Anliyaning "Liverpul" futbol jamoasi Yevropa chempionlar ligasidagi ishtiroki uchun bu mavsum 110 million yevroga yaqin pul oladi.

Mirror nashri xabariga ko‘ra YCHLda qatnashgani uchun klub 74,35 mln. yevro ishlab olgan. Shundan 19 millioni musobaqadagi g‘olibligi uchun ajratilgan. Bundan tashqari, "Liverpul" televizion huquqlarini sotishdan 31 mln. yevro foyda ko‘radi.

1-iyun kuni Madridda Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tgandi. Angliyaning ikki jamoasi – "Liverpul" va "Tottenhem" o‘rtasidagi o‘yinda mersisaydliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu ularning YCHL tarixidagi oltinchi sovrini.

Mirror nashrining yozishicha, "Tottenhem" YCHLda "Liverpul"dan atigi 1 mln. yevro kamroq pul ishlagan.