Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat mustaqilligining 28 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi.

«Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin», – deyiladi prezidentning 8-iyulda imzolangan qarorida.

Qarorda aytilishicha, O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda.

Bayram tadbirlarining o‘tkazilish tarzida yangi shiordan boshqa muhim o‘zgarishlar yo‘q.

  • Qarorda bayram tadbirlarini tashkil etishda balandparvozlik, rasmiyatchilik va yuzakilikka yo‘l qo‘ymasdan, xolislik va haqqoniylik tamoyillari asosida ish olib borishga alohida e’tibor qaratilishi urg‘ulangan bo‘lsa-da, bu topshiriqqa qanchalik amal qilinadi – hozircha noma’lum.