Shu o‘quv yilidan boshlab eng yuqori ballning 30 foizi va undan yuqori ballni to‘plagan abituriyentlarga fanlar bo‘yicha test sinovlari natijalari aks etgan, 3 yil muddatga amal qiladigan sertifikat beriladi hamda ularga uchtagacha ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Bu haqdagi hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

IELTS butun dunyo bo‘ylab ingliz tilini bilish darajasini aniqlaydigan baholash tizimi bo‘lib, uning amal qilish muddati 3 yildir. Ba’zi mamlakatlarda 2 yilligi ham bor, masalan, Avstraliyada.

O‘zbekistonda esa shu paytgacha OTMlarga qabul jarayoni iyun-iyul oylarida amalga oshirilgan. Test sinovlari esa 1-avgust kuni bo‘lib o‘tar edi. 2018 yildan ushbu tizim o‘zgartirildi va test sinovlari 1-20-avgust kunlari o‘tkazildi. Natijalari esa har kunligi e’lon qilib borildi.