Yamanda terrorchi “Islom davlati” guruhi (IShID)ga bay’at keltirishga uringan, ammo unga sayrashni boshlagan qush xalal berdi.

Kembrij universitetining arab tiliga ixtisoslashgan Pembrok-kolleji xodimi Elizabet Kendall mazkur holat aks etgan videoni Tvitterga joylagan.

Videoda jangari (Kendall uni mahalliy halqaning boshlig‘i deb ataydi) cho‘ntagidan qandaydir qog‘ozni —aftidan qasamyod matnini olgani aks etgan. Jangari qasamyodni endi kadrga qarab gapirishni boshlaganida qushning qattiq sayrog‘i deb chalg‘ib ketadi. Yana cho‘ntagidan “shpargalka”ni oladi, yodlagan so‘zlarini kameraga qarab gapira boshlaganida boyagi qush tag‘in unga xalal beradi.

Mana o‘sha video (ovozni yoqishni unutmang):

Elizabet Kendall videoni boshqa bir terrorchilik tashkiloti — so‘nggi yillarda IShIDni o‘zining dushmani deb hisoblayotgan “Al-Qoida”ga tegishli resursdan topganini aytgan. Shuningdek, u 2017 yilning sentyabrida “Islom davlati” aynan ushbu terrorchining qasamyodi videosini muvaffaqiyatsiz chiqqan dubllarni kesib tashlagan holda e’lon qilganini ta’kidlaydi.

“Islom davlati” terrorchilik guruhi 2000-yillarda Iroq va Shom hududida paydo bo‘lgan. Tashkilot kichik qo‘poruvchilik guruhidan armiyasi, moliya tizimiga ega, kattagina hududni nazorat qiluvchi dindor protodavlatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. AQSh boshchilikidagi xalqaro koalitsiya IShIDga qarshi kurashni, Rossiya esa Suriyada o‘z operatsiyasini boshlaganidan so‘ng “Islom davlati” qachonlardir o‘zi to‘liq nazorat qilgan deyarli barcha hududlardan siqib chiqarildi.

“Islom davlati” terrorchilari dunyodagi ko‘plab yirik teraktlar orqasida turadi.