Telegram messenjerida nafaqat suhbatdoshlarni, balki yaqin atrofdagi tematik guruhlarni izlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Buning uchun ilovani yangilash kerak.

Bu funksiya geochat deb nomlanadi, bu bir-biriga yaqin turgan foydalanuvchilarning muloqot qilishiga imkon beradi.

Suhbatni boshlash uchun "Kontaktlar"ga kiring va "Yon-atrofdagilarni izlash"ni (ilova geojoylashuvga ruxsat so‘raydi) tanlang.

Muloqot uchun kontaktga qo‘shish yoki telefon raqamini so‘rash shart emas. Foydalanuvchilar bir vaqtda xuddi shu bo‘limda bo‘lsagina, ular bir guruhga joylashishlari mumkin:

Foto: Spot

Shu guruhga qo‘shilishdan oldin o‘zingiz yangisini ochishingiz mumkin:

Foto: Spot

Buning uchun tematika va radiusni ko‘rsating. Belgini istalgan joyga qo‘ying. Masalan:

Foto: Spot

Eng kichik radius 100 metr, eng ko‘pi 12 km. Qatnashchilar soni 200 minggacha:

Foto: Spot

Tarmoq chatlari boshqa mahsulotlarda ham bor: "Yandeks" ilovasi va brauzeri, FireChat messenjeri.

«Telegram»ning bu yangi funksiyasi konferensiyalar, festivallar, stadionlar, yotoqxonalar va boshqa jamoat joylarida juda foydali bo‘ladi.

Masalan, konferensiya tashkilotchilari xuddi shunday guruh tuzishi va unga har bir odam qo‘shilishi mumkin, bunda ular bir-biri bilan yaqinroq tanishishadi yoki yangiliklardan tezroq xabardor bo‘lishadi. Shuningdek, qo‘shnilar, hamkasblar va shu kabilar ham guruh ochib, umumiy masalalarni hal qilishlari mumkin.