Londondagi «Yodgor» fondi Rossiyadagi muhojirlarga yordam beradi. O‘zbekistonlik investor Mirshod Shokirov Buyuk Britaniyada tadbirkorlik faoliyatini yuritadi.

Mirshod dunyoning uchta davlatida ishlab chiqarish korxonalariga ega.

U 2015 yilda «Yodgor» xayriya fondini ta’sis etgan.

Mazkur fond asosan 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga yordam ko‘rsatadi.

Fond ko‘magida nima uchun bu kabi mezonlar belgilangan, degan savol sizni ham qiziqtirsa kerak.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati «Yodgor» fondi rahbari Mirshod Shokirov bilan shu xususda suhbatlashdi.

- Bizning jamiyatimizda asosan oilaning boquvchisi erkaklar hisoblanadi. Ba’zi oilalar bitta boquvchiga tayanib o‘tiradi. Xudo asrasin, shu boquvchi agar kasal bo‘lib qoladigan bo‘lsa, unga kim yordam beradi? Unga yordam beradigan odam yo‘q. Uning oila a’zolari ham boquvchisiz qoldi: ham uyda, ro‘zg‘orda tanqislik, ham dori-darmonga yana pulni orttirish kerak.

Fondlar judayam ko‘p, ammo aynan shu vaziyatni ko‘zda tutgan fondlar yo‘q. Bemorlarga yordam beradigan ko‘ngillilar, yosh bolalarni, keksalarni qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar, jamg‘armalar ham bor. Lekin aynan shu toifa erkaklarga ko‘mak beradigan jamg‘armani uchratmadim, - deydi fond rahbari Mirshod Shokirov.

Rossiya, migrantlar: restoran oshpazi ish payti yonib ketdi

Rossiya, migrantlar: O‘zbeklar ish deb, pul deb o‘lyapti...

O‘zbekiston, Rossiya va dunyo: O‘zbekiston hukumati o‘zbeklar haqida qayg‘urishni boshladimi?

Rossiya, migrantlar: Oilaviy muhojir bo‘lish osonmi?

Хайрия жамғармасиFoto mualliflik huquqiCOURTESY

«Yodgor» fondining tashkil etishimizning o‘ziga yarasha tarixi bor.

U 2015 yilda 45 yoshida oqqon kasalidan vafot etgan akasining xotirasi haqqiga «Yodgor» fondini tashkil qiladi.

- Yodgor marhum akamning ismlari, umrlari qisqa ekan, 2010 yilda oqqon kasalligiga chalinib qoldilar, ularni asrab qolish uchun qo‘limizdan kelgan barcha harakatlarni qildik. 4 yil oldin qazo qildilar. O‘sha kuniyoq xotiralari uchun fond tashkil qilish haqida o‘ylagandim...

Mazkur fond Buyuk Britaniyada faoliyat yuritayotganiga qaramay, o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

- Fond yangi bo‘lgani uchun imkoniyatlarimiz hali katta emas. Har shanba kuni ma’lum miqdorida mablag‘ ajratamiz. Aytaylik, vaziyatga qarab bemorning ma’lum kurs kimyoterapiyalar xarajatini ko‘tarishimiz mumkin. Yana rejalashtirayapmizki, zarurat bo‘ladigan bo‘lsa, bemorni Rossiya, Hindiston yoki Yevropada davolanishida hissa qo‘shmoqchimiz.

Mirshod Shokirov Rossiyada ishlayotgan mehnat muhojirlaridan ham murojaatlar bo‘layotganini aytadi.

Uning aytishicha, shu yilning sentyabr oyidan boshlab, fondning Moskvadagi bo‘limi ham o‘z faoliyatini boshlaydi.

Dunyoning bir davlatida o‘zbekistonlik tomonidan ochilgan bu kabi xayriya jamg‘armalari esa, deyarli yo‘q.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda, o‘zbekzabon internet nashrlarida og‘ir xastalikdan davolanishda moliyaviy ko‘mak so‘rab, odamlarga murojaat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining soni keskin ortgan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi aholisi eng katta (33 milliondan ortiq - tahr.) davlat bo‘ladi.

Mamlakatda ishsizlik eng dolzarb muammolardan biri va katta sondagi mehnatga layoqatli aholining tirikchiligi mehnat muhojirligi ortidan o‘tadi.

Ulardan eng katta sondagisi Rossiya hisobiga to‘g‘ri keladi.

Birgina rasmiy raqamlarda bu muhojirlarning soni ikki milliondan ortishi aytiladi.