Britaniya armiyasining edinburglik harbiy xizmatchisi virtual jangda sherigini otib qo‘ygani uchun hayfsan olgan. Xabarlarga ko‘ra, harbiy xizmatchi buyruqni bajarmaganlikda ayblangan.

  • Jazo sifatida uni dam olish kunlari Edinburg (Shotlandiya) tog‘ yonbag‘ridagi Redford kazarmasini qo‘riqlashga yuborishgan.
  • Ayblanuvchi askar piyodalar polkida xizmat qiladi. Uning xizmatdoshlaridan birining jurnalistlarga aytishicha, askarlar ikki hafta mobaynida shahar ko‘chalaridagi jang taktikalarini kompyuter o‘yinlari orqali o‘rganish maqsadida virtual mashqlarda qatnashgan.
  • Reja bo‘yicha mashg‘ulot ishtirokchilari dushman hududiga zirhli mashinalarda kirishi kerak bo‘lgan. Shu payt askarlardan biri xizmatdoshiga qarata o‘t ochgan, keyin o‘z mashinasini boshqa avtomobillar tomonga yo‘naltirgan. Qo‘mondonlik ushbu holatda askarlarni professionalizm yetishmasligida ayblagan.

The Mail on Sunday xabariga ko‘ra, Britaniya armiyasi tarixida ilk marta askar real hayotdagi emas, virtual dunyodagi harakati uchun jazolangan.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri vakilining rasman ma’lum qilishicha, harbiy idorada virtual jangga tayyorgarlikka jiddiy qarashadi. Shuning uchun mashqlarga xalaqit beruvchi har qanday odam intizomiy jazoga tortiladi.

Vazirlikning bildirishicha, virtual o‘quv dasturlari qiyin vaziyatlardan chiqish, tajribalar o‘tkazish va yangi texnikani turli usullarda sinab ko‘rishda asqotadi.