#BottleCapChallenge — yangi chellenj bo‘lib, qatnashchilar oyoq bilan tepib, shisha qopqog‘ini ochib yuborishlari kerak. Musobaqada taniqli aktyor Jeyson Stetxem, aralash janglar jangchisi Konor MakGregor, qo‘shiqchi Jon Meyer va boshqa yulduzlar ham qatnashmoqda.

Fleshmobni qozog‘istonlik jangchi Karen Pashikyan boshlagan. U Instagram sahifasiga chellenjga misol tariqasida video joylagan va #farakickschallenge hamda #bottlecapchallenge deb nomlagan. Ikkinchi nom ommalashib ketgan.

Pashikyan bu orada txekvondo bo‘yicha jahon chempioni Forobi Davletchin va aktyor Jeyson Stetxemga chorlov yuborgan. Davletchin chaqiriqni qabul qilgan va hammasi shundan boshlangan.