LUKOYL O‘zbekistonda ko‘proq gaz qazib olish hisobiga, uglevodorod ishlab chiqarishni ko‘paytirishda davom etmoqda, deb xabar beradi Kommersant nashri (matn tarjimasi Tarjumon.uz’ga tegishli).

Birinchi yarim yillikning ikkinchi choragi davomida xorijiy ko‘rsatkichlarning sezilarli pasayishiga qaramasdan, gaz qazib olish 8 foizga o‘sdi.

Kompaniya ko‘rsatkichlarning o‘sishini, O‘zbekistondagi gaz loyihalarini rivojlantirish bilan, shuningdek, Rossiyada neft qazib olishni xajmini ko‘paytirish bilan bog‘lamoqda.

LUKOYL gaz qazib olish hajmini 8 foizga oshirdi va 17,4 milliard kub metrga yetkazdi, shundan 7 milliard kubometri O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Ushbu mamlakatda 2018-yil aprel oyida Qandim loyihasida gazni qayta ishlash kompleksining ikkinchi bosqichini ishga tushirilishi tufayli ishlab chiqarish 18 foizga o‘sganligi aytilmoqda.

LUKOYL 2020-yilga kelib O‘zbekistonda 17-18 milliard kubometr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, LUKOYL ko‘rsatgichlari ikkinchi chorakda, birinchi chorakka nisbatan xorijda gaz qazib olishdagi jiddiy muvaffaqiyatsizlikni (14 foizga, 3,927 milliard kub metrgacha) aks ettirdi.

Kompaniya buni mavsumiylik, shuningdek, Qandim gazni qayta ishlash majmuasida rejali ta’mirlash va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ("O‘zbekneftegaz" OAJ) tomonidan Hisor loyihasini texnik sabablarga ko‘ra gaz qazib olishning cheklanishi bilan izohlamoqda. Rossiyada gaz qazib olish birinchi yarim yillikda 1,1 foizga kamaydi va 8,86 milliard kubometrga yetdi.

21-iyun kuni Oliy Majlis Senatida gapirgan prezident Shavkat Mirziëyev O‘zbekiston hukumatining Rossiyaning LUKOYL kompaniyasidan 600 mln dollar miqdorida qarz borligini aytgan edi.

Aytilishicha¸ bu qarz “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining qishki mavsumda “LUKOYL”dan O‘zbekistonda qazib chiqarilgan gazni jahon bozori narxi – 146 dollardan gaz sotib olib, ichki iste’molchilarga 40 dollardan yetkazib bergani ortidan paydo bo‘lgan.

Prezident ta’kidicha¸ har bir kub metr o‘rtasidagi 100 dollarlik farq 600 mln dollarlik qarzni paydo qilgan.

Nima uchun mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitimda milliy manfaatlar hisobga olinmagan¸ deya savol bergan edi Mirziëyev. Keyinchalik neft-gaz sohasidagi mutasaddilar Rossiya shirkati bilan bunday kelishuv shartlari o‘zgartirilmasligini aytgan.

Mahalliy iqtisodchilarga ko‘ra¸ “LUKOYL”, “Zarubejneftegaz”, “Gazprom” kabi kompaniyalarning O‘zbekiston hududida gaz va neft konlarining o‘zlashtirishi mahsulotni taqsimlash shartlarida (SRP) amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekistondagi gaz va neft konlarini o‘zlashtiraëtgan Rossiya shirkatlari o‘zlashtirilgan mahsulotning 50, 60, balki 70 foizini olib chiqib ketadi.

“Afrikaning eng qoloq va o‘zini o‘zi boshqara olmaydigan davlatlarini inobatga olmasa, zamonaviy dunyoda SRP shartlarida neft va gaz konlarining o‘zlashtirilishi usulidan allaqachon voz kechilgan”¸ deb ëzdi jumladan davletovuz kanali.