Yangi Gvineyaning o‘rmonli tog‘larida qurbaqaning yangi Litoria Pinocchio (Pinokkio qurbaqasi) turi topildi. Ushbu turni dastlab 2008-yili avstraliyalik olim Paul Oliver Indoneziyaning Foja tog‘ida kashf etgan. Oliverning aniqlashicha, Yangi Gvineyada topilgan Pinokkio qurbaqalari daraxt qurbaqalari hisoblanadi.

Yangi turning ajabtovur tomoni shundaki, bu turdagi erkak qurbaqalarning uzun burunlari mavjud. Ularga Karlo Kollodining «Pinokkio» asariga ishora sifatida shu nom berilgan.

Pol Oliver jamoasi ayni vaqtda qurbaqalarning uzun burni nima vazifa bajarishini, qanday xususiyatga ega ekanini aniqlash ustida izlanayapti.

«Eng e’tiborni tortadigan jihati ularning o‘rtada joylashgan uzunchoq burunlaridir. Qurbaqalar tik turgan vaqti burunlari ma’lum bir shaklda berkiladi. Burunlarining turli tusda o‘zgarib turishi ma’lum bir vazifa bajaradi. Bilishimizcha, bu ularning bir-birini tanib olishiga xizmat qiladi», – deb tushuntiradi Oliver.

  • Yangi Gvineyada qurbaqalarning 450 dan ortiq turi topilgan va bu joy qurbaqalarga boy hudud hisoblanadi.
Foto: National Geographic

Shu yilning aprel oyida Madagaskarda inson tirnog‘idan ham kichik qurbaqa topilgan edi.

Foto: Travel Ask