7-martda Nukusda ilk Prezident maktabining tamal toshi qo‘yildi. Maktab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti oldidagi hududda quriladi.

  • Birinchi uchta Prezident maktabi 2019-yilda Nukus, Toshkent va Xivada ochiladi. 2020-yildan boshqa viloyatlarda ham bosqichma-bosqich Prezident maktablari tashkil etiladi.
  • Ushbu maktablarga qabul qilish respublika ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
  • O‘quv jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “STEAM-ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiya, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi.
  • Prezident maktablari bitiruvchilariga belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) topshiriladi, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
  • Prezident maktablariga qabul adolatli bo‘lishini Kembrij universitetining mutaxassislari nazorat qiladi.