O‘zbekiston Tojikiston orqali Xitoyga o‘z eksport mollarini yuborib ko‘rmoqda. 10-avgust kuni Termiz shahridan O‘zbekiston – Tojikiston – Xitoy yo‘nalishida yangi transport koridori bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvoni yo‘lga chiqdi.

Avtokarvonda har uchala davlatdan ikkitadan yuk avtomobili ishtirok etayapti.

10-avgustda «Termez Cargo Centr» logistika terminalidan yuk ortgan jami 6 ta avtomobil Termiz (O‘zbekiston) – Dushanbe, Vahdat, Ko‘lob, Qal’ai Xumb, Xorug‘, Kulma (Tojikiston) – Qoshg‘ar (Xitoy) yo‘nalishida yo‘lga chiqdi. Avtokarvon umumiy hisobda 1422 km masofani bosib o‘tadi.

Ushbu loyiha muvaffaqiyatli bo‘lsa, Tojikiston orqali xalqaro yuklar muntazam tashilishi mumkin.