Rishtonlik tadbirkorlarning Bi-bi-siga arz qilishlaricha, 21-may kuni tuman hokimligi ularga markaziy dehqon bozoridagi do‘konlarini o‘z qo‘llari bilan buzishlarini buyurgan.

Xat har bir do‘kondorga berilishidan bir kun o‘tib – bugun bozor darvozalari qulflangan. Do‘kon egalari va savdogarlar temir darvozalarni oshib o‘tishga majbur bo‘lishmoqda.

Foto: BBC

Ular o‘z do‘konlarini buzish uchun qancha muddat berilgani, issiq havoda oziq-ovqat mahsulotlariga nima bo‘lishi hamda aniq qayerga ko‘chishlari bo‘yicha ma’lumotga ega emas.

Bi-bi-si hokim o‘rinbosari Sodiq Haydarovga sim qoqqanida, u tadbirkorlar masalasi haqida eshitishi bilan aloqani uzib qo‘ydi va telefoniga qayta javob bermadi.

Tadbirkorlar nafaqat ko‘chish, balki o‘z mulklari uchun tovon to‘lanishi yo to‘lanmasligi, yangi joyda kimga qanday joy ajratilishidan ham bexabarlar.

Ba’zi do‘kondorlar o‘tgan yil fevralida Rishton bozorida o‘tkazilgan rekonstruksiya ishlari davrida o‘z do‘konlarini buzib, qayta qurishga majbur bo‘lganlarini aytishadi. Endi ulardan yana buzish so‘ralmoqda.

Nega bir yil avval ta’mirlangan bozor yana rekonstruksiya qilinayotgani hamda katta yo‘l yoqasida bo‘lmagan do‘konlarning ham yo‘lni kengaytirish vaji bilan buzilayotganini hech qanday rasmiy izohlamayapti.