8 may kuni Facebook va Rais Buva telegram kanalida estrada xonandalari Farhod va Shirinning konsertiga chiptalar o‘qituvchilarga majburiy sotilayotgani aytilgan edi.

Vaziyatni o‘rgangan Xorazm viloyat XTBning "Minbar"ga ma’lum qilishicha, konsert tashkilotchilari chiptalarni sotish bo‘yicha XTBga murojaat qilmagan. Maktab o‘qituvchilariga ham hech qanday chiptalar majburan sotilmagan.

Viloyat XTBning qayd etishicha, ular hatto konsert bo‘lib o‘tishidan ham bexabar bo‘lishgan.

Farhod va Shirinning konserti 9 may kuni Urganch shahridagi "Avesto" majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Agar majburiy obuna, chipta sotib olish va shu kabi g‘ayriqonuniy holatlarga duch kelsangiz, XTVning telegramdagi @ustozovozibot nomli botiga yoki prokuraturaga murojaat qiling.