2019-yil Ramazon oyining birinchi kuni butun Markaziy Osiyoda 6-may etib belgilandi. Bu haqida Qozog‘iston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Bu kun O‘zbekiston uchun ham taaluqli, chunki 11-aprelda Qozog‘istonning Nursulton shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston ulamolari Ramazon oyi va hayitining birinchi kunini birgalikda e’lon qilishga kelishib olishgan edi.

"Qozog‘iston musulmonlari idorasi ramazon oyi hilolini aniqlash bo‘yicha Kosmik tadqiqotlar milliy markaziga murojaat qildi.

Shariat hukmlari va Markaziy Osiyo muftiyatlari fatvo bo‘limlari ulamolarining umumiy fatvosiga asoslanib, Qozog‘iston musulmonlari idorasi Ramazon oyining birinchi kuni etib 6 mayni belgiladi", – deyladi QMI xabarida.

Bu yil 30 kun ro‘za tutiladi.

  • Laylatul qadr kechasi 31-maydan 1-iyunga o‘tar kechasiga,
  • hayitning birinchi kuni 5-iyunga to‘g‘ri keladi.