Saylovda ikkinchi o‘rinni "muxolifatning" nomzodi Amirjon Kosanov, uchinchi o‘rinni saylovda qatnashgan ilk ayol nomzod ("Aq jol" partiyasi) Daniya Yespayeva (5,32%) olgan.

Prezident saylovi tarixda ilk marobata mamlakatni chorak asr boshqargan Nursulton Nazarboyevsiz o‘tmoqda.

Qozog‘istonning bir necha shahrida prezident saylovini boykot qilishga chaqirib o‘tkazilgan norozilik namoyishida besh yuzdan oshiq odam hibsga olindi, ular sud qilinmoqda.

Image result for выборы казахстан 2019 протесты

78 yashar Nursulton Nazarboyev 2019-yilning mart oyida iste’foga chiqishi ortidan senatning 65 yoshli raisi Qosimjo‘mart To‘qayev mamlakatning muvaqqat prezidentiga aylangan. Belgilangan qonunga ko‘ra u mamlakatni 2020-yilning apreliga qadar boshqarishi lozim edi.

  • Biroq To‘qayev mamlakatda muddatidan avval prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qilgan. Prezident saylovi 9-iyunga belgilangan.
  • Qozog‘istonning hukmron "Nur-Otan" partiyasi iyunda o‘tuvchi prezident saylovida muvaqqat prezident Qosimjo‘mart To‘qayev nomzodini ilgari surdi.
  • Saylovda To‘qayevdan boshqa yana 6 nomzod ishtirok etdi.