Pokistonda Haydarabod Paxtunxva viloyati hokimiyatining videoselektorida «mushukcha filtri» yoqilib ketdi. Videoselektor Facebook Live orqali jonli o‘tkazilayotgan edi.

Hokimiyat filtrni darhol o‘chirib qo‘ydi, lekin videoselektordan skrinshotlar Facebook foydalanuvchilari orasida tarqalib ketishga ulgurdi. Bu rasmlar qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi va memga aylandi.

Viloyat hokimiyati o‘z bayonotida «mushukcha filtri»ni ishlayverib toliqqan xodim bexosdan yoqib yuborganini, kelgusida bunday holat tarkorlanmasligini aytgan.