Dang‘ara tumani xalq ta’limi bo‘limining rahbarlaridan biri qiziqchi G‘ayrat Ahmedovning konsertiga 200 chiptani 40 ta maktab direktori o‘rinbosariga 10 ming so‘mdan majburiy tarqatgan.

Bu chiptalar keyin oddiy o‘qituvchilarga o‘tkazilgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan bu xabarni Xalq ta’limi vazirligining huquqiy-nazorat xizmati o‘rganishi natijasida Dang‘ara XTB ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish sho‘’basi rahbarini lavozimini suiiste’mol qilgani uchun ishdan haydash chorasi ko‘rilayapti.

Avvalroq Qashqadaryoda Anvar Sanayevning konsertiga majburiy chipta sotgan maktab direktori ishdan haydalgani haqida xabar berilgandi.