O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni ancha yengillashtirilgan. Bu haqdagi nizom Vazirlar Mahkamasining 13-maydagi qarori bilan tasdiqlangan deya xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Yangi nizomga binoan:

  • pedagog arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi;
  • ilmiy darajaga ega, ya’ni fan nomzodi, falsafa doktori yoki fan doktorlari attestatsiyaga jalb etilmaydi;
  • pensiya yoshidagi pedagoglar esa o‘z xohishiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagoglarning malaka toifa va lavozimlari ta’lim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi;
  • attestatsiya jarayonida suhbatdan to‘liq voz kechiladi;
  • hududiy boshqarma hamda tuman (shahar) komissiyalari tarkibiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari kiritiladi.