Prezident maktablariga talabgorlar qiymati $320lik kirish imtihonlarini bepul topshirishadi. Xalq ta’limi vazirligidagi Minbar manbasining aytishicha, O‘zbekistonda yangi intellektual elitani shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Lekin mana shu intellektual sinfni yaratishni maqsad qilib qo‘ygan Prezident maktablari oldida ikkita tahdid turibdi.

Prezident maktablari oldida turgan asosiy tahdid har doimgidek tashabbusni amaliyotga tatbiq etish jarayoni bilan bog‘liq. Xususan, keng tarqalgan korrupsiya, tanish-bilishchilik va "qo‘ng‘iroq huquqi" sharoitida prezident maktablariga haqiqatan ham iste’dodli, iqtidorli bolalar emas, qing‘ir yo‘llar bilan bu maktabga mos bo‘lmagan kontingent qabul qilinib qolishi mumkin edi.

Shuning uchun ham o‘quvchilar bu maktablarga, moliyaviy ahvoli va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, faqatgina iqtidori asosida, tanish-bilishsiz tanlab olinishini dunyodagi nufuzli IELTS testining operatori Cambridge Assessment ta’minlaydi.

Cambridge Assessment dunyoda ingliz tili IELTS testlarini o‘tkazuvchi va ularni tekshiruvchi uchtagina tashkilotdan biri hisoblanadi. Cambridge Assessment sinovlari butun dunyodagi 20 000 dan ortiq universitet, ish beruvchilar va davlat idoralari tomonidan tan olingan.

Saralash imtihoni natijalari 16-iyulda e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Natijalarni onlayn tarzda ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Cambridge Assessment xizmatlari juda qimmat hisoblanadi, lekin ota-onasining moliyaviy ahvoli iqtidorli bolaning Prezident maktabiga hujjat topshirishiga xalaqit qilmasligi uchun qiymati $320lik imtihonlar xarajati davlat byudjetidan qoplanadi.

  • 29-iyun – 2-iyulda bo‘lib o‘tgan saralash imtihonlarining birinchi bosqichining natijalari 16-iyulda ma’lum bo‘ladi. 27500 nomzoddan keyingi bosqichga 11520 tasi o‘tadi.
  • Keyingi (yakuniy) bosqich imtihonlari 21 – 24-iyul kunlari o‘tkaziladi.