Lenovo dunyoda birinchi bo‘lib egiluvchan ekranli personal kompyuterni taqdim etdi. Kompaniya bu kompyuter ustida uch yildan buyon ishlayotgan edi.

Egiluvchan ekranli kompyuterlar 2020-yili ThinkPad X1 sifatida sotuvga chiqarilishi rejalangan.

  • Asosiy maqsad tablet emas, ekrani katta, ammo ko‘tarib yurishga qulay butun boshli kompyuterni ishlab chiqishdir.

Egiluvchan kompyuter nega kerak: egiluvchan smartfonni taqdim etgan Samsung va Huawei kabi kompaniyalar ixcham smartfonni olib, ularni kattalashtirmoqchi. Lenovo esa katta noutbukni olib, uni ixchamlashtirmoqchi. Natijada kompaniya og‘irligi bir kilogramdan kam 13.3-inch 4:3 2K OLED displeyli personal kompyuter yaratdi. Bu PC Windows OT va "Intel CPU"ga ega bo‘ladi.

Foto: The Verge
Foto: The Verge
Foto: The Verge
Foto: The Verge