Abituriyentlar endi istalgan universitetga hujjatlarni yashash joyidan uzoqlashmasdan yoki onlayn tarzda yuborishi mumkin.

Buning uchun o‘ziga eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz internet portaliga hujjatni topshirish kerak bo‘ladi.

O‘ta byurokratlashib ketgan tizimdagi ijobiy yangiliklardan yana:

  • abituriyent hujjatni 3 ta istalgan oliy ta’lim muassasasiga topshirishi mumkin,
  • xorijiy til va imtihon topishiriladigan hududni ham tanlashi mumkin.

Bu yil oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish may oyidan boshlanadi.