Ashxobod politsiyasi mashina haydab ketayotgan ayollarni to‘xtatib, hech qanday sababsiz ularning haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish uchun turli bahonalar o‘ylab topishmoqda. Bunday kulgili qarorga hozircha rasman izoh berilganicha yo‘q, berilmasa ham kerak.

"Bugun ertalabdan hamma joyni politsiya bosgan. Barcha mashinani to‘xtatishyapti, ayniqsa, ayollar haydayotganlarni", deydi guvohlardan biri. Ularning aytishicha, yangi buypuqqa ko‘ra, prezident yuradigan ko‘chalarda ayollarning mashina haydashi mumkin emas. Jabrlanuvchilarning fikriga ko‘ra, politsiyaning ushbu harakati ayollarning mashina boshqarishdan bosh tortishga majburlashdek ko‘ringan.

Ushbu yangi qoida nafaqat oddiy fuqalarga, balki organda ishlaydigan ayollarga ham tatbiq qilinmoqda. Bungacha mashinalar uchun bir-biridan qiziq taqiqlar joriy etilgandi: masalan, nogironligi bo‘lgan shaxslar ham guvohdasidan ayrilishgan.

Eng kulgili taqiqlar sirasiga qora rangli avtomobilda yurish va eskirgan mashinalarni haydash ham kiradi. Jumladan, "Lada"da yurish man etilgandi.

Ayollarning mashina haydashiga qarshi harakat 2017-yil dekabr oyida boshlangan. 2018-yil yanvarida esa ayollarning guvohnomalari olinib, mashinasi jarima maydonchasiga olib borilgan. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, mamlakat ichki ishlar vaziri ayollar boshqaruvi paytida yo‘llarda avtohalokatlar ko‘p bo‘layotgani uchun shunday chora o‘ylab ko‘rilgan. Tabiiyki, ushbu holatga rasmiy izoh yo‘q.

Qora rangli mashina nega taqiqlanganini anglash qiyinmas, chunki prezidentga yorqin va yashil rangli avtomobillar yoqadi.