Onaning ta’lim darajasi qanchalik past bo‘lsa, chaqaloq yoshiga yetmay o‘lib qolishi xavfi shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. Daniyalik olimlar 1981 – 2015-yillarda tug‘ilgan 2 million chaqaloq ma’lumotlarini o‘rganish natijasida shunday xulosaga kelishgan.

Orxus universitetidan Yungfu Yu boshchiligidagi olimlar onalarning ma’lumoti va birinchi tug‘uruq yilida bolaning omon qolishi bir-biriga qanchalik bog‘liq ekanini aniqlamoqchi bo‘lishgan.

Ular 1981 – 2015-yillari tug‘ilgan 2 millionga yaqin go‘dak haqida ma’lumotni tahlil qilishgan. Olimlarning aniqlashicha, oliy ma’lumotli ayollar bilan solishtirganda past ma’lumotli ayollarning go‘daklarining o‘limi xavfi 63 foiz yuqoriroq bo‘lgan, o‘rta ma’lumotlilarniki bilan solishtirganda – 19 foiz. Bunda bolaning vazni va homiladorlik muddati ham katta rol o‘ynagan.

Olimlar bolalar o‘rtasida erta o‘limni kamaytirmoqchi bo‘lgan sog‘liqni saqlash muassasalariga ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini ham inobatga olishni tavsiya qilmoqda.

Muddatidan oldin tug‘iladigan bolalarda rivojlanish ham buziladi. 2017-yili olimlar bunday chaqaloqlar miyasining sekin rivojlanishi ular tug‘ilguncha, ya’ni bachadon ichidagi o‘sish jarayonidayoq boshlanishini aytgan edi.