Rossiya va NATO o‘zaro murosa zaruriyati haqida tinmay takrorlasa-da, amalda ikki tomon bir-birini tajovuzkor xatti-harakatlarda ayblab keladi. Ba’zan o‘rtada yuzaga kelgan ziddiyatga aslida kim sababchi bo‘lganini anglash mushkul ishga aylanadi.

Yaqinda NATO Rossiyaga qarshi butun boshli javob choralari majmuasini ishlab chiqdi. Rossiyaning shundoq burni ostida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish ushbu choralarning bir qismi, xolos.

Foto: Getty Images

Dushanba kuni Rossiyaning Kaliningrad viloyatidan atigi 60 chaqirim narida NATOning Tobruq Legacy-19 xalqaro harbiy mashg‘ulotlari start oldi.

Alyansga a’zo 19 davlatdan kelgan harbiylar Polsha hududida raketaga qarshi va havo hujumidan mudofaalanish amaliyotlarini mashq qila boshladi.

Polshadan tashqari NATO bir vaqtning o‘zida Sharqiy Yevropada bir nechta mashg‘ulot o‘tkazmoqda: Latviya, Bolgariya, Ruminiya, Vengriya hududida va Boltiq dengizida.

Bunday keng ko‘lamli o‘quvlar so‘nggi o‘n yilliklarda ilk bor o‘tkazilmoqda.

"Strategiyaning o‘zgarishiga sabab – Rossiyaning yadroviy tahdidi", – deydi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

NATOga ko‘ra Qrim voqeasidan keyin Rossiyani tiyib turish zarurligi yaqqol ayon bo‘lgan.

Moskvani tizginlab turish yo‘lida harbiy ittifoq to‘rt banddan iborat strategiya ishlab chiqqan.

1. Sanksiyalar va bazalar orqali Moskvaga nisbatan bosimni orttirish

Caption

2. «Qora dengiz faqat bir davlatga tegishli emas»

NATO yangi strategiyasi ikkinchi bandining mohiyati – Qora dengizda alyans harbiy mavjudiyatini oshirish.

Bundan bir necha yil avval NATOning asosiy e’tibori Boltiq dengiziga qaratilgan edi, ammo oxirgi vaqtdagi voqealar (masalan, Qrim anneksiyasi) alyansni birlamchi maqsadlarini o‘zgartirishga majbur etdi.

«Qora dengizda beqarorlik saqlanadigan, Rossiyaning harbiy mavjudiyati oshadigan uzoqqa cho‘ziluvchi davr ostonada turibdi. Bizda Qora dengizda o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlarining uzun ro‘yxati bor. Bularning bari asosan harbiy, shuningdek, siyosiy va kuchni namoyish etib qo‘yish maqsadlarida amalga oshirilmoqda», – deydi NATO bosh kotibi vakili Jeyms Appaturay.

Rossiya NATO tomonidan Qora dengizda so‘nggi bor o‘tkazilgan «Dengiz qalqoni» o‘quv mashqlariga zudlik bilan javob qaytardi: Qora dengiz floti kemalari harbiy mashqlar boshlab yubordi, dengiz aviatsiyasiga tegishli tikucharlar esa «shartli dushman hujumlari»ga javob qaytarish uchun osmonga ko‘tarildi.

Ukraina bosh razvedka boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiyning fikricha, deyarli bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladigan ikki tomonning bunday o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida provokatsiya yoki biror «kutilmagan» holat yuzaga kelishi ehtimoli yuqori.

«Albatta, bu Ukraina tomoni uchun xavf soladi», – deydi u.

NATO vakillari Rossiya o‘z o‘quv mashg‘ulotlari davomida «yadro hujumini amalga oshirishga taqlid qilishi»dan xavotir bildiradi.

«Qora dengiz faqat bir davlatga tegishli emas va biz buni doimo eslatib turamiz», – deydi NATOning Rossiya bo‘yicha maslahatchisi Robert Pshel.

Caption

3. Ittifoqchilar uchun yordam paketlari. "Bu sizga «Yevronigoh» emas"

Yordam berish masalasida Ukraina va Gruziya NATOning doimiy e’tiborida.

Gruziya NATOga qo‘shilish mamlakat xavfsizligi kafolati ekanini anchadan beri takrorlab keladi.

NATOning Gruziya bilan oxirgi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari shu yilning mart oyida o‘tgan.

Mamlakat hukumati bayonotiga ko‘ra, mashg‘ulotlar «biror uchinchi davlatga qarshi qaratilmagan». Biroq Gruziya mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarning asosiy maqsadlaridan biri NATO a’zosi bo‘lmagan davlatlarga nisbatan amalga oshirilgan tahdidlarga javob qaytarish salohiyatini tekshirib ko‘rish ekanini aytgan.

Ukraina esa maxsus xizmatlar va dengiz qurolli kuchlarini oshirish yuzasidan NATO bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi ortidan dengiz kuchlariga e’tibor qaratish anchayin ortgan.

Janob Pshelning tushuntirishicha, NATO har bir ishni ehtimoliy tahdidlarning aniq baholanishi va a’zo davlatlarning nuqtai nazarini inobatga olish bilan boshlaydi. Barcha dalillar tahlil etiladi, shundan so‘ng tahdidlarga qarshi qanday javob choralarini qo‘llash mumkinligi muhokama qilinadi.

Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatni NATO bilan yaqinlashtirish siyosatini davom ettirishini bildirgan. Biroq ayrim tahlilchilarning taxminicha, janob Zelenskiy NATO bilan munosabatlar ahamiyatiga oldingi prezidentlardan ko‘ra kamroq e’tibor qaratishi ham mumkin.

Caption

"Bu ball beriladigan «Yevronigoh» emas. Ukrainada erkin saylov bo‘lib o‘tdi, xalq shunday qaror qabul qildi. NATO bosh kotibi Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi va bizning Ukrainaga nisbatan maqsadlarimiz zarracha o‘zgarmadi. Kiyev qiyin onlarni boshdan o‘tkazayotganini tan olish lozim. Bu Ukraina boshlamagan ziddiyat. Odamlar hali ham nobud bo‘lmoqda. Biz Zelenskiyga omad tilaymiz. Yangi inson vazifani bajarishga kirishdi, u bilan ishlashga tayyormiz".

4. Kiberhujumlarga qarshi javob berish uchun olti daqiqa

NATO kiberhujumlar yetkazadigan zararni haqiqiy harbiy hujumga tenglashtiradi.

Birgina yaxshi o‘ylangan kiberhujum iqtisodiyotga milliardlab dollar zarar yetkazishi, hayotiy muhim infratuzilmalarni falajlab qo‘yishi va yirik kompaniyalar faoliyatini to‘xtatishi mumkin.

"NATOda [ташқаридан бўладиган бундай ҳужумларга] immunitet yo‘q. Har kuni alyansning kibertizimlariga qarshi yo‘naltirilgan shubhali harakatlarni qayd etib boramiz. Yangi texnologiyalarning takomillashishi bilan kibertahdidlarning xavfi ham oshdi", – deydi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Caption

Alyansga a’zo davlatlar har qanday kiberhujumga nisbatan NATO ta’sis hujjatining 5-moddasi bo‘yicha munosabat bildirilishiga kelishib olganlar.

Ushbu modda alyansning bir yoki bir necha a’zosiga nisbatan hujum butun NATOga nisbatan solingan tahdid o‘laroq ko‘rilishi va har bir a’zo davlat yordam berishi shart ekanini belgilab beradi.

«Kiberhujumlar sodir etayotgan shaxslar o‘zlarining fosh etilishini bilib qo‘yishi lozim. Xuddi Niderlandiya hukumati britaniyalik ekspertlar bilan Rossiyaning Haagadagi Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga nisbatan uyushtirgan hujumini fosh etgandek», – degan janob Stoltenberg may oyining so‘ngida kibermudofaa bo‘yicha so‘zlagan nutqida.

NATO a’zosi bo‘lmish Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Hant o‘zining so‘nggi bayonotida Rossiyani kiberhujumlar tashkillashda ayblab chiqqan.

Janob Hantning aytishicha, Rossiya maxfiy xizmatlari ko‘plab davlatlardagi muhim infratuzilmalarning himoya tizimini buzib kirishga muntazam harakat qiladi.

"So‘nggi 18 oy ichida NATOdagi 16 ittifoqchimiz va alyansga a’zo bo‘lmagan yana ko‘plab mamlakatlar hududida Rossiya kiberfaoliyat yuritgani to‘g‘risida ma’lumotlarimiz bor", – deb ta’kidlagan Jeremi Hant.

Rossiya odatdagidek bunday bayonotlarni inkor qiladi.

NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen alyans kibertahdidlarni diqqat bilan kuzatishi lozim deydi.

"NATO kiberxavfsizlik sohasida faolroq bo‘lishi kerak. Bizda Kibermudofaa markazi bor, lekin u 2023-yilga kelibgina to‘liq kuch bilan ishlay boshlaydi. Menimcha, bu o‘ta imillashdir. Jarayonni tezlashtirish kerak", – deydi janob Rasmussen.

Shuningdek, u muhim qarorlar qabul qilishda tezkor bo‘lish zaruriyatiga ham urg‘u beradi.

"1990-yillarda NATO Bolqonda harbiy amaliyotlar boshlash yo‘lida qaror qabul qilish uchun olti oy vaqt sarflagan. Liviyada harakat boshlash bo‘yicha qaror qabul qilishimizga olti kun ketdi. O‘ylaymanki, kelajakda bir qarorga kelishimiz uchun bizda bor-yo‘g‘i olti daqiqa bo‘ladi, xolos".