Qozog‘iston prezidenti Qosimjo‘mart To‘qayev Jambil viloyatidagi fojiali avtohalokatda O‘zbekistonning 11 nafar fuqarosi halok bo‘lgani haqida ma’lum qildi. Shu munosabat bilan u Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirgan.

"Qorday trassasidagi fojiali YTHda O‘zbekistonning 11 fuqarosi halok bo‘ldi, ko‘plab kishilar jarohatlandi. Ularning yaqinlariga ta’ziya bildiraman. O‘zbekiston prezidentiga hamdardlik telegrammasi yubordim", deyiladi To‘qayevning Tvitterdagi sahifasida.

20-aprel kuni tongda Olma-Ota - Toshkent yo‘nalishida ketayotgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi jiddiy jarohat olgan, shundan 7 nafari O‘zbekiston fuqarolari.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, jarohatlangan o‘zbekistonliklar shifoxonaga yotqizilgan. O‘trordagi shifoxonaga yotqizilganlar:

  1. Marhamat Jumaniyozova, 1996-yilda tug‘ilgan, Xiva shahridan;
  2. Rohila Ahmetova, 1994-yilda tug‘ilgan;
  3. Shodlik Maqsudovich Jabborov, Xiva shahridan;
  4. Otabek Abdullayevich Matjonov, 1985-yilda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘istondan;
  5. Sardor Anorboy o‘g‘li Haydarov, 1994-yilda tug‘ilgan.

Qordaydagi shifoxonaga yotqizilganlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bor:

  1. Islomiddinov Abuxattar o‘g‘li, 1997-yilda tug‘ilgan;
  2. Zovodbek Muhammadjonov, 1999-yilda tug‘ilgan.