Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi etib saylangan. Minbar manbasi xabariga ko‘ra, bugun partiyaning navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tgan.

Partiyaning sobiq raisi Sarvar Otamurodov "O‘zagrosug‘urta" AJ raisi lavozimiga o‘tkazilgan. Partiya rahbarligidan ketish sabablari hozircha noma’lum.

Sarvar Otamurodov oxirgi prezident saylovida o‘z nomzodini qo‘ygan va eng kam ovoz to‘plagan edi.