DXX Toshkentda harbiy jurnalist Vladimir Kaloshinni hibsga olgan. Jurnalistning qizi aytishicha, u davlat sirlarini oshkor qilishda gumonlanayapti.

Vladimir Kaloshin O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 162-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganini Vladimir Kaloshinning advokati qiziga ma’lum qilgan. Ayni paytda u Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tergov izolyatorida ("Gvardeyskiy"da) so‘roq qilinayapti.

68 yashar Kaloshin Mudofaa vazirligi nashri – “Vatanparvar” gazetasida 27 yildan buyon ishlab kelgan. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega bo‘lgan jurnalist 2012-yilda iste’foga chiqqan, shundan keyin ham “Vatanparvar”da muxbir sifatida faoliyat yuritgan. U 2000-yili "yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ko‘rsatgan xizmatlari" uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.