Hukumatning 11-iyundagi qaroriga ko‘ra Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi.

Filiallarda o‘quv jarayoni 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi. Talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan kvotalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

  • Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyi binolari Toshkent davlat pedagogika universiteti filialiga;
  • Shahrisabz yengil sanoat kolleji binolari Toshkent kimyo-texnologiya instituti filialiga beriladi.

Litsey va kollej o‘quvchilari o‘sha binolarda o‘qishni bitiradilar.

Hozir «Mening fikrim» portaliga boshqa oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish haqida ham petitsiyalar joylashtirilgan. Masalan:

  • Bekobod shahrida Toshkent davlat texnika universiteti yoki Toshkent davlat pedagogika universitetining filialini tashkil qilish, ovozlar soni – 507 ta, ovoz berish tugashiga 47 kun qoldi;
  • Nurafshon shahrida oliy ta’lim muassasasini tashkil etish haqida, ovozlar soni – 116 ta, ovoz berish tugashiga 55 kun qoldi;
  • O‘zbekiston davlat san’at akademiyasini tashkil etish haqida, ovozlar soni – 105 ta, ovoz berish tugashiga 56 kun qoldi;
  • Samarqand viloyati Urgut tumanida Samarqand iqtisodiyot va servis institutining filialini tashkil etish haqida, ovozlar soni – 111, ovoz berish tugashiga 57 kun qoldi;
  • Chust shahrida oliy ta’lim muassasasi filialini ochish haqida, ovozlar soni – 223 ta, ovoz berish tugashiga 62 kun qoldi;
  • Qarshi shahrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Qarshi filialini tashkil etish haqida, ovozlar soni – 104 ta, ovoz berish tugashiga 84 kun qoldi;
  • Andijon viloyati Marhamat tumanida oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish haqida, ovozlar soni – 50 ta, ovoz berish tugashiga 88 kun qoldi.

Murojaatlar 90 kunda yetarli ovoz (10 000 ta) to‘plasa, vakolatli davlat organi – Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.