Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassislari 17-may kuni Ozodlik radiosi va BUGUNUZ telegram kanalida “45 yildan buyon yangi maktab orzusi bilan yashayotgan qishloq” haqidagi xabar o‘rganib chiqqan.

O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlangan:

Foto: Minbar
  • Xiva tumanidagi 12-maktab 1972-yil qurilgan. 2013-yilda 432 mln. so‘mga kapital rekonstruksiya qilingan, 2017-yilda 50 mln., 2018-yilda 44 mln. so‘mga maktab tom qismi shifer qilingan.
  • Maktab 864 o‘rinli (videotasvirdv 800 o‘rinli deyilgan), bugungi kunda 1120 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. O‘quvchilar soniga nisbatan o‘quvchi quvvati 1.3 koeffitsiyentni tashkil qiladi va bu SanPIN talablariga to‘g‘ri keladi.
  • Maktab Xiva tumani Shomoxulum qishlog‘i “Varangzon” mahallasida joylashgan va shu mahallada yashovchi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya beradi (videotasvirda 2 ta qishloqdan 1120 nafar o‘quvchi ta’lim oladi deyilgan). XTB izohiga ko‘ra, Sapcha mahalla emas, xalq tilida aytiladigan kichik bir elat yoki hudud.
  • “Sapcha” elati maktabdan 200 metr masofadan keyin boshlanadi. Eng chekkadagi (Faollar ko‘chasi 79-uy) xonadongacha bo‘lgan masofa 2.5 km.ni tashkil qiladi.
  • “Sapcha” elatidan 575 nafar o‘quvchi maktabda o‘qiydi. “Sapcha” elatidan qatnaydigan 575 nafar o‘quvchining 252 nafari 1-4-sinflarda, 323 nafari 5-11-sinflarda tahsil oladi.
  • “Sapcha” elatidan qatnaydigan 252 nafar 1-4-sinf o‘quvchilarining uylaridan maktabgacha bo‘lgan eng uzoq masofa 0.1 km.dan 2.5 km.gacha hisoblanadi.
  • 2-2.5 km.dan 57 nafar o‘quvchi, 1-2 km.dan 97 nafar o‘quvchi, 0-1 km.dan 98 nafar o‘quvchi maktabga qatnaydi. “Sapcha” elatidan 4 km. uzoqdan maktabga qatnab o‘qiyotgan birorta ham o‘quvchi yo‘q.
  • “Varangzon” mahallasi “Capcha” elatidagi eng chekkada joylashgan, maktabga eng uzoq bo‘lgan “Faollar” ko‘chasi 79-uygacha bo‘lgan 2.5 km. masofaning 2.1 km. masofasi shag‘al tosh qoplamali, 400 metr qismi tuproq qatlamli tekis yo‘l hisoblanadi.

Videotasvirda o‘zini Javlon deb tanishtirgan o‘quvchining uyigacha bo‘lgan masofa o‘lchanganda 900 metrni tashkil etgan. Javlonning uyidan maktabgacha oraliq masofadagi yo‘lga shag‘al tosh yotqizilgan (videotasvirda Javlon maktabga 4 km.dan qatnaydi deyilgan).

Foto: Minbar

Videotasvirda ko‘rsatilgan ko‘prikdan “Sapcha” elatining bolalari qatnamaydi. Bu ko‘prik mahalliy xalq tomonidan maktabning sport maydoniga o‘tish uchun qurilgan. Maktab o‘quvchilarining bu ko‘prikdan foydalanishga ehtiyoji yo‘q. Ushbu ko‘prik maktabning asosiy binosidan 100 m. uzoqlikda joylashgan.

  • 2018-2019-o‘quv yilida 96 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitiradi.
  • 2019-2020-o‘quv yilidan 95 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinishi kutilmoqda.
  • 2019-2024-yillarda o‘quvchilar soni maktab yoshidagi bolalar hisobidan 1100-1200 nafar oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

2000-yil 21-noyabrda Xalq ta’limi vazirligi va Respublika SES tomonidan tasdiqlangan SanPIN talablarining 2-bob 2.7-bandida 2- va 3-toifadagi qishloqlarda voyaga yetmagan yoshlarning maktabga qatnashida uyidan maktabgacha bo‘lgan oraliq masofa 4 km.dan ortiq bo‘lmasligi ko‘rsatilgan.

Xiva tumani “Varangzon” mahallasi buguni kunda 2-toifaga kiradi. “Sapcha” elatining eng chekkada joylashgan uyidan maktabgacha oraliq masofa 2.5 km. ekani inobatga olinsa, oraliq masofa va o‘quvchi quvvati koeffitsiyenti SanPIN talablariga javob beradi, deb hisoblaydi XTB.

Foto: Minbar

Mutaxassislar tomonidan 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi rejasiga 2021-yilda “Sapcha” qishlog‘ining uzoq masofadan qatnovchi (187 nafar) o‘quvchilar va istiqboldagi bolalar soni inobatga olinib, 216 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab qurish rejalashtirilgan.

"Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlarni berishda xolislikka e’tibor qaratishingiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi", deya XTB o‘z raddiyasini yakunlagan.