Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahridagi maktablar buzilishi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘riligini ma’lum qilgan.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarda foydalanuvchilar poytaxtdagi ayrim maktablar buzilishi mumkinligi haqida yozishgan edi.

Prezidentning 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda ko‘chmas mulkini xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.

XTV axborot xizmatining eslatishicha, bugungi kunga qadar vazirlikka maktablarning yer uchastkalarini va ko‘chmas mulkini begonalashtirish haqida arizalar kelib tushmagan.