Ravon-3 modeli sertifikat oldi va endi yana bir o‘zbek mashinasi Rossiya bozoriga kirishga yaqin turibdi.

Ravon-3 sedan bo‘lib, Chevrolet Aveo ko‘rinishida ishlab chiqarilgan. Oldin ham Rossiyaga Ravon-2 modeli eksport qilingan, keyinchalik mashinadagi kamchiliklar tufayli to‘xtatib qo‘yilgandi. Endi sertifikatlash qayta tiklandi va 3 yilga, 2022-yilgacha uzaytirildi.

Sedan Asakadagi zavodda ishlab chiqariladi, lekin mashina uchun boj to‘lanadi va bu uning raqobatbardoshligi darajasini tushirib yuboradi. Bu variantda avtomobil Rossiya bilan bojxona bo‘yicha hamkor davlat Qozog‘iston orqali olib o‘tiladi.

Bu galgi Ravon-3 oldingilaridan deyarli farq qilmaydi. Benzin sig‘imi 1,5 litr, 106 ot kuchiga ega. Transmissiyasi 6 pog‘onali avtomat yoki 5 pog‘onali mexanika, yig‘ilishiga qaraladi.

Mashina uchun solinadigan davlat bojini O‘zbekistonda ham qayta ko‘rib chiqishmoqchi. Soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish tartibi bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasiga ko‘ra 1-oktyabrdan O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarishda monopol korxona bo‘lgan GM Uzbekistan ham qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘laydi.

QQS bo‘yicha, jumladan, qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransportlar, butlovchi qismlar, avtotransport ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar va texnologik uskunalarga nisbatan bir qator imtiyozlarni bekor qilish rejalashtirilgan.