21 avgustda e’lon qilinishi mo‘ljallangan 2019-2020 o‘quv yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining natijalari ma’lum kunlar orqaga surildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi o‘z Telegram kanalida bildirdi.

Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ishtirokidagi brifingga jurnalistlarni taklif qilgan agentlik xabarida shunday deyiladi:

Tadbirda 2019/2020 o‘quv yillari oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlari tanlovi bo‘yicha ma’lumot taqdim etiladi.

Shuningdek, 21 avgustda e’lon qilinishi mo‘ljallangan mandat natijalari ma’lum kunlar orqaga surilishi yuzasidan ham axborot beriladi.

Mandat natijalarini e’lon qilish muddatining orqa surilganing sabablari, aynan qachon e’lon qilinishini bugun soat 15:00da aytishadi.

Mamlakat bo‘yicha jami 60ta oliygoh va ularning 30ta filialiga kirish uchun 1 million 66 ming 925 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazilgan. O‘tgan yilga nisbatan 251 ming 973 nafar yoki 30,91 foiz ko‘p hujjat topshirilgan. Tanlov ko‘rsatkichi – o‘rtacha bir o‘ringa 10,28tani tashkil etdi (8,3 ta).

Eng ko‘p hujjat topshirilgan oliygohlar:

  1. Samarqand davlat universiteti – 74 ming 377 nafar;
  2. Andijon davlat universiteti – 45 ming 977 nafar;
  3. Qarshi davlat universiteti – 44 ming 676 nafar;
  4. Farg‘ona davlat universiteti – 42 ming 118 nafar;
  5. Urganch davlat universiteti – 39 ming 405 nafar;