Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlaridagi prezident maktablari direktori lavozimiga tanlov e’lon qilindi. Nomzod shijoatli, boshqaruv jarayonida innovatsion faoliyatni tashkil eta oladigan, yuqori tashkilotchilik qobiliyatiga ega, mustaqil fikrlovchi, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘z faoliyatida tatbiq qila oladigan, ingliz tilini biladigan bo‘lishi kerak.

Prezident maktablari direktori lavozimlariga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar:

  • oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
  • xalq ta’limi tizimiga oid milliy qonunchilikni mukammal bilishi;
  • muzokara olib borish salohiyati;
  • yetakchilik fazilati, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va mas’uliyatlilik;
  • yakka tartibda va jamoada ishlash, nizolarni hal qila bilish;
  • tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati;
  • tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
  • MS Office, Internet kompyuter dasturlarini;
  • o‘zbek, rus hamda ingliz tillarini (CEFR B2 darajasida) bilishi kerak.

Shuningdek, prezident maktablari direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ham tanlov e’lon qilindi.

Nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar:

  • oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji mavjudligi;
  • tegishli lavozimda yoki shunga teng keladigan lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasining mavjudligi;
  • xalq ta’limi tizimiga oid milliy qonunchilikni mukammal bilishi;
  • muzokara olib borish salohiyati;
  • yetakchilik fazilati, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va mas’uliyatlilik;
  • yakka tartibda va jamoada ishlash, nizolarni hal qila bilish;
  • tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati;
  • MS Office, Internet kompyuter dasturlarini;
  • o‘zbek, rus hamda ingliz tillarini (CEFR B2 darajasida) bilishi;
  • “STEAM-ta’lim” haqida tushunchaga ega bo‘lishi kerak.

Nomzodlar o‘z rezyumelarini hr_pm@itsm.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.