Bitirgandan keyin tog‘li va cho‘l hududlarda dars bermoqchi bo‘lgan abituriyentlar universitetga imtiyozli qabul qilinadi. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida shu haqda so‘z boradi. Rag‘batlantirishning bunday mexanizmi Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasi bilan amalga oshirilmoqda.

Bu nega muhim: oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonida uzoq hududlardan kelgan abituriyentlar uchun o‘qishga kirishda imtiyozlarning yo‘qligi sababli tog‘ va cho‘l hududlaridagi maktablarda o‘qituvchilarga ehtiyoj yuqori darajada qolmoqda. Chekka hududlarda ayniqsa matematika, fizika, kimyo, informatika, chet tillar kabi fanlar bo‘yicha pedagoglar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Konsepsiyada shuningdek 2030-yilga kelib barcha maktablarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan.