Quddusda ultra-ortodoksal yahudiy jamoasi – Xaredi a’zolari Yevronigoh finaliga shanba kuni tayyorgarlik ko‘rib, shabbat kuniga hurmatsizlik qilingani uchun namoyishga chiqishdi. Ularga qarshi politsiya yarim yalang‘och ayollardan foydalandi. Namoyishchilar ularga qarab gunohga botgandan ko‘ra namoyishni tark etishni afzal ko‘rishdi.

Politsiya xodimlari hatto otlar bilan namoyishchilarni tarqata olmagan. Ularga kutilmagan tomondan yordam keldi. Ayollar. Yalang‘och ayollarga qarashni gunohi azim deb biladigan mazhabdagi dindorlar ustki libosi yechilgan ayollarni ko‘rganu teskari qarab chekina boshlagan.

Xaredi jamoasi shabbat kuni – juma kuni shomdan shanba kuni kun botguncha ishlamaslikka qat’iy amal qilishadi.

Ayrim o‘ta mutaassib yahudiylar ommaviy joylarda va mass-mediada ayollar suratlari namoyish etilishiga ham qarshilik qilishadi.