Sochingiz to‘kilib ketishi mumkinmi? Avvaldan bilish qiyin, albatta. Ammo taxmin qilishga imkon beradigan belgilar bor ekan: bo‘yingiz.

Sochi erta to‘kilgan erkaklarning yurak xastaligi yoki prostata saratoniga yo‘liqish ehtimoli yuqoriligi allaqachon ma’lum bo‘lgan.

Bonn universitetida o‘tkazilgan tadqiqot bo‘yi kalta erkaklarning soch to‘kilishiga erta yo‘liqishini tasdiqlagan edi. Tadqiqotda 11 ming sochi erta to‘kilgan va 12 ming sochi to‘kilmagan erkakning irsiyati o‘rganilgan. Erta soch to‘kilishi qator jismoniy xususiyatlar va kasalliklar bilan bog‘liqligi aniqlangan.

Erta soch to‘kilishiga sabab bo‘ladigan 63 genetik o‘zgarish ma’lum bo‘lgan. Bu o‘zgarishlarning ayrimlari bo‘yning o‘smay qolishi, erta voyaga yetish va turli saratonlar bilan bog‘liq.

Xavotirga o‘rin yo‘q. Kallarning ustun jihatlari ham bor.

Suyakning zichroqligi va teri rangining nisbatan ochroqligi ham soch to‘kilishiga bog‘liq ekan. Shu bois aksar erta kal bo‘lgan erkaklar oqroq va quyosh nuri yordamida D vitaminini sintez qilishda boshqa erkaklardan yaxshiroq ekan. Shuning uchun ularda kalsiyning so‘rilishi va suyaklarning mustahkamligi yuqoriroq.