Toshkentdagi Yunusobod tumanida joylashgan 17-maktabda o‘zaro janjallashgan va buni videoga olgan o‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortilgan.

13-aprelda 9-sinf va 10-sinf o‘quvchilari janjalining videosini boshqa o‘quvchi Telegram va Instagram guruhlariga tarqatib yuborgan. Maktab direktori janjalning boshqa ishtirokchilarini hisobotdan yashirgan, tuman va shahar XTB hamda IIBga xabar bermagan.

Holatni o‘rgangan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi janjallashgan o‘quvchilardan birining ota-onasini 202 ming so‘m, ikkinchisining ota-onasini 405 ming so‘m jarimaga tortgan.

Videoni tarqatgan o‘quvchining ota-onasi bolasi telefondan foydalanish qoidalarini buzgani uchun 608 ming so‘m to‘lagan.

Maktab direktori va o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qilingan.