Mirobod tumanidan Toshkent shahar hokimi qabuliga arzga borgan o‘ndan oshiq shikoyatchi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashuvni diktofonga yozib olibdi. Audioyozuvni Ozodlik e’lon qilgan.

16 avgustda mirobodlik shikoyatchilar ikkita to‘qqiz qavatli uy oralig‘idagi bolalar maydonchasi o‘rnida savdo majmuasi qurish haqidagi avvalgi hokim qarorini bekor qilish so‘rovi bilan Jahongir Ortiqxo‘jayev oldiga uchinchi marta borganida, hokim hozirga qadar jamoatchilikka ko‘rsatilmagan muomalasiga duch keldi.

Ortiqxo‘jayev oldiga uchinchi marta kelgan arzchilar¸ undan Mirobod tuman Nukus ko‘chasidagi 88-uy va 1-Mirobod tor ko‘chasidagi 5-uy orasidagi 60 metrlik bo‘sh maydonni savdo majmuasi qurish uchun xususiy tadbirkorga berish qarorini bekor qilishni so‘raydi.

Arzchilar hokimga 2017 yili o‘shandagi shahar hokimi Rahmonbek Usmonov qarori bilan mashinalar turargohi va bolalar maydonchasi bo‘lgan yerning qurilishga berilganini shaharsozlik kodeksi va sanitariya talablariga zid ekanini tushuntiradi.

“To‘qqiz qavatli uylar orasida kamida 45 metr masofa bo‘lishi kerak¸ bu qurilish qilinsa¸ orada faqat 20 metr joy qoladi - bu qonunga xilof. Bolalarimiz qayerda o‘ynaydi¸ qariyalarimiz qayerga chiqib nafas rostlaydi? Bu yerni xususiy tadbirkorga berish - noqonuniy. Uni hech qanday auksionsiz hokim qarori bilan sotib yuborish esa¸ qonunni takror buzishdir”¸ deb tushuntiradi murojaatchilar audioëzuvda.

Videokamera qarshisida hokim murojaatchilar vakilining muammoga oid bu izohini uni bo‘lmasdan eshitadi.

Lekin murojaatchilar "agar muammoni hal qilmasangiz¸ prezident qabulxonasiga boramiz¸ bolalarimizni olib¸ mitingga chiqamiz" deyishi ortidan¸ Jahongir Ortiqxo‘jayev “to‘nini teskari kiyib”¸ ularga baqir-chaqir qilishga o‘tgan.

Delegatlarning "agar muammoni hal qilmasangiz¸ prezident qabulxonasiga boramiz¸ bolalarimizni olib¸ mitingga chiqamiz" deydi.

Ortiqxo‘jayev murojaatchilarga sudga murojaat qilishni tavsiya qilganidan so‘ng, “Siz prokuraturaga¸ prokuratura sudga¸ sudya yana sizga yuboradi. Xalq ustidan kulayapsizlarmi? Sizda hokimlikning oldingi qarorini bekor qilish vakolati borku¸ bekor qiling!” deydi uchrashuv qatnashchilaridan bir nechtasi.

Shundan so‘ng Jahongir Ortiqxo‘jayevning keskin gapirishga o‘tadi.

Meni sudga beringlar! Istagan joylaringga boringlar! Istasangiz prezidentga boring¸ istasangiz¸ xudoga boring! Istasangiz¸ shikoyat qilib Bryusselga boring! Xohlasalaringiz¸ piket uyushtiring! “ deydi u.

Uchrashuvning aël arzchilaridan ayrimlari¸ muammoni hal qilmasa¸ xalqning gapini eshitmasa¸ hokimdan miting o‘tkazishga ruxsat berishni so‘raydi.

Shu o‘rinda Ortiqxo‘jayev¸ erkak arzchilarga qarata:

Erkakmisan o‘zi¸ g‘ururing bormi¸ mujikmisan¸ nimadan qo‘rqasan¸ qamalishdanmi”¸ deb stolga urib vajohat bilan yuzlanadi.

Hissiëtli aytishuv orasida Ortiqxo‘jayev arzchi aëllarga :

Erlaring bormi sanlani o‘zi ¸ bolalaring bormi¸ g‘urur bormi? “Musulmon (aël) erkak kishi gapirganda yerga qarab jim o‘tiradi”¸ deb tanbeh beradi.

Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati hokimning ushbu so‘zlari umumiy konteksdan yulib olinganligini aytdi, deb xabar beradi Kommersant.uz nashri. Nashrining aytishicha, hokimlik tez orada vaziyatni uzil-kesil aniqlashtiruvchi videoni e’lon qiladi.

«Artel Injiniring» va DUK Tashkent-city boshqargan Ortiqxo‘jayev 2018 yilning aprelida Toshkent hokimi etib tayinlangan.

Ikki oy oldin Alter Ego Youtube-kanaliga bergan intervyusida Ortiqxo‘jayev uyni buzilishidan norozilarni fitnachiga chiqargan edi. Uning aytishicha, matbuotda amaldorlar haqida chop etilayotgan maqolalarning yarmi buyurtmadir.