Bolani te-tez quchoqlab ko‘tarib yuring.

Bu bolaning aqliy rivojlanishi uchun juda muhim.

Bolani o‘zingiz bilan olib yoting.

Bu unga ijobiy ta’sir qiladi.

Bola bilan har kuni shug‘ullaning.

Hatto bir soat shug‘ullansangiz ham buning samarasi yaqqol seziladi.

Bolalarcha, tilingizni chuchuk qilib gapirmang.

Bola bilan katta odam ila gaplashganday gaplashing.

Bolaning oldida janjallashmang.

Bola sovuq muomalani sizdan yaxshi his qiladi.

Bola otasi bilan gaplashishni juda xohlaydi.

Ota bolasi bilan gaplashishiga hech narsa xalaqit qilmasligi kerak.

Bolaning boshqa bolalar bilan muloqotini rag‘batlantiring.

Bu bolaning aqlini peshlaydi, kirishimlilik, tengdoshlaridan qolishmaslik hissini, birinchi bo‘lish xohishini rivojlantiradi.

Bolaga janjallashishni taqiqlamang.

Janjallar muloqot qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Bolani maqtashda ham, jazolashda ham ehtiyot bo‘ling.

Jazo bolani sarkash qilib qo‘yishi mumkin.

Bolada biron narsaga qiziqish uyg‘oting.

Buning uchun kerakli sharoit yarating.

O‘zingizning «yaxshi» va «yomon»laringizni bolaga tiqishtirmang.

Hozircha bolaning hayotiy tajribasi yo‘q, vaqt o‘tgan sayin, sizning yordamingizda nima yaxshi-yu nima yomonligini uning o‘zi anglay boshlasin.

O‘rganilgan materiallarni takrorlang.

Bu bolaning miyasida to‘g‘ri sxemalarni shakllantiradi.

Bolaning fantaziyasini ahmoqona deb hisoblamang.

Uchqur xayol ijodiy qobiliyatni rivojlantiradi.