Yangi tartibga ko‘ra, respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu imtiyoz sportning texnik va amaliy turlari, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel bo‘yicha musobaqalari g‘oliblariga tegishlidir.

5-martda hukumat musobaqada g‘olib bo‘lgan kollej-litsey va maktab o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorni imzolagan.

Bungacha ushbu imtiyoz sportning olimpiya turlari, kurash, shaxmat, shashka bo‘yicha musobaqa g‘oliblariga berilgan.