Bugun, 1-iyundan Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi Prezident maktablariga qabul jarayoni boshlandi. Qabul 22-iyunga qadar davom etadi.

Prezident maktablari hozircha shu 4 ta hudud uchun sinov tariqasida tashkil etilgan. Bu bilan maktablarni boshqarishning butunlay yangi modeli sinovdan o‘tkaziladi. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, 2020 – 2021-yillarda Prezident maktablari respublikaning barcha viloyatlarida tashkil etiladi.

Prezident maktabiga qabul jarayoni haqida ma’lumot olish uchun +998-71-207-72-22 raqamli telefonga murojaat qilish mumkin.

Qabul jarayoni va arizachilarga qo‘yiladigan talablar quyidagi infografikalarda batafsil keltirilgan: