Prokuratura organlarining 1 198 ta shtat birligi qisqartiriladi, shundan 87 tasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga, 470 tasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga yo‘naltiriladi.

Bu haqda prezident 15-martda maxsus farmonni imzolagan. Soliq qonunchiligi bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatilgani haqida avvalroq xabar berilgan.

Shuningdek, 2019-yil 1-apreldan:

  • tadbirkorlarni tekshirish prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
  • Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
  • Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi Bosh prokuratura tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tasarrufiga o‘tkazilgan.