1-iyun kuni Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida 2019/2020-o‘quv yilida ochiladigan Prezident maktablariga hujjat qabul qilish boshlangan edi.

1-iyun kuni Prezident maktablariga jami 786 nafar nomzod hujjat topshirgan.

  • Shundan 394 nafari Xiva, 187 nafari Toshkent, 106 nafari Namangan va 99 nafari Nukus shahrida o‘qish istagini bildirgan.
  • Ariza topshirganlarning 690 nafari offlayn, ya’ni qabul markazlariga borib, hujjat topshirgan.
  • Qolgan 90 ta ariza esa onlayn tarzda (mana bu havola orqali) qabul qilingan.
  • Hujjat topshirgan nomzodlarning 397 nafari o‘g‘il bola va 389 nafari qiz bolalardan iborat.
  • 719 nafar nozmodning hujjatlari qabul qilingan bo‘lsa, 37 ta hujjat kamchiliklari uchun ro‘yxatga olinmagan. Qolgan hujjatlar hozir ko‘rib chiqilmoqda.

Prezident maktabiga hujjat topshirgan nomzodlarning umumiy soni birinchi qabul kuni yuzasidan sinflar bo‘yicha quyidagicha:

Foto: Prezident maktablari.

Hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.