O‘zbekiston internet infratuzilmasini Xitoy davlat taraqqiyot bankining $40 mln krediti evaziga yaxshilamoqchi. Kredit pullari Xitoy kompaniyalarining o‘ziga ketadi.

Vazirlar Mahkamasining muhokamaga qo‘yilgan qarori loyihasidan aniq bo‘lishicha, O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish orqali telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish, "O‘zbektelekom" ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, keng polosali internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha simsiz texnologiyalarni joriy qilish ham rejalashtirilgan.

XDTB berayotgan kredit mana shu loyihalarni amalga oshirish doirasida Xitoyning Huawei kompaniyasidan olinadigan texnologik jihoz, dasturiy ta’minot va xizmatlarni qoplash uchun ishlatiladi.

Hujjatda aytilishicha, Xitoy kreditni 5 yilga 1,5 yillik imtiyozli davr bilan beradi.