ragan «olim»ning haybarakallasiga uchib ketavermaganidan o'z so'zining ustidan chiqdi, «amri ma'ruf» va «nahiy munkar» uchun yig'ilgan Istanbul ko'chalaridagi mutaassiblarga zambarakning og'zini to'g'rilab qo'ydi... Eng avvalo o'zlarini din yo'lida qurbon qilishga chog'langan zotlar juftakni rostlab qoldilar.

Bundan oldin Sulton Mahmud Istanbulda rasadxona (observatoriya) bino qilishga kirishganida Istanbul ulamolari «Rasadxonalar barpo qilish va hikmatga (fizika, falakshunoslik, riyoziyot va boshqalar) doir asarlarni o'qish man qilinadi», deb din nomidan fatvo berishgan. Shu sababdan Istanbulda butun dars «Hidoya» bilan «Inoya»dan iborat bo'lib qolgan edi...

Bu kunlarda Buxoro shahrining ulamolari yangi usul bilan bolalarga «alifbo» o'qitishni man qildilar, shunday maktablarni din nomidan bekitdilar. Ko'kraklari, sonlari ochiq o'rus qizlarning teatrlarda, sirklarda o'ynashlarini maqtab, tahsinlar aytib, so'laklarini oqizishib tomosha qilib o'tirishda, Islom vaqflarini sotib yeb, ribo bilan muomala qilishda o'zlari uchun dinda mone'lik topmagan bu muborak zotlar bolalarga yengillik bilan o'qish-yozishni o'rgatadigan bu maktablarning ochilishida qanday mone'lik topishdi ekan?!» (Rizouddin ibn Faxriddin, «Javome'ul-kalim», Toshkent, «Movarounnahr», 2004 yil, 95-bet.)

Zamonamizning mashhur Islom olimlaridan shayx Yusuf Qarzoviy hamma narsani taqiqlashni yaxshi ko'radigan va juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak bo'lgan «harom» so'zini suiiste'mol qiluvchi din olimlarini keskin tanqid qiladi: «Bunday kishilar «harom» so'zini ko'pincha mutlaqo sababsiz tilga oladilar. Ular nazdida televidenie, kino, fotografiya, aksionerlik jamiyatlari, xullas, hamma narsa harom. Umuman, ularning butun hayoti harom ustiga haromdan iborat. Axir Qur'oni karim shunday buyuradi: «Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og'ir bo'lishini istamaydi» (Baqara, 185). Yusuf Qarzoviy musulmon arboblarini hamisha zamon bilan baravar qadam tashlashga chaqiradi.

Ammo bu – musulmonlar halol-haromni surishtirmay, duch kelgan narsani iste'mol qilaverishsin, degani emas. Ayniqsa, Islom dushmanlari musulmonlarga hamma tomondan zarba berishga urinayotgan hozirgi paytda ularning xalqumini, yemagini harom narsalar bilan bulg'ash rejasidan ham voz kechmagan. Yana xalqumini poklashda, halol-haromni farqlashda yuksak taqvo ko'rsatayotgan dindosh birodarlarimizdan o'pkalanishga hech qanday asos yo'q. Chunki mo'minlarning eng afzali taqvodorlaridir. Hazrat Umar: «Haromdan qo'rqib shubhali narsalarning o'ntadan to'qqiztasini tark etar edik», deganlar.

Hamma gap o'rta yo'lni ushlashda, mutaassiblik, qotib qolganlik kabi qusurlarni yo'qotishda! Payg'ambar alayhissalomning shunday hadislari bor: «Islom dini yengil bir dindir... Din ishlarida ifrotu tafritga (haddan oshishu sustkashlik qilishga) berilmasdan, o'rtacha bir adl yo'lni ixtiyor etinglar, komil ibodat qila olmasanglar, shunga yaqinroq ravishda ibodat etishga harakat qilinglar» (Imom Muslim, «Sahih», I juz).

Bizda esa hamma narsaning yo u tomoni, yo bu tomoni ushlab olinadi. Masalan, masjidlarga zamonaviy kiyimlarda yoki boshyalang kirib qolgan yoshlarni olib ko'raylik. Atrofdagi peshonasi sajda ko'rmagan minglab «musulmon»lar bilan hech kimning ishi yo'q. Ammo ana shunday namozxon yigitlarga tanbeh berish, o'qrayib qarashlar har qadamda uchrab turibdi. Hatto imomlarimiz o'rtasida zamonaviy bilimlardan mutlaqo bexabar, dunyoda bo'layotgan voqea-hodisalar bilan qiziqmaydigan, o'z ustida ishlamaydigan kishilar bor, desak, balki ishonmassiz. Vaholanki, Islom ilm-ma'rifat dini, musulmon mamlakatlardagi diniy arboblar zamonaviy ilm sohasida har qanday professorlar bilan bemalol bellasha olishadi. Masalan, misr muftiyi doktor Ali Jama'a ham ilohiyot, ham texnika fanlari doktoridir.

Bugungi kunda Islom davlatlarida yashaydigan musulmonlar aksariyat hollarda o'tkinchi siyosiy masalalarga mahliyo bo'lib, hayot-mamotga, Islom asoslariga va aqidasiga daxldor ulkan tamoyillarni o'jarlarcha nazar-pisand qilishyapti. Vaholanki, ularning oldida turgan o'sha siyosiy masalalar erta-indin hech narsaga arzimay qoladi. Shu o'rinda angliyalik professor Timoti Uinterning «XXI asrda Islom» kitobidan bir iqtibos keltirib o'tish zarurga o'xshaydi: «Agar biz dunyoda nega bu qadar ko'p islomiy harakatlar barbod bo'layotgani sababini anglab yetmoqchi bo'lsak, ishni, ehtimol, ularning rahbarlari islomiy boshqaruvdagi to'siqlarni muvaffaqiyatli yengib o'tishning asosiy sharti bo'lgan yangi dunyoni aqliy bilish qobiliyatiga ega emasligini tan olishdan boshlashimizga to'g'ri keladi. Zamonaviy mafkuralar nima ekanini bilmaydigan bugungi ashaddiy musulmonlar aslida ularni yengish to'g'risida xomxayol qilishdan nariga o'tmaydilar» (11-bet).
Bu fikrlar naqadar badxo'r va yoqimsiz bo'lmasin, haqiqiy ahvolni to'la ifodalaydigan achchiq haqiqatdir...

Muallif Ahmad Muhammad


  • 2876
Ahmad Muhammad Tursun

Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023


Kambag'allik ayb emas

img

Azaldan faqirlar maqtaladi. Chunki insonlar kambag'allarni yaxshi ko'rishga buyurilgan, Alloh uchun eng yaxshi odamlar kambag'allardir, deyilgan. Barcha payg'ambarlar ham kambag'allik bilan imtihon qilingan. Faqir-kambag'allarni sevishda Nabiyni sevish bor. Ammo faqir odam qanoatli bo'lsa, xalqdan biror narsa tama' qilmasa, ularning qo'lidagi narsadan umidvor bo'lmasa, qanday yo'l bilan bo'lmasin mol-dunyo orttirishga intilmasa yoki haris bo'lmasa, shundagina u maqtaluvchi faqir hisoblanadi. Xabarda aytilganidek, «Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Allohning sizlarga bergan ne'matlarini pisand qilmagan bo'lasizlar». Yana faqirlarni juda katta ajr-mukofotlardan, savoblardan to'sadigan bir illat borki, bu ularning kibridir. Faqirning kibri boylarnikidan yomon bo'ladi, sababi boy mol-davlatidan faxrlanib kibr qilsa, kambag'al hech narsaga ega bo'lmasdan turib kibr qiladi. Ana shu kibr ortidan u hamma ishda boyga tenglashishga intiladi, o'zini boy ko'rsatish uchun har qanday aldov va nayranglarga boradi, bu bilan taqdirga isyon qilgan hisoblanadi.

Xabarda aytilganki: «Uch kimsaga qiyomat kunida Alloh taolo gapirmaydi va qaramaydi ham, ularga qattiq, alamli azob bo'ladi: ular – zino qiluvchi keksa, yolg'onchi podshoh va kibrli faqir kishilardir»; «Alloh mutakabbirni yomon ko'radi, mutakabbir faqirni undan ham yomon ko'radi».

Haq yo'ldan yiroq bo'lgan inson uchun faqirlikning mash'um xatarlari bor. Ba'zi ma'naviy ojiz odamlar uchun faqirlik, uning ortidan keladigan qiyinchilik-mashaqqatlar kufrga ketish uchun bir vosita bo'lib qolishi mumkin. Chunki sabr va qanoat kabi ulug' ne'matlardan bebahra insonlar faqirlik imtihonining qiynoqlariga dosh berolmay, har kuni Yaratgandan norozi bo'lib, shirku isyon bayrog'ini ko'tarishga odatlanib qolishadi. O'zini kamsitilgan his etishadi yoki ilohiy adolat buzilganmikin, degan kufrona gumonlarga borishadi.
Ba'zan faqirlikda, kambag'allikda yashayotgan odamlarni kuzatsangiz, ularning go'yo faqirliklariga o'zlari aybdorday, o'ksinib, boshqalar oldida xijolat chekib, noqulay holatga tushishlarini ko'p ko'rgansiz. Yoki «Nima qilaylik, peshonamiz sho'r ekan, Xudo bizni faqir qilib, nochor qilib yaratib qo'ygan bo'lsa!» deb zorlanishganini eshitgansiz. Ayrimlari o'zlarining faqirliklaridan uyalib, sal o'ziga to'qroq qarindoshlar bilan bordi-keldini ham yig'ishtirib qo'yishadi. Ba'zilar kambag'allikdan shunchalik orlanishadiki, tarkidunyo qilgan rohib kabi odamlardan butunlay o'zlarini tortishadi. Mahalla-ko'y, to'y-marosimlarga aralashishdan ham voz kechishadi. Nima, kambag'allik ayrimlar o'ylaganiday, shunchalik aybmi, kamchilikmi, peshonaning sho'rimi, Allohning jazosimi yoki taqdirning shumligimi?
Yo'q va yana yo'q. Agar inson faqirlik orqasidan o'ziga qanday ulug' marhamat, ajr-mukofotlar borligini, u faqirlik bilan sinalayotgan ekan, bundan sabr, shukr orqali sharaf bilan o'ta olsa, uni boqiy dunyoda qanday ulkan ne'matlar va mukofotlar kutayotganini tasavvur ham qila olmaydi. Bejizga o'tmishdagi so'fiylar: «Agar hukmdorlar bizdagi ruhiy xotirjamlikning sababini bilib qolishsa, egnimizdagi jandalarni tortib olgan bo'lishar edi», deyishmagan. Shunday ekan, siz faqirlik kelganida xafa bo'lish o'rniga sevining, kambag'alligingizni qo'rqmay, uyalmay tan oling, o'zingizni kambag'allikka tayyorlang. Zakot yeyishdan uyalmang, shuni bilingki agar siz kabi kambag'allar bo'lmasa, boylar zakotini bergani odam topolmay, Allohning farzini bajara olmay qolishardi-ku! 
Faqirona hayotning ruhiy va ma'naviy sakinati, qalb xotirjamligini hech narsaga tenglab bo'lmaydi. Mol-dunyosi bo'lmagan odam uni tasarruf qilish, ko'paytirish, foyda olish, asrash, aldanish xavfi kabi qanchalab ofat-xatarlardan omonda, xotirjam yashaydi. Dunyoning tashvishi va hisob-kitobi miyasini band qilmagani uchun ibodatlarida halovat, rohatlanish bor. Boqiy dunyoda hisobga tortilmasligining o'zi va buning ortidagi qalb halovatini uncha-buncha narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Kambag'alning boylardan besh yuz yil avval jannatga kirishi bashorati hamma boyliklardan ustun mukofot emasmi? Xabarlarda aytilganiday: «Odamlarning oldidan aylanib yurganida bir va ikki luqma yoki bitta va ikkita xurmo bersang, olib ketadigan kishi haqiqiy miskin emas. Haqiqiy miskin o'zini behojat qiladigan narsa topa olmasa va sadaqa berish uchun uning ahvolidan boshqalarning xabarlari bo'lmasa hamda o'zi ham tilanib yurmaydigan kishidir»; «Har bir narsaning kaliti bor, jannatning kaliti miskin-faqirlarni sevishdir».
Faqir sahobiylar oralaridan bir kishini vakil qilib Payg'ambar alayhissalom huzurlariga yuborishdi. Vakil u zotga bunday dedi: «Meni ashobingizning faqirlari huzuringizga yuborishdi». U zot: «Senga va seni yuborganlarga marhabo! Ular men sevgan kishilardir», dedilar. Kelgan vakil istaklarini shunday bayon qildi: «Boylar mollari bo'lgani uchun haj qilishyapti. Juda ko'p xayrli ishlarni qilishyapti. Biz esa faqirlik orqasidan bularni uddalay olmayapmiz. Shuning uchun oxiratdagi mukofotimiz, xayrli amallarimiz oz bo'lib qoladimi, deb o'ylayapmiz. Meni sizga yuborgan faqirlar «bizning holimiz nima bo'ladi», deb so'rashdi. Faxri koinot bunday dedilar: «Faqirlarga mendan shuni yetkazginki, oxiratda erishadigan mukofotlarini o'ylab, bu dunyodagi mahrumiyat hollariga sabr qilsinlar. Chunki faqirlarning boylardan afzal uchta jihatlari bor:
1. Ularga bu dunyoda chekkan mashaqqat-qiyinchiliklari, dunyo ne'matlaridan bebahraliklari evaziga jannatda shunday ko'shk-par beriladiki, boshqalar u ko'shklarga dunyoda eng porloq yulduzlarga qaragandek mahliyo bo'lib qarashadi. Bu ko'shklar payg'ambarlar, shahidlar va faqir musulmonlar uchundir.
2. Faqirlarning hisoblari oson bo'ladi va ular boylardan oldinroq jannatga kirishadi.
3. Boy kishi sadaqa berib erishadigan savobga faqirlar: «Subhanallohi val hamdulillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deb erisha olishadi. Faqirlar bu kabi zikr va tasbehlarni boylardan ko'proq aytishsa, boylarning pul va mollari bilan qozongan savoblariga shu aytgan zikrlari bilan erisha olishadi». 
Zunnun Misriy deydiki: «Bir kambag'al do'stim bor edi, olamdan o'tdi. Bir kuni tushimga kirdi. Undan: «Alloh sen bilan qanday yo'l tutdi?» deb so'radim. U shunday javob qaytardi: «Alloh: «Pastkash boyvachchalar uzatgan nonni olmaganing uchun gunohlaringni mag'firat etdim», dedi». Shu zotning yana bunday so'zi bor: «Ilm ahlidan bo'lmish har bir er ilmi ziyoda bo'lgani sayin mol-dunyoga nafrati kuchayib, uni tark etardi. Endi-chi? Bugun ilmi ko'paygani sari mol-dunyo muhabbati va talabi kuchaymoqda. Ilgari olim odam molini ilm yo'lida sarf etardi. Bugun-chi? U ilmi orqali mol-dunyo to'playdi. Ilgari ilm oluvchining botini va zohiri kuchga to'lardi. Hozir-chi? Uning botini ham, zohiri ham fasoddir».
Bishr Xofiy aytadi: «Faqirlar uch toifa bo'lishadi: birinchisi so'ramaydi, bersang olmaydi ham, bu toifa ruhoniyati oliy odamlardir, ular Allohdan so'rashsa Alloh beradi, Allohga qasam keltirishsa qabul bo'ladi. Ikkinchi toifa so'ramaydi, bersang oladi, bular o'rta qavm, Allohga tavakkul qilib yashashadi, bularga jannatda dasturxonlar yoziladi. Uchinchi toifa sabrni o'ziga qalqon qilganki, boshga hojat kelsa Allohga murojaat qiladi, O'zi singarilar yoniga chiqadi, haqiqatgo'yligi uning xizmatkoridir». Shu zotning mana bunday gaplari ham bor: «Shunday zamonlar keladiki, qoplab dunyo tentaklar qo'liga o'tib ketadi». Ishonmasangiz, atrofingizga bir nazar soling: behisob mol-dunyoga ega bo'lganlar aqlli, dono, taqvodor odamlarmi yoki aksinchami?
Abul Hasan Siriy bunday deganlar: «Hech kimdan hech narsa so'rama, hech kimdan hech nima olma, shunda birovga berishga hech nimang bo'lmaydi. Dunyoning turgan-bitgani ortiqchadir, lekin besh narsa bundan mustasno: non, suv, kiyim, uy va manfaatli ilm».
Shaqiq Balxiy faqirlikni yoqlab o'tgan shayxlardan. U aytadiki, «Dunyoga intilib o'lishdan saqlan, xotirjam bo'lginki, senga yozilgan rizq sendan o'zgaga berilmaydi. Banda faqirlikni ixtiyor etib, boylikdan qo'rqishi qanday bilinadi? U badavlat odam kambag'al bo'lib qolishdan qo'rqqanidek boyib qolishdan qo'rqadi va faqirlik holatini qo'rquv bilan saqlaydi. Faqirlikni saqlash faqirlikni Yaratganning in'omi deb tushunishdir. Boylardan chetda yur, chunki qalbingni ularga bog'lasang, ular bilan hamtovoq bo'lsang, ular itoatiga tushib qolib, Rabbingdan yuz o'girasan».
Muhammad ibn Bahrin ash-Shajiniy bunday degan edi: «Mol-mulkim ko'pligiga qaramay, faqirlikdan juda qo'rqar edim. Kunlardan bir kuni Abu Hafs Haddod menga: «Agar peshonangga faqirlik yozilgan bo'lsa, hech kim seni boy qila olmaydi», dedi. Bu gapni eshitganim zahoti faqirlik qo'rquvi qalbimni tark etdi».
Ba'zi kimsalarning kambag'allarni qo'l uchida ko'rsatishi, ularni nazarga ilmasligi, ular huzurida boyligi bilan kerilishi yoki kibrlanishi, insoniy munosabatlarda kambag'allardan ustunlik da'vo qilishi nodonlikdan, johillikdan boshqa narsa emas.
Mana shunday noxush holatlarga kelin olishda, qiz chiqarishda ayniqsa ko'proq duch kelinadi. Kelin axtarganlar boyroq xonadondan qiz olsam, o'g'limning kelajagi ta'minlanadi, qaynotasi yoki qaynonasi turmushda yosh oilani qo'llab turadi, degan bema'ni xayollarga borishadi. Qiz uzatadiganlar badavlat xonadonga uzatsam, yegani oldida, yemagani ketida, hech narsadan muhtojlik ko'rmay yuradi, degan rejalar tuzishadi. Bilishmaydiki, Alloh taoloning rizq taqsimlashda alohida hikmati, irodasi bor, birovga ko'proq, birovga ozroq rizq beradi.
«Nega kambag'alga qiz bermaysiz, bitta aybi goho och qoladi-da», deb so'radi bir dono kishi mahalladoshlaridan. Ularning chehrasida tasdiq ishorasini ko'rgach afsuslanib xitob qildi: «Yo'q, aksincha boyning xonadonida och qoladi. Qizingiz yurgan yo'lida yesa boy «nega turib yeyapsan», deb ko'z ochirmaydi, o'tirib yesa «nega o'tirvolib yeyverasan», deb tinchlik bermaydi. Ishonmasangiz, tekshirib ko'ring, barcha boylarning kelini oriq… Kambag'al esa faqirligim sezilib qolmasin, deya hali sinashta bo'lmagan kelinga nuqul ovqat tiqishtiradi».
Aksariyat badavlat kishilarning qizlari to'kinchilikda, farovonlikda, erka bo'lib ulg'aygani uchun ko'p hollarda oddiy, kamtarona yashaydigan xonadonlarga munosib kelin bo'lolmaydi. Sababi, odatda ularning qo'lini sovuq suvga urdirishmaydi, aytganini hamisha muhayyo qilishadi, qilini egri deyishmaydi, xullasi hamma aybu nuqsonlarini qilingan mo'l-ko'l seplar, shohona to'y marosimlari yopib ketadi, deb o'ylashadi. Aksincha, kambag'alroq oiladan kelin bo'lib tushgan qizlar esli-hushli, «oilam, erim, ro'zg'orim» deydigan, borgan joyiga toshday cho'kadigan, hammaning xizmatini qilib ko'nglini oladigan epli bo'lishadi. Faqat ularning kamxarjligini, qo'li kaltaligini betiga solmasangiz, arzimas mayda-chuyda deb izzat-nafsini koyitmasangiz, bo'ldi.
Shu o'rinda Hazrati Umarning sutchi ayolning halol qizini kelin qilganlari haqidagi go'zal bir rivoyatni keltirish o'rinlidir: Umar ibn Xattob Madina ko'chalarini aylanib yurganlarida bir voqeaning guvohi bo'ladilar. Bir xonadonda sutchi ayol bugun suti odatdagidan kamroq ko'ringani uchun unga biroz suv qo'shmoqchi bo'lar, uning qizi esa «Allohdan qo'rqmaysizmi?» deb uni bu gunoh ishdan qaytarar edi. Voqedan voqif bo'lgan Hazrati Umar ertasiga ertalab o'sha xonadonga borib, Allohdan qo'rquvchi, go'zal axloqli, yaxshi fazilatli va iffatli qizni o'g'liga xotinlikka so'radi. Butun musulmon olamining amiri o'g'lini faqir qizga, oddiy sutchining qiziga uylantirdi. O'sha pokiza kelindan shunday farzandlar dunyoga keldiki, ulardan biri bobosi kabi adolatni sevuvchi, Allohdan qo'rqadigan, tarixda «Ikkinchi Umar» nomini olgan, xalifalik qilgan yillari «eng saodatli va adolatli davr» sifatida tarixga kirgan Umar ibn Abdulaziz edi…
«Tazkirat ul-avliyo»da shunday naql qilingan: Shayx Hotami Asom Balx shayxlarining ulug'laridan edi. Bir kuni Hotam ayolidan:
– Men to'rt oylik safarga ketyapman. Shu to'rt oylik muddatga qancha nafaqa qoldirishimni istaysan? – deb so'radi. Ayoli bunday javob qildi:
– Tirik qolishimga yetgulik nafaqa qoldiring.
– Tirikliging va o'liming aslo mening qo'limda emas, Haq taoloning qo'lidadir, – dedi Hotam.
– Unday bo'lsa, mening rizqim ham sizning qo'lingizda emas, janobi Haqning qo'lidadir, – dedi xotin.
Hotamga bu so'z ma'qul keldi va xotinini duo qildi. Qo'shni xotinlar kelib ayolga: «Hotamdan nechun nafaqa so'ramading?» deyishdi. Xotin bunga javoban:
– U kishi ham men kabi rizq yeyuvchidir, berguvchi emasdir, – dedi.
Hofiz ibn Rajab ushbu voqeani qozi Abu Bakr Muhammad ibn Abdulboqiydan naql qiladi: «Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko'chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarasam, ichidan bir shoda marvarid chiqdi. Bunaqasini umrimda ko'rmagan edim.
Qaytib ko'chaga chiqdim. Bir odam: «Men hamyonimni yo'qotib qo'ydim, kim topib olib qaytarib bersa, besh yuz dinor beraman», deb yurgan ekan. Shunda men: qornim och, hojatmandman, hamyonni berib evaziga pulni olamanu undan foydalanaman, deb o'yladim.
O'sha odamni chaqirdim. U uyimga kirgach, hamyonning va undagi marvaridning belgilarini so'radim, aniq aytib berdi, shunda unga hamyonini topshirdim. U besh yuz dinor pulni uzatdi, ammo men olmadim, to'g'rirog'i olishni ep ko'rmadim.
Oradan ancha vaqt o'tib, dengiz safariga chiqdim. Nogahon kemamiz halokatga uchrab, hamma suvga g'arq bo'ldi. Alloh taoloning irodasi bilan yolg'iz mengina bir parcha taxtaga yopishib, jon saqlab qoldim. Keyin bir orolga chiqib oldim va o'sha yerdagi masjiddan panoh topdim. Qur'onni chiroyli o'qishimni eshitib, odamlar oldimga kela boshlashdi. «Yozuvni ham bilasanmi?» deb so'rashdi. «Ha», dedim. Ular bola-chaqalari bilan kelib, mendan o'qish-yozishni o'rgana boshlashdi. Moddiy yordamlari tufayli men ham o'zimni tiklab oldim. Bir yetim qizlari bor ekan, bir kuni ular meni uylantirib qo'ymoqchi bo'lishdi. Avvaliga rozi bo'lmadim, qistayverishgach ko'nishga majbur bo'ldim.
To'y kuni…qizning bo'ynidagi marvaridga ko'zim tushib, hayratda qotib qoldim. U o'sha men topib olgan marvarid edi. Odamlar mening ahvolimga hayron… Ularga boshimdan o'tgan voqeani aytib berdim. Odamlar takbir aytib yuborishdi. So'ng bu qizning otasi o'sha hamyonini yo'qotgan kishi ekanini, u umrining oxirigacha: «Dunyoda hamyonimni qaytarib bergan yigitga o'xshagan sofdil kishini boshqa ko'rmadim, ey Alloh, meni yana o'sha yigitga ro'baro' qil, qizimni unga nikohlab beray», deb duo qilganlarini aytib berishdi…».

Muallif Ahmad MUHAMMAD


  • 4379
Ahmad Muhammad Tursun

Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023


Amr ibn Oss

img

Abu Abdulloh Amr ibn Oss ibn Voil as-Sahmiy (roziyallohu anhu) ulug' sahobalardan bo'lganlar. Yasribga ko'chish voqeasidan ellik yil oldin Makkada tug'ilganlar, Quraysh qabilasidan. Muoviya, Mug'iyra, Zayd kabi arablarning to'rt buyuk daholaridan biri edi. Amr Islomga kirmasidan oldin Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) ashaddiy dushman bo'lgan. Biroq Handaq g'azotidan keyin bu kishida keskin o'zgarish sodir bo'ldi. Makka fathidan yarim yil avval Xolid ibn Valid, Usmon ibn Talha bilan Madinaga ko'chib bordilar. Rasuli akram huzurlarida shahodat kalimasini aytib, avvalgi gunohlari avfini so'radilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga bir necha vazifalarni ishonib topshirdilar. Makka fathidan so'ng O'rdun hukmdori oldigaga elchi qilib jo'natdilar. U kishi Payg'ambarimiz vafotlarigacha o'sha yerda voliy (hokim) bo'ldilar. Misr egallangach, unga voliy etib tayinlandilar. Rasuli akramdan 39 ta hadis rivoyat qilganlar. Hijriy 43 (milodiy 664) yili Misrda vafot etganlar, qabrlari Jabali Muqattamda.

Amrning otasi Oss ibn Voil Sahmiy Quraysh qabilasi ichidagi eng obro'li Bani Sahm urug'ining ko'zga ko'ringan arboblaridan edi. "Fil hodisasi"dan to'rt yil o'tganda uning xotini Nabig'a binti Xarmala o'g'il tug'di. Unga Amr deb ism qo'yishdi. Amr Quraysh zodagonlaridan biri farzandi sifatida yaxshi tarbiya topdi. Oss ibn Voil qabilasining yuqori martabali kishilaridan bo'lishiga qaramay, unda johiliyat jamiyatining turli yomonliklari keragicha bor edi.
Alloh taolo Muhammadni (sollallohu alayhi vasallam) Payg'ambar etib yuborganida Oss ibn Voilning barcha razilliklari yuzaga chiqdi. U Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) va Islomga tish-tirnog'i bilan qarshi turdi. Payg'ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) o'g'il farzandlari turmaganini ro'kach qilib, Oss ibn Voil va uning sheriklari musulmonlar rahbariga tuhmat qilishdi, bu bilan Islom obro'sini to'kishga urinishdi. «Muhammadning orti kesik, ishini davom ettiradigan o'g'il farzandi yo'q. U vafot etganidan so'ng hammaning yodidan chiqib ketadi», deyishgacha borishdi. Ana shunda Alloh taolo O'z habibiga tasalli berib, dushmanlarga raddiya sifatida Kavsar surasini nozil qildi: "Albatta, Biz sizga Kavsarni ato etdik. Bas, Rabbingiz uchun namoz o'qing va qurbonlik qiling. Albatta, g'animingiz o'zining orti kesik".
Islomga ashaddiy dushmanlardan birining o'g'li sifatida Amr ham Islomga g'anim bo'lib o'sdi. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Payg'ambar bo'lganlarida Amr ibn Oss o'ttiz olti yoshda edi. U Makka mushriklari zulmidan qochib, Habashistonga borgan musulmonlarni Habashiston poshohiga yomonlab, qaytarib kelish uchun yuborilgan ikki Quraysh elchisining biri bo'ldi. Amr ibn Oss keyin ham o'z ishlari bilan tez-tez Habashistonga borib turdi. U har borganida Najoshiy bilan ko'rishib, suhbat qurar edi. Oxirgi borishida ular suhbati Mu¬hammadga (sollallohu alayhi vasallam) borib ta¬qaldi. Shunda Habashiston podshohi Amrdan nega Allohning haq Rasuliga ergashmay yurgani haqida so'radi. Bunga Amr: "U shunday ergashiladigan kishimi?" degan savol bilan javob berdi. Podshoh: "Ha, Amr, sen unga itoat qil, ergash! Allohga qasam, u haq ustidadir! Albatta, u o'ziga qarshilik qilganlardan ustun keladi!" dedi.
Bu gaplar Amrga qattiq ta'sir qildi. U shoshib yurtiga jo'nadi. Alloh taolo Amr qalbiga Islom muhabbatini solib qo'ygan edi. U to'g'ri Madinai munavvaraga yo'l oldi. Yo'lda o'ziga o'xshash yana bir arab ulug'i Xolid ibn Validga duch keldi. U ham musulmon bo'lish uchun Madinaga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga ketayotgan ekan. Ularga Usmon ibn Talha ham qo'shildi. Uchovining Madinaga kelayotganini eshitgan Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) nihoyatda xursand bo'ldilar.
Imom Muslim Amr ibn Ossning (roziyallohu anhu) musulmon bo'lishi haqida uning o'zidan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Mendan ko'ra Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) yomon ko'radigan, agar qo'limga tushsalar o'ldirmay qo'ymaydigan odam bo'lmasa kerak, deb o'ylardim. Alloh taolo qalbimga Islomni solib qo'yganida Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga borib: "Qo'lingizni bering, ahd-paymon qilay", dedim. U zot qo'llarini uzatdilar, shunda qo'limni tortib oldim. U zot: "Senga nima bo'ldi, ey Amr?!" dedilar. "Shart qo'ymoqchi bo'ldim", dedim. "Nimani shart qo'yasan?" dedilar. "Mag'firat qilinishimni", dedim. "Islom o'zidan oldingi narsani yuvib yuborishini, ko'chish o'zidan oldingi narsani yuvib yuborishini va haj o'zidan oldingi narsani yuvib yuborishini bilmasmiding?" dedilar. Shu soatdan boshlab menga Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) sevimliroq odam bo'lmay qoldi. Men uchun u zotdan ulug'roq biror odam yo'q edi. U zotni shunchalar ulug'laganimdan yuzlariga tik qarashga botinmas, shuning uchun tahriflarini qilib bera olmas edim». Amr ibn Ossning musulmon bo'lishi sakkizinchi hijriy sanada, Hudaybiya sulhidan ke¬yin, yana ham aniqrog'i, Xaybar voqeasidan so'ng bo'ldi.
Amr ibn Oss (roziyallohu anhu) Islomga kirganidan boshlab doimo Payg'ambar sollalohu alayhi va sallam bilan birga bo'lishga harakat qilardi. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam Makkani fath qilishga otlanganlarida Amr ibn Oss ham u zot bilan birga edi. Olamlar sarvari Baytullohdagi mashhur butlardan Suvo'ni buzishni unga topshirdilar. U buni qoyillatib bajardi. Amr ibn Oss Payg'ambar alayhissalom huzurlarida borgan sari yuqori martabaga ko'tarila bordi. Rasuli akram Ummon podshohini Islomga targ'ib qilib, maktub yubormoqchi bo'lganlarida bu o'ta muhim vazifani ham aynan Amr ibn Ossga ishonib topshirdilar. Ummonga Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) elchisi bo'lib kelgan Amr ibn Oss u zotning Ummon diyoridagi voliylari (hokim) bo'lib qoldi. Keyin u Yarmuk jangida, rumliklar mag'lub bo'lgan Ajnodayn voqeasida, Misr fathida katta jasorat va tadbirkorlik ko'rsatdi.
Amr ibn Oss (roziyallohu anhu) Islomga kech kirgan va musulmon holida Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) bilan birga atigi uch yilcha birga yurgan bo'lsa ham, u zotning tahsinlariga sazovor edi. Yigirma yil davomida Islomning ashaddiy dushmani bo'lib yurgan odamning birdaniga Islom fidokoriga aylanishi va oxirzamon Payg'ambaridan (sollallohu alayhi vasallam) maqtovlar eshitishi haqiqatda Islom mo''jizasi edi. Bunga bir necha hadisi shariflar dalildir: 
Uqba ibn Omirdan (roziyallohu anhu) Imom Termiziy rivoyat qiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Odamlar musulmon bo'lishdi, Amr esa mo'min bo'ldi», dedilar». Chunki o'shanda ko'pchilik Islom ustun kelganidan so'ng qo'rqib, noilojlikdan Islomga kirgani holda, Amr ibn Oss butun vujudi bilan haqiqatni anglab yetib, chin qalbdan imon keltirgan edi. Talha ibn Ubaydullohdan (roziyallohu anhu) Imom Termiziy rivoyat qilgan boshqa bir hadisda Payg'ambar alayhissalom: "Albatta Amr ibn Oss Qurayshning solihlaridandir", deganlar. Ibn Adiy keltirgan rivoyatda Jobir (r.a.) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Allohim, Amr ibn Ossni mag'firat qil», deya uch marta ayta turib, "Men uni sadaqa keltirishga cha¬qirsam, olib kelar edi", deganlarini eshitganman", deydi. Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) Amr ibn Ossni Shom fathiga yuborayotib, uning ulovi yonida yurib borarkan, unga bunday nasihat qilgan edi: "Ey Amr, ichingda ham, tashingda ham Allohdan qo'rq! U Zotdan hayo qil! Chunki U Zot seni ham, amalingni ham ko'rib turuvchidir. Men seni sendan ko'ra peshqadam kishilardan ham, sendan ko'ra haqliroqlardan ham ustun qo'yganimni ko'rib turibsan. Sen oxirat uchun amal qiluvchilardan bo'l va amaling bilan Alloh roziligini istovchilardan bo'l. O'zing bilan birga ketayotganlarga xuddi otadek bo'l. Odamlarning ichki sirini ochma, ularning tashi bilan kifoyalan. Ishingda jiddiy bo'l. Agar dushman bilan to'qnashsang, sobit tur, qo'rqma. Haddan oshadiganlardan ehtiyot bo'l va ulardan himoyalan. Sheriklaringga va'z qiladigan bo'lsang, qisqa qil. Agar o'zing solih bo'lsang, odamlaring ham solih bo'lishadi".
Misr fathi chog'idagi voqea hozirgacha tarixchilarni va umuman insonlarni hayratga solib keladi. Amr ibn Oss (roziyallohu anhu) boshliq lashkarlar Misrga kirib borgach, u Misr xalqiga sulh taklif qilib, quyidagi ahdnomani yozib bergan: “Bismillahir rohmanir rohiym! Ushbu Amr ibn Ossning Misr ahli jonlari, mollari, millat (din)lari, cherkovlari, xochlari, quruqliklari va suvlari uchun bergan omonligidir. Ularning mazkur narsalariga biror aralashuv bo'lmaydi, kamsitilmaydi va ular bilan nubiylar (Nuba vodiyidagi qoratanli qavm) bilan birga yashamaydi”.
Misr ahli, agar ushbu sulhga binoan jizya (soliq) berishga kelishsa, daryolari to'la bo'lib turganida ellik ming dirham to'lashadi. O'g'rilari qilgan jinoyat ham ular zimmasida bo'lur. Agar ulardan kimlardir buni qabul qilishdan bosh tortadigan bo'lsa, jizyadan o'shalar miqdoricha kamaytiriladi. Kim bosh tortsa, u bizdan soqit bo'ladi. Agar daryolari suvi ozayadigan bo'lsa, o'shaning miqdoricha ulardan (jizya) kamaytiriladi. Rumliklardan va nubiylardan kim ushbu sulhga kirsa, unga ham ushbu imtiyoz va majburiyatlar joriy bo'lur. Kim sulhdan bosh tortib, boshqa tomonga ketishni iroda qilsa yoki saltanatimizdan chiqmoqchi bo'lsa, u xavfsiz joyga yetib olgunicha bizning omonlikdadir. Ularga (misrliklarga) vojib bo'lgan narsaning uchdan biri o'shalarga ham vojib bo'lur. Ushbu yozilganlarga Alloh ahdi va zimmasi, Uning Rasuli zimmasi, mo'minlar amiri zimmasi va mo'minlar zimmasi bordir. Yordam berishga rozi bo'lgan nubiyliklarga jang qilmasliklari, ichki va tashqi tijoratdan man qilinmasliklari sharti ila bir necha bosh ot va chorva mollari beriladi. Bunga Zubayr va uning ikki o'g'li Abdulloh va Mu¬hammad guvoh bo'lishdi. Vurdon yozdi".
Ushbu hujjatdagi jizyani hisoblab chiqqan ulamolar uning miqdori har bir odamga yiliga bir dinorning o'ndan biricha to'g'ri kelganini ta'kidlashadi. Shunda musulmonlar Amrning fustoti, ya'ni, chodiri atrofiga o'z fustotlarini o'rnata boshlashadi. Shu tariqa hozirgacha nomi saqlanib kelayotgan Qohiraning Fustot tumani paydo bo'ladi. Amr ibn Oss ko'p yillar Misr voliyi bo'lib turdi.
Ibn Abdul Hakam Lays ibn Sa'ddan rivoyat qiladi: "Umar ibn Xattob roziyallohu anhu rahbarligi davrida Madinada qattiq ocharchilik bo'ldi. Shunda Hazrati Umar Misrdagi Amr ibn Ossga bunday maktub yozdi: "Alloh bandasi, mo'minlar amiri Umardan Osiy ibn Osiyga. Salom! Ammo ba'd, umrim ila qasam, ey Amr, o'zing va sen bilan bo'lganlar to'q yurishsayu, men va men bilan bo'lganlar halokatga uchrasa ham ishing yo'qmi?! Yordam! YOrdam!"
Amr ibn Oss unga bunday maktub yozdi: "Alloh bandasi, mo'minlar amiri Umarga Amr ibn Ossdan. Ammo ba'd, labbayka! Yana labbayka! Sizga bir karvon yubordim. Uning boshi sizning huzuringizda, oxiri mening huzurimda. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu".
Amr katta karvon yubordi. Uning boshi Ma¬dinaga yetib borganida oxiri Misrda edi. Tuyalar bir-biriga ulangan edi. Umar Madinadagi har bir uy ahliga bir tuyani va ustidagi taomini berdi. Voliy Abdurrahmon ibn Afv, Zubayr ibn Avvom va Sa'd ibn Abu Vaqqosni (roziyallohu anhum) karvondagi narsalarni odamlarga taqsimlab berish uchun yuborgandi. Ular har bir xonadonga bir tuyani ustidagi taomi bilan berishdi. Ocharchilikka uchragan madinaliklar ovqatni yeyishdi, tuyalarni so'yib go'shtidan foydalanishdi, yog'ini eritib olishdi, terisini poyabzal qilishdi, hatto taom tugilgan matolarni ham ro'zg'orda ishlatishdi. Shunday qilib, Alloh taolo odamlarga kengchilik ato qildi". Shu tariqa Amr ibn Oss (roziyallohu anhu) Islom tarixida birinchi bo'lib insonparvarlik yordami uyushtirgan edi. U kishi tashkil qilgan bu mislsiz yordam musulmonlarni katta mashaqqat va tanglikdan qutqargan edi.
Amr ibn Ossning fazilatlari ko'p edi. Amr ibn Ossni mashhur qilgan xislatlaridan biri uning serma'no, hikmatli so'zlarni ko'p aytganidir. Bunga misol tarzida Muoviya ibn Abu Sufyonning (roziyallohu anhu) balog'at, sabr, saxiylik va shijoat haqidagi savollariga u kishi bergan javoblarni keltirish kifoya: Muoviya Amr ibn Ossga: “Balog'at nimadir?” dedi. “Ortiqcha gapni tark qilib, qisqasi bilan kifoyalanish”, dedi Amr. “Odamlar ichida sabrlisi kim?” “Hamisha fikran havoi nafsiga qarshi bo'lgani”. “Odamlarning saxiyi kim?” “Dini foydasi uchun dunyosini sarf qilgani”. “Odamlarning shijoatlisi kim?” “Jahlini hilmi bilan qaytargani”.
Amr ibn Oss o'g'li Abdullohga (roziyallohu anhu) bunday degan ekan: "Ey o'g'lim, odil sulton barakali yomg'irdan yaxshidir. Jilovlangan sher zolim sultondan yaxshidir. Beshafqat, zolim sulton bardavom fitnadan yaxshidir". Amr ibn Oss yaxshi shoir ham bo'lgan. Tarix va siyrat kitoblarida u kishining ma'nodor, hikmatli she'rlaridan ko'plab namuna keltirilgan.
Amr ibn Oss (roziyallohu anhu) sakson yoshdan oshib, 43 hijriy yili Ramazon hayiti kuni vafot qildi. Hayit namoziga kelgan jamoat uning janozasida ishtirok etdi. Janozasini o'g'li Abdulloh o'qidi va Muqattam qabristoniga dafn etildi. Alloh taolo Amr ibn Ossdan rozi bo'lsin!

Muallif Ahmad Muhammad


  • 3514
Odinaxon Muhammad Yusuf

Odinaxon Muhammad Yusuf olima 27 May 2023


Tashna ko'ngillarga murojaat...

img

Ey ayol, ey nozik xilqat..
Ushbu muborak kechalarni yig'lab o'tkizyapsan. Tonggacha yostig'ing xo'l bo'ladi har gal. Sababi sen bevasan! Ering vafot etib ketgan. Undan senga nima qoldi? Peshonangga “beva” deb bosilgan tamg'a, yetimlar va bir dunyo dardu alam!
Senchi, ko'ngli yarim? Ne umidlarda turmush qurgan eding? Endi nima bo'ldi? To'lg'onyapsan yana tong sahar? Kecha kunduz seni bebaxt qilgan insongga hayollaringda achchiq achchiq gapirsang ham xumoringdan chiqmaysan. Qaytib kelib o'z uyingga sig'mayapsan. Lekin sendan ham holi xarobroqlar bor, huv ana, ko'zlariga uyqu kelmayotgan dugonangga qara, ikkinchi turmushi ham bo'lmadi.

Ha, dugonajon?! Bir o'zingni ayblaysan, bir uni, bir undan avvalgisini. Seni hozir ko'proq odamlarning gap so'zi xijolat qilyapti. Ikki erdan ham chiqqan bo'lib qoldim deysan, avvalgi turmushim ustimdan kuladi deysan. Dunyo ko'zingga qorong'u ko'rinyapti. Qora kigiz, oq kigiz, hammasi bir go'r. O'zingni qo'ygani joy topa olmaysan.
Senchi? Shu kundosh balosi seni hech o'z holingga qo'ymadida?! Bir ering bilan urishasan, bir kundoshing bilan. Savollar ketma ket quyilib kelaveradi. Nega nega... hayoling shundan xoli emas, kamiga tushlaringda ko'rasan. Unga aytasan dardingni, bunga aytasan, lekin dard o'lgur tugamaydi, nihoyasi ko'rinmaydi. Ertayu kech o'sha ofatdan qanday qutulishni o'ylaysan.
Ha, gulim, sening musibating balki boshqalarnikiga qaraganda yengilroqdir? Ha, hali turmush qurmading. Boshqa uyqusizlarga qaraganda sening qayg'uing kichikroq. Lekin bu o'zingga bilinmaydi. Nazaringda eng bebaxt ayol sensan. Oynaga uzoq termulib o'zingdan shubha qilasan. O'zingga o'zing xunik ko'rinasan va baxting ochilmaganining sababini shundan ko'rasan.
Tasavvur qiling, shunday bedor ayollar kechalarini chiroqni yoqib o'tkazishsa, kechaning yorug'i kunduznikidan ziyoda bo'lar edi.
Dugonajonlar, men sizlar bilan birga yashayman. Dardlaringizni tinglayman. Holingizdan xabarim bor. Sizlar haqingizda o'ylayman. Kechalari Robbimning rahmatidan umidvor bo'lib ko'kka boqqanimda, yongan chiroqlaringizni ko'raman.
Kechalarining tengi yo'q, kunduzlarining misli yo'q bu muborak oyda, keling sizlarga bir nasihat qilay, tashna bo'lgan ko'ngillaringizga tasalli beray.
Avvalam bor azizalarim, baxt deganda nimani tushunasiz?
Ha, ayol kishi uchun erlik bo'lish, farzandlik bo'lish baxtdir. Lekin asosiy va yagona baxt shumi? Haqiqiy baxt Allohni tanish va davomli itoatu ibodatda bo'lib, solih banda bo'lish emasmi? Taqdirga iymon keltirmaymizmi? Allohning bizga bergan ne'matlariga shukr qilmaymizmi?
Senga baxtni erkak emas, balki uni yaratgan Zot beradi. Sen baxtni undan emas, Xoliqingddan kutgin.
Oila deganda faqat erni tushuniladimi? Ota onangchi, aka ukalaring va opa singillaringchi? Farzandalaringchi?
Bilginki, erkakning ayolga, ayolning erkakka talpinishi, aslida zurriyot qoldirishga bo'lgan turtkidan o'zga narsa emas. Bu Buyuk Zotning hikmatidir.
Ha, sen bevasan, tinmay noliysan. Lekin bevaning Alloh huzuridagi darojotini bilasanmi? Unga yaxshilik qilish, yetimga yaxshilik qilish bilan barobar ekanligini bilasanmi? Sabr qilsang, qancha ajrga erishishing mumkinligini bilasanmi? Bevalik aslida sen uchun bir oliy maqom ekanligidan xabaring bormi?
Qayg'urishdan ne foyda? Farzandingni tarbiyasi bilan shug'ullan. Bilasanmi, qanchadan qancha ulamolar, ulug' insonlar yetim bo'lishgan, otasiz o'sishgan, ularga onalari ham ona ham ota bo'lganlar. Farzandlarini ulug' insonlar qilib yetishtirganlar.
Ammo senchi? Ajrashdingmi, mayli, undan avval ham usiz yashagansan, undan keyin ham yashaysan. Shoyad undan ajrashishingdan xayr va hikmat bo'lsa? Balki hali birga yashayotgan bo'lsang, hayoting jahannamga aylanishi mumkin edi. Bu narsa yaxshi ayollarning boshidan ham o'tgan, ulug' ayollarning boshidan ham o'tgan, hatto Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qizlari ham bundan salomat qolmagan.
Dugonajon, ikkita turmushing ham barbod bo'ldimi? Mayli, Allohning rahmatidan noumid bo'lma. Boriga shukr qil. Hayot tugadi degani emas bu. Balki ikkinchi bor turmush qurganingda yaxshi niyat qilmagandirsan. Balki u to'g'ri niyat qilmagandir. Sen ko'nglimga qaraydi, bolalarim boshini silaydi degandirsan. U esa, tayyorgina, og'irligini menga solmaydi degandir. Alloh uchun deyilmagandir. Allohning roziligi uchun deyilmagandir.
Adolat istayotgan ayol! Kundoshingni ham eringni ham o'z hollariga qo'y. Qiyomat kuni ular uchun sen javob bermaysan. Haqsizlik qilishayotgan bo'lsa, o'zlari javob berishadi. Sen o'zing nima deb javob berishingni o'yla. Hali unga hali bunga shikoyat qilishni bas qilib, hamma ish O'z qo'lida bo'lgan Robbingga shikoyat qilgin, qadariga rozi bo'lgin, ne'matiga shukr qilgin. Menga teng qildi ya deb kuyaverma. Faqatgina Allohga tengdosh qilib bo'lmasligini esingda tutgin.
Ha, gulim?! Alloh bandalaring suratiyu jamoliga emas, qalblari va amallariga nazar solishidan bexabarmisan? O'zingni tuzab, birortasiga yoqarmikinman, deysanu, Robbingni rozi qilishga urunib ko'rasanmi hech? Balki sening shu holating, sen havas qilgan ko'pgina dugonalaringning holatidan ko'ra afzaldir? Ular turmush qurib, ibodatga ko'p ham bo'sha olmayotgandirlar, taqvolar susaygandir. Senda ularga qaraganda, ibodatga fursat ancha keng!

Keling azizalarim, Ramazonni g'animat bilaylik. Ko'ngillar tashnaligini Alloh bandasining muhabbati bilan emas, Allohning muhabati ila serob qilaylik. Vujudimizdagi bo'shliqni Allohning ishqi va Rasulining ishqi ila to'ldiraylik. Kechalari baxtsizligingizni o'ylab yig'lamang, Allohdan qo'rqib yig'lang. Keraksiz o'y fikr, hayollarni deb bedor bo'lmang, ibodat uchun bedor bo'ling. Kunduzi ro'zador bo'lib, g'iybatchilik, noshukrchilik qilmang, zikr qiluvchi, shukr qiluchi bo'ling. Ramazonning har daqiqasidan foydalaning. Ming kechadan xayrli kechani qo'ldan qochirmang.
Kunduzlari ro'zador bo'lar ekansiz, tilovat qilar ekansiz, kechalari qoim bo'lib ibodat qilar ekansiz, sizni ulug'lagan Allohni ulug'lang. O'zidan umid qiling, O'zigagina yolboring, O'zidangina so'rang.
Ayollarni erkalagan, ummatlarining erkaklariga ularga yaxshilik qilishni vasiyat qilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar aytishdan erinmang.
Biror ayolning eri vafot etsa, yoki ajrashsa, iddasi tugashi bilan eshiga oldida nafslari uchun emas, savob umidida sovchilikda navbat bo'lib turadigan sahobai kiromlarga ham salovotu salomlar yuboring.
Uyida erkak bo'lmas, ko'chaga chiqarib qo'ygan chelaklariga suv to'ldirib kelib bergan mard erkaklarning haqqiga duo qiling va farzandingizni xuddi shunday tarbiya qiling.
Siz mo'minlar onalaridan, sahobiyalardan o'rnak olib, ular tutgan yo'lni tutinki, sizlarga ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari ila xulqlangan, sahobalarga o'xshash erkaklar nasib qilsin.
Agar siz shu aytilgan narsalarga amal qilsangiz, sizning g'amu anduhlaringizga shohid bo'ladigan chiroqlarga hojat qolmaydi. Balki ularning o'rniga ulardan afzal bo'lgan, yana ham yorqin bo'lgan Rahmoniy nur paydo bo'ladi va sizlar tomon nazar solgan insu jinlar:”Bechora baxtsizlar” deb emas, “Eng baxtli mo'minalar”, deya havas ila qaraydi.

Muallif: Odinaxon Muhammad Yusuf


  • 4655
Abdul Azim Ziyouddin

Abdul Azim Ziyouddin Mudarris, siyratshunos 25 May 2023


Rasulullohning tug'ilishlariga xursand bo'lishning mukofoti

img

Rasulullohning tug'ilishlariga xursand bo'lishning mukofoti

Urva ibn Zubayr aytadi: “Suvayba Abu Lahabning cho'risi edi, Abu Lahab uni ozod qildi. Suvayba Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamni emizgan. Abu Lahab o'lganidan so'ng, oila a'zolaridan biri (ota bir, ona boshqa ukasi Abbos roziyallohu anhu) tushida Abu Lahabni juda yomon bir ahvolda ko'rdi va: “(O'limdan so'ng) nima topding?” dedi. Abu Lahab: “Sizlardan keyin (rohat-farog'at) topmadim, faqat Suvaybani ozod qilganim uchun menga mana bunda suv berildi”, deb qo'lining bosh barmog'i bilan ko'rsatgich barmog'i orasidagi chuqurchaga ishora qildi”[1]. Suhayliy aytadi: «Abbos roziyallohu anhu: “Abu Lahab o'lganidan bir yil o'tib, tushimda uni yomon ahvolda ko'rdim”, dedi. Abu Lahab: “Sizlardan keyin rohat topmadim, faqat har dushanba kuni mendan azob yengillatilyapti-ozaytirilyapti, xolos”, dedi”. Buning sababi, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam dushanba kuni tug'ilganlar va Suvayba Abu Lahabga jiyanli bo'lgani haqida xushxabar keltirganida, suyunchisiga uni ozod qilib yuborgan edi»[2].

Bu ikkala rivoyatda kofir kishining yaxshi ishi oxiratda foyda berishiga ishora bor. Lekin Urva ibn Zubayrning rivoyati “mursal” (sanadidan sahoba tushirib qoldirilgan), ya'ni, Urva rahmatullohi alayh tobeinlardan bo'lib, mazkur hadisni aytib bergan sahobani zikr qilmasdan, to'g'ridan-to'g'ri Payg'ambarimizdan rivoyat qilgan. Xo'p, “mavsul”[3] bo'lgan taqdirda ham hadisdagi xabar tushdir, qolaversa, tush ko'ruvchi o'sha paytda hali musulmon bo'lmagan bo'lish ehtimoli ham bor[4].
Qolaversa, bu ikkala rivoyat ham Qur'oni karim oyatlarining zohiriga to'g'ri kelmaydi. Masalan: Alloh taolo aytadi:
“Biz (kofirlar) qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to'zon (kabi) qilib qo'ygandirmiz”[5];
“Kofir bo'lgan kimsalar uchun jahannam olovi bordirki, na ularga (ikkinchi bor o'lish) hukm qilinib, o'la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. Biz har bir kofirni mana shunday jazolarmiz”[6];
“Do'zaxdagi kimsalar jahannam qo'riqchilariga: “Parvardigorlaringga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin”, deb yolvorganlarida, ular aytdilar: “Axir sizlarga payg'ambarlaringiz ochiq hujjatlar bilan kelmaganmidilar?!” Ular: “Ha, (kelgan edilar, lekin biz ularni yolg'onchi qilgan edik)”, dedilar. (Shunda farishtalar ularga) aytdilar: “U holda o'zlaringiz duo-iltijo qilaveringlar. Kofirlarning duo-iltijolari faqat zalolatdadir (ya'ni, befoydadir)”[7].
Ushbu oyatlar bilan yuqoridagi rivoyatlarni bir-biriga qanday bog'laymiz?
Mazkur oyatlardagi hukmlar umumiy bo'lib, barcha kofirlarga tegishlidir. Payg'ambarimizning amakilari Abu Tolib bilan Abu Lahablardan azobning yengillatilishi esa, Payg'ambarimizning o'zlariga xos bo'lib, bu imtiyoz u zotning shafoatlari va sharofatlaridandir.
Ma'lumki, Payg'ambarimizning xos shafoatlari tufayli amakilari Abu Tolib do'zaxning chuqur-tubidan sayoz joyiga olib chiqilgani va kufrdan boshqa gunohlari uchun beriladigan azobning yengillatilgani, haqidagi rivoyat ma'lum va mashhurdir[8].
Mana shu sahih dalil Abu Lahab haqidagi rivoyatlarga qiyos bo'lib, ularni qo'llab-quvvatlaydi.
Modomiki, Abu Tolib Payg'ambarimizga yordam bergan va u zotni himoya qilgan ekan, unga gunohlari uchun beriladigan azob Abu Lahabnikiga qaraganda yengilroq bo'lishi rivoyatlardan ma'lum![9]

[1] “Sahihul Buxoriy”, 3-juz, “Nikoh” kitobi, 20-bob, 5101-hadis ta'liqi-izohi.
[2] Abdu Rahmon Suhayliy, “Ar-ravzul unf fi sharhis siyratin nabaviya li Ibni Hishom” (5/123); Badriddin Ayniy, “Umdatul qoriy sharhu sahihil Buxoriy” (29/242); Ibn Hajar Asqaloniy, “Fathul Boriy” (9/256).
[3] “Mavsul” – sanadi boshidan oxirigacha bir-biriga bog'langan rivoyat.
[4] “Fatovo va istishorotul islom al-yavm” (13/504). Payg'ambarning tushi bo'lsa yoki azon masalasi kabi sahobaning Payg'ambarimiz tasdiqlagan tushi bo'lsa, boshqa gap.
[5] Furqon surasi 23-oyat.
[6] Fotir surasi 36-oyat.
[7] G'ofir surasi 49 – 50-oyatlar.
[8] “Sahihul Buxoriy” (3670, 3672, 5855, 6196 va 6203-hadislar); “Sahihi Muslim” (357 va 360-hadislar).
[9] Badriddin Ayniy Hanafiy, “Umdatul qoriy sharhu sahihil Buxoriy” (29/240-242); Ibn Hajar Asqaloniy Shofe'iy, “Fathul Boriy sharhu sahihil Buxoriy” (9/256-259); Ibn Kasir, “Al-bidoya van nihoya”(2/53); Shayx Sulaymon ibn Muhammad Hanbaliy, “Iyqozul afhom fi sharhi umdatil ahkom” (6/27).

Abdul Azim ZIYOUDDIN


  • 3650
Abdul Azim Ziyouddin

Abdul Azim Ziyouddin Mudarris, siyratshunos 25 May 2023


Rasulullohning tug'ilishlariga bog'liq ajoyibotlar

img

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tug'ilganlarida Kisro[1] Anushirvonning mustahkam saroyi zilzila va momoqaldiroq tufayli yorilib o'n to'rtta ayvoni qulab tushgan, Fors imperiyasidagi majusiylarning ming yildan beri o'chmay kelayotgan “muqaddas olov”lari o'chib qolgan va Sova[2] ko'lining suvi yerga singib ketib, uning atrofidagi cherkovlar qulagan”, degan rivoyat bor. Bu rivoyatning isnodi haqida ulamolarimiz nima deyishadi?
Imom Zahabiy “As-siyratun nabaviya” kitobida (1/12) bu rivoyatni: “Munkar, g'arib”, degan.
Ibn Asokir: “Bu rivoyat g'aribdir, hujjatga yaramaydi”, degan.
Alloma Ibn Kasir “Al-bidoya van nihoya” kitobida (2/329): “Bu rivoyatning asli-asosi yo'q”, degan.

Shayx Abdul Fattoh Abu G'udda Mulla Ali Qorining “Al-masnu' fi ma'rifatil hadisil mavzu'” kitobi tahqiqida (18-bet) va doktor Abdul Mu'tiy Qal'ajiy Imom Bayhaqiyning “Daloilun nubuvvah” kitobi ta'liqi-izohida (1/129): “Bu rivoyat sahih emas”, deyishgan.
Doktor Mahdiy Rizqulloh “As-siyratun nabaviya fi zov'il masodiril asliya dirosatan tahliliya” kitobida (112-bet): “Bu rivoyat sahih yo'llar bilan sobit bo'lmagan”, deydi.
Shayx Xolid Abdu Rahmon imom Movardiyning “A'lomun nubuvvah” kitobi izohida (271-bet): “Kuchsiz-qoniqarsizdir, hujjatga yaramaydi”, degan.
Shayx Muhammad G'azzoliy: “Fiqhus siyra” kitobida: “Kuchsiz-qoniqarsiz”, deyish bilan mazkur ma'lumotni tasdiqlamagan.
Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriy “Ar-rahiqul maxtum” kitobida (61-bet): “Bu rivoyatlarning birorta ham sobit isnodi yo'q. O'sha xalqlarda tarixnaveslik kuchli bo'lganiga qaramasdan, ularning tarixida bu voqealar tilga olinmagan”, deydi.
Doktor Akram Ziyo Umariy “As-siyratun nabaviya as-sahiha” kitobida: “Mazkur rivoyatning roviylari ichida Ya'lo ibn Imron Bajalliy va Maxzum ibn Honi' Maxzumiy kabi majhul-noma'lum shaxslar bor bo'lib, ularning tarjimai hollarini topa olmadim”, degan.

Abdul Azim ZIYOUDDIN


  • 4118
Abdul Azim Ziyouddin

Abdul Azim Ziyouddin Mudarris, siyratshunos 25 May 2023


Rasulullohni emizgan ayollar

img

Ba'zi manbalarda Omina, Suvayba, Xavla binti Munzir, Ummu Ayman, Banu culaymlik uch ayol, Ummu Farva, Banu ca'dlik bir ayol va Halimai Sa'diyalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tartib ila emizishgani aytilgan[1]. Mazkur onalarning qaysi biri haqiqatan Payg'ambarimizni emizgan?
Bu boradagi aniq javob faqat Omina onamiz, Suvayba, Banu ca'dlik bir ayol va Halimai Sa'diyalarning emizganlaridir[2].
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni birinchi bo'lib onalari Omina emizgan. Suti yetmagach, amakilari Abu Lahabning ozod qilgan cho'risi Suvayba bir necha kun[3] emizadi. O'sha paytda uning Masruh ismli chaqalog'i bo'lgan. Suvayba bungacha Hamza ibn Abdulmuttalib bilan Abu Salama ibn Abdulasad Maxzumiylarni ham emizgan edi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Suvaybaning xizmatini qadrlar, Xadicha onamiz ham unga ehtirom ko'rsatar, kiyim-kechaklar yuborib turar edilar. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin ham xabar olib turdilar. Makka fath qilinganida Payg'ambarimiz Suvayba bilan o'g'li Masruh haqlarida so'raganlarida, ona-bolaning olamdan o'tganini aytishdi. Suvayba hijratning yettinchi yili, Makka fathidan bir yil oldin, o'g'li Masruh esa sal oldinroq olamdan o'tgan edilar. Keyin Suvaybaning qarindoshlari haqida so'radilar, ulardan ham birontasini tirik topmadilar. Hofiz Ibn Mandah[4]dan boshqa barcha olimlar Suvaybaning musulmon bo'lmaganini aytishgan[5].
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Hamza roziyallohu anhu Banu Sa'd qabilasida bo'lganlarida Hamza roziyallohu anhuni emizayotgan Banu sa'dlik ayol Payg'ambarimizni ham bir marta emizgan[6].
Payg'ambarimizni to'liq ikki yil emizgan ayol Halimai Sa'diya ekani ma'lum va mashhurdir. Darvoqe, Halima ona keyinchalik Payg'ambarimiz Xadicha roziyallohu anhoga uylanganlaridan so'ng Makkaga keladi va u zotga qurg'oqchikdan shikoyat qiladi. Payg'ambarimiz uning ahvoli haqida Xadicha onamizga so'zlaganlarida, onamiz qirqta qo'y berib yuboradi. Halima ona nubuvvatdan keyin eri bilan kelib, musulmon bo'lishadi. Halima ona Makka fathidan keyin Hunayn g'azoti kuni ham Payg'ambarimizning huzurlariga keladi. Payg'ambarimiz o'rinlaridan turib, ridolarini yerga to'shaydilar va unga o'tqazadilar. Halima ona Payg'ambarimizdan hadis rivoyat qilgan, undan Abdulloh ibn Ja'far ibn Abu Tolib rivoyat qilgan. Hijriy sakkizinchi yildan keyin vafot etgan.[7]
Ummu Ayman esa, asli habashistonlik bo'lib, Payg'ambarimizning otalari Abdullohning cho'risi bo'lgan. Abdulloh olamdan o'tganidan so'ng Payg'ambarimiz katta bo'lgunlariga qadar enagalik qilgan, ammo emizmagan[8]. Payg'ambarimiz uni ozod etganlar va u Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuga turmushga chiqqan. Ummu Ayman Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan besh oy keyin olamdan o'tgan[9].
Xavla binti Munzir Payg'ambarimizni emas, kenja o'g'illari Ibrohimni emizgan edi[10].
Ummu Farva bilan Banu sulaymlik uchta ayolning Payg'ambarimizni emizganlari haqidagi ma'lumotlar tasdig'ini topgan emas.

[1] Ibn Asokir, “Tarixu Dimashq” (3/97).
[2] Ali ibn Burhoniddin Halabiy, “As-siyratul halabiya” (1/185); Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriy, “Ar-rahiyqul-maxtum”; Doktor Solih ibn Avvod Mag'omisiy, “Al-ayyomun nazira vas siyratul atira li Rasulina” (1/18); Izzuddin ibn Jamoa Kattoniy, “Al-muxtasarul kabir fi siyratir Rasul” (1/8); Shayx Hasan ibn Umar, “Al-muqtafo min siyratil mustafo” (1/5); Muhammad ibn Yusuf Shomiy, “Subulul hudo var rashod fi siyrati xoyril 'ibod” (1/6).
[3] Buxoriy rivoyati, “Fathul Boriy” (9/124).
[4] U – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ishoq ibn Muhammad ibn Yahyo ibn Mandah Isfahoniy (hijriy 310-395 yil).
[5] Badriddin Ayniy Hanafiy, “Umdatul qoriy sharhu sahihil Buxoriy” (29/237); Ibn Hajar Asqaloniy, “Fathul Boriy” (9/145); Abdu Rahmon Suhayliy, “Ar-ravzul unf fi sharhis siyratin nabaviya li Ibni Hishom” (2/102, 5/123); Ali ibn Burhoniddin Halabiy, “As-siyratul halabiya” (1/188); Izzuddin ibn Jamoa Kattoniy, “Al-muxtasarul kabir fi siyratir Rasul” (1/7); Muhammad ibn Yusuf Shomiy, “Subulul hudo var rashod fi siyrati xoyril 'ibod” (1/375).
[6] “Fatovosh shabakatil islomiya” (9/7451); Muhammad ibn Sa'd, “At-tabaqotul kubro”; Ibn Qayyim Javziya, “Zodul ma'od”.
[7] Alloma Xayriddin ibn Mahmud Zirikliy Dimashqiy (hijriy 1310-1396, milodiy 1893-1976), “Al-a'lom” (2/271).
[8] “Fatovosh shabakatil islomiya” (9/7689); Ali ibn Burhoniddin Halabiy, “As-siyratul halabiya” (1/190); Muhammad Toyyib Najjor, “Al-qovlul mubin fi siyrati sayyidil mursalin” (1/87).
[9] Muslim rivoyati (5/162).
[10] Muhammad Toyyib Najjor, “Al-qovlul mubin fi siyrati sayyidil mursalin” (1/87).

Abdul Azim ZIYOUDDIN


  • 10043
Abdul Azim Ziyouddin

Abdul Azim Ziyouddin Mudarris, siyratshunos 21 May 2023


Omina onamizning doyasi

img

Payg'ambarimizga bo'lgan muhabbat tufayli u zotning atroflarida turgan har bir kishini bilgimiz, tanigimiz keladi. Xo'sh, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug'ilayotganlarida Omina onamizga kim doyalik qilgan edi?
Ayrim rivoyatlarda Iyso alayhissalomning onalari pokdomon Maryam bilan zolim Fir'avnning qo'lida Muso alayhissalomni ulg'aytirgan Osiyodek mukarrama zotlarning hozir bo'lganlari aytilgan. Ammo “Maryam va Osiyo onalarimizning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug'ilayotgan paytda hozir bo'lganlari” haqidagi rivoyatni imom Suyutiy “Al-xasoisul kubro” kitobida (1/47): “Juda ham munkar”, degan.

Haq gap esa, Omina onamizga Shifo roziyallohu anhoning doyalik qilganlaridir.[1] Onasining ismi Salmo, erining ismi Avf, o'g'illari Abdurahmon roziyallohu anhu va Asvad roziyallohu anhu, qizi Otika roziyallohu anholardir .
Olamlar sarvarining yorug' dunyoga tashrifida istiqbollariga chiqqan, bo'lajak payg'ambarni ilk kutib olish sharafiga muyassar bo'lgan Shifo binti Avf roziyallohu anhoni Alloh taolo keyinchalik ham ko'p yaxshiliklar ila siyladi. Shifo haq din kelganida uni qabul etdi, bay'atda qatnashdi, boshqa musulmonlar qatorida hijrat qildi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlik davrlarida vafot etdi va o'g'li Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu jannati ekaniga bashorat oldi.[2]

[1] Ibn Kasir, “Al-bidoya van nihoya” (2/264), “As-siyratun nabaviya”(1/207); Shayx Muhammad Xuzariy, “Nurul yaqin fi siyrati sayyidil mursalin” (1/5); Shayx Ali ibn Noyif Shahhud, “Mavsu'atul xutabil minbariya” (2/107); Muarrix Hasan ibn Umar, “Al-muqtafo min siyratil mustafo” (1/3); Muhammad ibn Yusuf Shomiy, “Subulul hudo var rashod fi siyrati xoyril 'ibod” (1/341); Sayyid Mahmud Taroziy (Oltinxonto'ra), “Nurul basar”; Hasan ibn Muhammad Mashshot, “Inoratud dujo fi mag'oziy xoyril varo” (2/75); Ibrohim Ibyoriy, “Al-mavsu'atul Qur'oniya” (1/25).
[2] Muhammad ibn Sa'd, “at-Tabaqotul-kubro” (8/248).

Abdul Azim ZIYOUDDIN

 


  • 4564
Abdul Azim Ziyouddin

Abdul Azim Ziyouddin Mudarris, siyratshunos 21 May 2023


Isro va Me'roj hodisasi qachon yuz bergan?

img

“Isro” (الإسراء) Alloh taolo Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamni kechaning bir bo'lagida Makkadagi Masjidul Haromdan Quddusdagi Masjidul Aqsoga sayr qildirishidir.
“Me'roj” (المعراج) esa, Alloh taolo Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamni Quddusi sharifdan yuqoriga, ya'ni, O'zining Huzuriga ko'tarishidir.
Ma'lumki, butun olamlarning Parvardigori Alloh taolo hamma narsadan oliy, ustun va yuksakdir.

Isro va Me'roj hodisasining hikmati

Bu mo''jizaviy safarning hikmatlari ko'p bo'lib, eng buyugi va lo'ndasi Alloh taolo: (لِنُرِيَهُ مِنْ أَيَاتِنَا) “...unga (ya'ni, Muhammad alayhissalomga) O'z mo''jizalarimizdan ko'rsatish uchun...”[1] deb, aytgan oyatidir. Shunday ham bo'ldi: (لَقَدْ رَأَى مِنْ أَيَاتِ رَبِّهِ الْكُبْرَى) “Darhaqiqat, u (Muhammad alayhissalom) Parvardigorining buyuk mo''jizalarini ko'rdi”[2].
Allohning huzurida “mehmon” bo'lish mushriklarning aziyatlari cho'qqisiga chiqqan paytda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga katta tasalli bo'ldi, bu ish tufayli u zotning ko'ngillaridan tushkun kayfiyat aridi, umid niholi gurkiradi.
Ayni choqda, bu voqea musulmonu kofir uchun sinov-imtihon ham bo'ldi. Bu imtihondan barcha sahobalar o'tishdi, kofir-mushriklar esa, yana dog'da qolishdi.

Tafsiloti

Jumhur ahli sunna va jamoa ulamolari Isro va Me'roj hodisasining Rasululloh sollallohu alayhi va sallam payg'ambar bo'lganlaridan keyin, Makka davrida, hijratdan sal oldin, islom da'vati quvg'in bilan muvaffaqiyat o'rtasida turgan bir paytda, uyg'oq hollarida, ruh va tanalari bilan, Jabroil farishta hamrohligida, Buroq nomli mo''jizaviy ulovda, kechaning bir bo'lagida, bir marta yuz berganiga ittifoq qilishgan.
Besh vaqt namoz Isro kechasi Me'rojda farz qilinganiga barcha ulamolar yakdildirlar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Madinaga hijratlari payg'ambarlikning 14-yili, rabiul avval oyining boshida, u zot qamariy hisobda 53 yoshga to'lganlarida (milodiy 622 yil sentyabr oyi o'rtalarida) bo'lganiga ham barcha ulamolar ittifoq qilishgan.

Vaqti

Isro va Me'roj hodisasi yuz bergani haqida Islom ummatida mutlaqo ixtilof yo'q. Ammo qachon sodir bo'lgani haqida turlicha qarashlar bor. Quyida ularni birma-bir ko'rib chiqamiz:
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg'ambar bo'lishlaridan oldin (bu rivoyat shozz[3] bo'lib, Sharik ibn Abu Namir tarafidan sodir etilgan xato ekaniga barcha muhaddislar ittifoq qilishgan[4]);
– payg'ambarlikning birinchi yili (imom Tabariy ixtiyor qilgan);
– payg'ambarlik kelganidan bir yilu olti oy keyin (imom Zahabiyning ushbu qavli haqida Abu Umar ibn Abdul Barr: “Men Zahabiydan boshqa bu gapni aytgan birorta siyrat olimini bilmayman”, degan[5]);
– payg'ambarlik kelganidan besh yil o'tib (qozi Iyoz naqli);
– payg'ambarlik kelganidan yetti yil keyin (Zuhriyning bir qavli);
– payg'ambarlikning o'ninchi yili (Muhammad Sulaymon Mansurfuriy ixtiyor qilgan);
– hijratdan uch yil oldin (Ibn Asiyr naqli);
– hijratdan bir yilu olti oy oldin, ramazon oyida (Voqidiy rivoyati);
– hijratdan bir yilu besh oy oldin, shavvol oyida (Movardiy qavli hamda, Suddiydan Tabariy va Bayhaqiylar rivoyat qilishgan);
– hijratdan bir yilu to'rt oy oldin, zulqa'da oyida (Suddiy va Muqotillarning bir qavli);
– hijratdan bir yilu uch oy oldin, zulhijja oyida (Ibn Foris naqli);
– hijratdan bir yilu ikki oy oldin, muharram oyida (Ibn Abdul Barr naqli);
– hijratdan bir yil oldin, rabiul avval oyida (ko'pchilik roviylar rivoyati, jumladan: Ibn Abbos, Ibn Mas'ud, Ibn Umar, Anas, Jobir, Oisha, Ummu Salama, Ummu Honilardan rivoyat qilingan (Alloh hammalaridan rozi bo'lsin). Qatoda, Urva ibn Zubayr, Muso ibn Uqba, Ibn Qutayba, Bayhaqiy, Ibn Sa'd, Ibn Asokir, Ibn Mardavayh, Hofiz Ibrohim Harbiylar rivoyat qilishgan (Alloh hammalarini rahmatiga olsin). Muqotil va Zuhriylarning bir qavli);
– hijratdan sakkiz oy oldin, rajab oyida (Abul Faraj ibn Javziy naqli);
– hijratdan olti oy oldin, ramazon oyida (Hofiz Abu Rabi' ibn Solim naqli).

Qaysi kunda ro'y bergani xususidagi fikrlar ham xilma-xildir

– 12-rabiul avval (Jobir va Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumlar qavli);
– 17-rabiul avval (Ibn Umar, Oisha, Ummu Salama va Ummu Honi roziyallohu anhumlar qavli);
– 27-rabiul avval (Hofiz Ibrohim Harbiy qavli);
– Rajab oyining birinchi juma kechasi[6] (roviyi noma'lum);
– 10-rajab (Qays ibn Abbod rivoyati);
– 25-rajab (roviyi noma'lum);
– 27-rajab (Qosim ibn Muhammad rivoyati);
– 17-ramazon (Ibn Sayyidin nas naqli);
– 29-ramazon (roviyi noma'lum).

Tahqiq (haqiqatini aniqlash)

Isro va Me'roj hodisasining qachon yuz bergani haqida birorta ham sahih hadis yoki sahobalardan sahih asar yo'qligini, shu sababli muhaqqiq ulamolarimiz ko'p va xo'b bahslar olib borishganini, natijada, ma'lumotlarni “tarjih”[7] qilishganini (ya'ni, haqiqatga yaqinini aniqlashganini) aytib o'tmoqchimiz.
Shayx Safiyyur Rahmon Muborakfuriy: “Sahih qavlga ko'ra[8] Abu Tolib payg'ambarlikning o'ninchi yili rajab oyida, Xadicha roziyallohu anho ham shu yili ramazon oyida vafot etishgan. Bu paytda hali besh vaqt namoz farz qilinmagan edi. Islom ummati besh vaqt namoz Isro kechasi farz qilingani xususida ijmo' qilgan. Isro surasining siyoqi-oqimi Isro hodisasining juda kech (ya'ni, Makka davrining oxirgi yillarida) yuz berganiga dalolat qiladi. Natijada, biz Isro hodisasi (payg'ambarlikning 12-yili, haj mavsumida bo'lib o'tgan) “Birinchi aqaba bay'ati”dan sal oldinroq bo'lgan yoki (birinchi aqaba bay'ati bilan payg'ambarlikning 13-yili, haj mavsumida bo'lgan) “Ikkinchi aqaba bay'ati” orasida bo'lgan, degan fikrga keldik, yana Alloh biluvchiroq”, degan[9].
Hofiz Ibn Foris Asbihoniy Isro voqeasining hijratdan bir yilu uch oy oldin, zulhijja oyida bo'lganiga jazm qilgan (ishonch hosil qilgan va bir to'xtamga kelgan edi)[10].
Shayx Muhammad Abu Zahra: “Isro va Me'roj hodisasi yigirma yettinchi rajabda bo'lgan, degan fikr sahih bo'lmagan xabar ila kelgan bo'lib, bu oy-kunni ba'zi odamlar ushlashganining guvohi bo'ldik. Biz ham buni aniq ishonch hosil qilmagan va bir to'xtamga kelmagan holda qabul qilamiz. Sababi, roviylar yana Isro va Me'roj hodisasining hijratdan bir yil oldin rabiul avval oyida bo'lganiga ittifoq qilishgan", deydi.[11]
Imom Navaviy bu xususda ikki xil fikrni keltirgan. “Ravzatut tolibin” kitobida: “Isro va Me'roj hodisasi rajab oyining yigirma yettinchi kechasi bo'lgan”, desa, “Fatovo” kitobida[12]: “Rabiul avval oyida bo'lgan”, deydi.
Rajab oyining yigirma yettinchi kechasi bo'lgani haqidagi rivoyatni Abdul G'aniy Maqdisiy ixtiyor qilgan. Ammo hofiz Abu Ishoq Ibrohim Harbiy uni inkor etgandir[13], qolaversa, barcha muhaddis ulamolar rivoyatning sahih emasligini bir ovozdan ta'kidlashgan.
Alloma Abu Shoma Maqdisiy[14], imom Abul Xattob Umar ibn Dihya[15] kabi olimlar: “Isro va Me'roj hodisasi rajab oyida bo'lgani haqidagi rivoyat ta'dil va tajrih ulamolari nazdida kizbdir”, deyishgan.
Rajab oyining birinchi juma kechasi bo'lgani haqidagi rivoyatni alloma Ibn Kasir: “Asli-asosi yo'q”, degan[16].

Xulosa

Jobir bilan Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhum: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rabiul avval oyining dushanba kuni ham tug'ilganlar, ham vahiy u zotga rost tush orqali kela boshlagan, ham Me'rojga chiqqanlar, ham Madinaga hijrat qilganlar, ham vafot etganlar”, deyishgan[17].
“Ibn Asiyr Jazariy: “Isro voqeasining dushanba kuni bo'lgani mening nazarimda sahihdir”, degan. Ibn Munir ushbu gapni ixtiyor qilgandir”[18].
Abul Barakot Nasafiy: “Isro hijratdan bir yil oldin (rabiul avval oyida) bo'lgan”, deydi[19].
Shayx Alouddin Mansur: “Isro Payg'ambar alayhissalom Madinaga hijrat qilishlaridan bir yil ilgari voqe bo'lgan”, deydi[20].
Doktor Ahmad Abu Zayd[21] bilan doktor Abdul Aziz Usmon Tuvayjiriy[22]: “Arjah (haqiqatga yaqinroq) so'zga ko'ra, besh vaqt namoz hijratdan bir yil oldin (rabiul avval oyida) Isro va Me'roj kechasi farz qilingan”, deyishadi.
Mulla Ali qori ibn Muhammad Sulton Hanafiy: «Isro hijratdan bir yil oldin rabiul avval oyida bo'lgan. Ibn Asiyr: “Mana shu sahihdir”, degan», deydi[23].
Shayx Ali Noyif Shahhud: “Isro va Me'roj hodisasi ko'pchilik va muhaqqiq ulamolarning so'zlariga ko'ra, hijratdan bir yil oldin rabiul avval oyida bo'lgan. Tadqiqot va mushohada qilinsa ham, Isro va Me'roj hodisasi rabiul avvalda bo'lganiga ishonsa bo'ladi”, deydi[24].
Qozi Iyoz: “Bir emas, bir qancha olim Isro hodisasi hijratdan bir yil oldin (rabiul avval oyida) yuz berganini aytgan”, deydi[25].
Alloma Badriddin Ayniy Hanafiy: “Isro hodisasi hijratdan bir yil oldin rabiul avval oyida bo'lgan. Bu ko'pchilik ulamolarning so'zidir. Hatto Ibn Hazm bu borada mubolag'a qilib, ijmo'ni naql qilgan”, deydi[26].
Imom Bag'aviy: “Me'roj hijratdan bir yil oldin (rabiul avval oyida) bo'lganiga ilm ahli ittifoq qilgan”, deydi[27].
Demak, Isro va Me'roj voqeasi hijratdan bir yil oldin, ya'ni, payg'ambarlikning 13-yili rabiul avval oyida, dushanba kuni bo'lgani “rojih” (ya'ni, haqiqatga yaqin)dir. Bu vaqt milodiy 621 yilning sentyabr yoki oktyabr oyiga to'g'ri keladi.
O'shanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qamariy 52 yoshga to'lgan edilar.
Alloh taolo O'zining buyuk hikmati ila bu hodisaning aniq vaqtini xuddi Qadr kechasi kabi unuttirdi!
Alloma Badriddin Ayniy Hanafiy: “Isro kechasida “rag'oib” namozini o'qish o'ylab topilgan bo'lib, uning asli-asosi yo'qdir”, deydi[28].
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari: “Isro kechasi to'planib, ilmiy suhbatlar o'tkazish keyingi davrlarda yuzaga chiqqan. Ba'zi ahli ilmlar mazkur ulug' hodisani yodga olish bilan birga ko'pchilikka uning ahamiyatini eslatish va dinu diyonat yo'lida va'zlar qilishni musulmonlar uchun foydali deb bu ishni o'tkazishgan.
Isro kechasidagi alohida namozlar va boshqa narsalar hujjatsiz ishlardir”, deydilar[29].

Abdul Azim ZIYOUDDIN
(muallif varianti)


[1] Isro surasi 1-oyat.
[2] Najm surasi 18-oyat.
[3] Abu Ya'lo Xaliliy “shozz” so'ziga quyidagicha ta'rif bergan: “Shozz” rivoyatning bor-yo'g'i bitta isnodi bo'lib, roviyi ishonchli bo'ladimi, bo'lmaydimi farqi yo'q. Agar ishonchsiz bo'lsa, rivoyati “matruk” bo'lib, qabul qilinmaydi. Roviyi ishonchli bo'lsa, o'zida to'xtaydi va rivoyati hujjatga yaramaydi” (Shayx Abdul Karim ibn Abdulloh Xuzayr, “Sharhun nuxba” 1/56).
[4] Abu Hayyon Andalusiy, “Al-bahrul muhit” (6/2); Alouddin Bag'dodiy, “Tafsirul Xozin” (4/134).
[5] «At-tamhid lima fil muvattoi minal ma'oniy val asonid” (8/48).
[6] Bu kechani “Rag'oib kechasi” deyishadi.
[7] “Tarjih” – ma'lumotlar ichidan kuchli, vazni og'ir, ehtimoli ko'p va haqiqatga yaqinini aniqlash.
[8] Olusiy tafsiri, (23/46).
[9] “Ar-rahiqul maxtum”.
[10] “Tafsiri Olusiy”, (Alaq surasi tafsiri).
[11] “Xotamun nabiyyin” (2/94), “Zuhratut tafosir” (1/4322).
[12] Ibn Hajar Asqaloniy, “Fathul Boriy”, 7-juz; Muhammad Sayyid Tantoviy, “At-tafsirul vasit” (1/2590); Muhammad ibn Yusuf Solihiy, “Subulul hudo var rashod fi siyrati xoyril 'ibod” (3/65).
[13] Hofiz ibn Rajab, “Latoiful ma'orif”, (233).
[14] “An-nofe'ul bo'is”, 116.
[15] “Adou ma vajab min bayoni vaz'il vazzo'iyna fi rajab” (53-bet).
[16] “Al-bidoya van nihoya”, 3/107.
[17] Abu Bakr ibn Abu Shayba rivoyati; Ibn Kasir, “Al-bidoya van nihoya” (3/107).
[18] Olusiy tafsiri (10/357).
[19] “Tafsirun Nasafiy” (Isro surasi 1-oyat tafsiri).
[20] “Qur'oni karim – o'zbekcha izohli tarjima”, Isro surasi 1-oyat izohi.
[21] “As-siyratun nabaviya” (1/73).
[22] “As-siyratun nabaviya” (1/56).
[23] “Sharhun nuqoya” (1/180).
[24] “As-siyratun nabaviya durusun va 'ibarun” (1/461).
[25] “Ash-shifo bi ta'rifi huquqil Mustafo” (1/180).
[26] “Umdatul qoriy sharhu sahihil Buxoriy”, “Me'roj” bobi.
[27] “Tafsirul Bag'aviy” (5/64).
[28] “Umdatul qoriy sharhu sahihil Buxoriy” (6/115).
[29] “Zikr ahlidan so'rang”, 7-son.

Abdul Azim ZIYOUDDIN


  • 6029
Abdul Azim Ziyouddin

Abdul Azim Ziyouddin Mudarris, siyratshunos 21 May 2023


Duo, bashorat va tush

img

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Men bobom Ibrohimning duosiman, Iso ibn Maryamning bashoratiman va onamning tushiman”, deganlar.[1]
Payg'ambarimizning “Men bobom Ibrohimning duosiman” deganlaridan murod, Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalom bilan birgalikda Ka'bani qurar ekanlar, duo qilganlar: “Ey Rabbimiz, ularga o'zlaridan bo'lgan, ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitob va hikmat (Qur'on va Hadis)ni o'rgatadigan va ularni (kufr va gunohlardan) poklaydigan bir payg'ambarni yubor! Albatta, Sen O'zing Aziz va Hakimsan”[2].
Payg'ambarimizning “Iso ibn Maryamning bashoratiman” deganlaridan murod – “Iso ibn Maryam: “Ey Isroil avlodi, albatta, men Allohning sizlarga (yuborgan) Payg'ambariman. (Men) o'zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlovchi va mendan keyin keladigan Ahmad ismli Payg'ambar haqida bashorat beruvchiman”, degan edi”[3].

Payg'ambarimizning “onamning tushiman” deganlari esa: “Onam o'zlaridan nur chiqqanini ko'rganlar va bu nur tufayli Shom qasrlari yorishib ketgan”.
“Omina onamiz tushlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tug'ayotganlarida ikki oyoqlari orasidan bir nur chiqadi va uning yorug'ligidan Shom o'lkasidagi qasrlar yorishib ketadi”.
Mazkur rivoyatni Imom Buxoriy “At-tarixul kabir” va “At-tarixus sag'ir”da, Abu Dovud, Ahmad ibn Hanbal, Abu Bakr Bazzor, Abu Ya'lo Muvsiliy va Ibn Rohavayhlar o'zlarining “Musnad”larida, Ibn Hibbon “As-siqot”da, Dorimiy “Sunan”da, Tabaroniy “Al-mu'jamul kabir”da, Bayhaqiy “Shu'abul iymon”, “Daloilun nubuvvah”da, Abu Nuaym “Al-huliya”da, Bag'aviy “Sharhus sunna”da, Ibn Adiy “Al-komil”da, imom Tabriziy “Mishkotul masobih”da, Ibn Sa'd “At-tabaqotul kubro”da, Ibn Ishoq, Ibn Hishom va Ibn Asokirlar “As-siyratun nabaviya” kitoblarida hamda Abdulloh ibn Muborak va Abu Bakr ibn Mardavayhlar rivoyat qilishgan.
Hokim “Al-mustadrak 'alas sahihayn” kitobida: “Imom Muslimning shartiga ko'ra sahihdir”, degan.
Imom Zahabiy “At-talxis”da va Ibn Hajar Asqaloniy “Fathul Boriy”da: “Sahih”, deyishgan.
Shuayb Arnaut “Musnadi Ahmad” va “Sahihi ibn Hibbon” taxrijida: “Sahihun li g'oyrih”, deydi.
Hofiz Nuriddin Haysamiy “Majma'uz zavoid”da va Ahmad ibn Abu Bakr Busoyriy “Ithoful xiyaratil mahara” kitobida: “Isnodi hasan”, deyishgan.
Hofiz Zayniddin ibn Abdurahmon ibn Ahmad ibn Rajab Dimashqiy[4]: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug'ilayotganlarida bu muborak nurning chiqishi insoniyatni to'g'ri yo'lga boshlagan va shirk zulmatini yo'q qilgan hidoyat nuriga ishoradir”, degan[5].
Alloma Ibn Kasir: “Bu muborak nur chiqib, Shom diyoridagi qasrlarni yoritib yuborgani islom dinining Shom diyoriga o'rnashib, mustahkam bo'lishiga ishora. Shuning uchun ham, oxirzamonda Shom diyori islom dini va musulmonlar uchun mustahkam qal'aga aylanadi. Iso alayhissalom Shom diyoriga, aniqrog'i Damashqning sharqiy oq minorasi joylashgan yerga tushadilar”, degan.[6]
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so'ng Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu davrida birinchi bo'lib Shom o'lkasi sulh ila fath qilingan.

[1] Hokim “Al-mustadrak 'alas sahihayn”da rivoyat qilgan, imom Zahabiy “sahih” degan.
[2] Baqara surasi 129-oyat.
[3] Saff surasi, 6-oyat.
[4] Hijriy 736 yil tug'ilib, 795 yil vafot etgan.
[5] “Latoiful ma'orif”.
[6] Baqara surasi 129-oyat tafsiri.

Abdul Azim ZIYOUDDIN


  • 3095