Prezident maktablariga arizalarni qabul qilish 2019-yil 1-iyundan 22-iyungacha davom etadi. Bu haqda 27-may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Shuningdek, Prezident maktablariga kirish uchun hujjatlar ikki xil usulda qabul qilinadi:

  • onlayn (pm.xtv.uz sayti orqali);
  • offlayn (qabul markazlariga borish orqali).

Mavzuga doir:

Yangi elita beshigi. Prezident maktablari tashkil etildi


Onlayn qabul jarayoni

1. Arizachi (ota-onasi yoki qonuniy vakil) talabgor o‘qiyotgan maktabdan quyidagi namunadagi ma’lumotnomani yuklab olib to‘ldiradi. Ma’lumotnoma maktab direktori muhri va imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

2. Arizachi talabgorning joriy o‘quv yili tabelining nusxasini olishi kerak. Nusxa direktor imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi shart.

3. Arizachi quyidagi hujjatlarning skaner qilingan nusxasini yetkazishi lozim:

  • direktor imzosi va muhri bilan tasdiqlangan, belgilangan namunadagi maktabdan ma’lumotnoma;
  • joriy o‘quv yili tabeli nusxasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

4. Arizachi ushbu havola orqali (onlayn) tarzda ariza yuboradi.

5. Arizachiga arizasi qabul qilinganini tasdiqlovchi SMS-xabar jo‘natiladi, SMS-xabarda shaxsiy kabinetga kirishga taalluqli ma’lumotlar ham bo‘ladi.

6. Arizachi ushbu havola orqali shaxsiy kabinetiga kirib, ariza holati va yangiliklardan xabardor bo‘ladi.


Mavzuga doir:

Prezident maktablari millatparvar elitani shakllantiradi


Offlayn qabul jarayoni

1. Arizachi (ota-onasi yoki qonuniy vakil) talabgor o‘qiyotgan maktabdan quyidagi namunadagi ma’lumotnomani yuklab olib to‘ldiradi. Ma’lumotnoma maktab direktori muhri va imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

2. Arizachi talabgorning joriy o‘quv yili tabelining asl nusxasi va nusxasini olishi kerak. Nusxa direktor imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi shart.

3. Arizachi quyidagi hujjatlarni Qabul qilish markaziga taqdim qiladi:

  • direktor imzosi va muhri bilan tasdiqlangan, belgilangan namunadagi maktabdan ma’lumotnoma;
  • joriy o‘quv yili tabeli asl nusxasi va nusxasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

5. Arizachiga arizasi qabul qilinganini tasdiqlovchi SMS-xabar jo‘natiladi, SMS-xabarda shaxsiy kabinetga kirishga taalluqli ma’lumotlar ham bo‘ladi.

6. Arizachi ushbu havola orqali shaxsiy kabinetiga kirib ariza holati va yangiliklardan xabardor bo‘ladi.


Mavzuga doir:

Farzandingizni prezident maktabida o‘qitmoqchimisiz? Buni o‘qing!