Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Bo‘lim Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Sharg‘un shaharchasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari hal etilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shaharlarning ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, aholi daromadlari ko‘payishini ta’minlash bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi.

12 ta shtat birligidan iborat bo‘lim faoliyatini bosh vazir muvofiqlashtiradi.

Shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar har chorakda hukumat rayosati yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi.