Moskvada siyosiy inqiroz ro‘y bermoqda. Moskva shahri dumasi saylovida qatnashishga ruxsat berilmagan nomzodlar va ularning tarafdorlari ommaviy norozilik namoyishiga chiqdi. 300 dan ortiq namoyishchi ushlangan. Kuzatuvchilarning aytishicha, yaqin tarixdagi hech qaysi norozilik aksiyasida hukumat bu qadar kuchli zo‘ravonlik ishlatmagan.

Moskva dumasiga mustaqil nomzodlar va ularning tarafdorlari 14-iyuldan beri shaharda ommaviy norozilik aksiyalarini o‘tkazib kelmoqda. Ular shahar dumasiga saylov erkin o‘tkazilishini, muxolif nomzodlarga ham unda ishtirok etish imkoniyati berilishini talab qilmoqda.

  • Tergov qo‘mitasi ushbu aksiyalar deb Markaziy saylov komissiyasi faoliyatiga xalaqit berish bo‘yicha jinoiy ish ochgan.
  • Muxolif siyosatchilarnikida 25-iyuldan beri tintuvlar o‘tkazilmoqda.
  • Hafta boshida Aleksey Navalniy rossiyaliklarni norozilik namoyishlarida qatnashishga chorlagani uchun qo‘lga olinib, 30 kunga qamaldi.

Namoyishlarga Rossiya shahri rasmiylari ruxsat bergani yo‘q. Aksincha, rasmiylar namoyish uyushtiruvchilarini tobora ko‘proq siquvga olmoqda. 24-iyul kuni Moskva shahri dumasiga o‘tkaziladigan saylovda deputatlikka nomzod bo‘lish istagidagi bir necha shaxs uyi tintuv qilindi, ularning o‘zlari esa so‘roq qilindi. Hozircha Ilya Yashin, Dmitriy Gudkov, Lyubov Sobol, Yuliya Galyamina va Ivan Jdanov kabi mustaqil nomzodlar hibsga olingan.