Xalq ta’limi vazirligi maktablarda 2859 ta kompyuter sinfi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish maqsadida amalga oshiriladi.

"Mazkur loyiha maktab o‘quvchilarining kompyuter savodxonligini oshirishga yordam berish va O‘zbekistonda axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish mamlakat uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir", – degan Sherzod Shermatov.

7-iyunda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va KT kompaniyasi prezidenti Yu Yeng Park O‘zbekistonda o‘quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

  • Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi “Maktab ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘lgan.
  • Loyiha Koreyaning Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan $33 mln. kredit hisobiga moliyalashtiriladi.
  • Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta maktab sinflariga jami 2859 ta kompyuter yetkazib, o‘rnatib beradi.
  • 2019-yil oxiriga qadar kompyuterlar 700 ga yaqin maktabga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi o‘quv dasturi, jumladan, axborot texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha dasturlarni qayta ko‘rib chiqmoqda.